Badiiy grafika fakulteti




Download 4.7 Mb.
bet19/37
Sana21.06.2021
Hajmi4.7 Mb.
#15154
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37
Qashqadaryo do’ppilari

Shahrisabz va Kitob tumanlarida juda qadimdan “iroqi” nusxa do’ppilar tayyorlanib kelingan. Do’ppilar o’ziga xos tayyorlanish texnikasiga ega bo’lib, yarimkonussimon shaklda, kizagining chetiga maxsus jiyak tikib bezak beriladi. Bunday do’ppilarni Shahrisabz va Kitobda “qalpoq”, Toshkentda esa “gilamdo’ppi” deb ataydilar. Do’ppilar kanva, “bo’ronboy” deb nomlangan to’r yoki bo’z matoga “tagdo’zi” usulida “iroqi” qo’l chokida ipak va paxta iplar bilan kashta tikiladi.


Qashqadaryoda “iroqi” do’ppilardan tashqari “piltado’zi” yoki “to’ldirma” deb nomlangan do’ppilar ham keng iste’molda bo’lgan.

Do’ppilarni tayyorlashda “piltado’zi” usuli qo’llanilib, piltalarga asosan qog’oz ishlatilgan. Do’ppi piltalari bo’ylab qo’l kashta chokining “tekis” va “ilmoq” usullarida rang-barang ipak va paxta iplar bilan kashta tikilgan.

Do’ppilarning ko’rinishi dumaloq, tepasi konussimon, yassi bo’lib, kizagining chetiga “yo’rma” usulida tayyorlangan maxsus jiyaklar qadalgan. Do’ppi jiyagining birlashgan joyiga rangli ipakdan tayyorlangan popuk qadab bezatilgan.
XIX asrning o’rtalariga kelib ayollar kiyishiga mo’ljallangan to’rtburchak shakldagi, uchburchak qatlanadigan “iroqi” do’ppilar ham keng iste’molga kirgan.



Download 4.7 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37




Download 4.7 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Badiiy grafika fakulteti

Download 4.7 Mb.