Badiiy grafika fakulteti




Download 4.7 Mb.
bet21/37
Sana21.06.2021
Hajmi4.7 Mb.
#15154
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37
Namangan do’ppilari

Namanganda XIX asrning boshlariga kelib asosan “Chust” do’ppilari udum bo’ldi. Bunday do’ppilarning shakli to’rtburchak, tepasi to’rt tomonli, uchburchaksimon qatlanadigan, yassi, texnikasi “piltado’zi”, qog’oz bilan piltalangan. Kashta asosan oq ipak bilan tikilib, gulg’unchalari “ko’z”lariga gulobi, sariq, to’q qizil, to’q yashil, siyoh ranglar tanlanadi. Kichik yoshdagi bolalarning do’ppilariga ko’proq rangli ipaklar ishlatiladi.

“Chust” do’ppilari to’rt karjli bo’lib, karj chiziqlari bo’rtib turadi. Avrasiga qora, to’q ko’k hamda moshrang satin (las) matolar ishlatiladi. Tepa qismining har bir karjiga bir dona qalampir nusxasi tikiladi.

Hozirgi kungacha do’ppido’z chevarlar tomonidan “chust” do’ppilarining ko’plab yangi nusxalari yaratilib, yanada sayqal topmoqda. Chust do’ppilari ham o’z yaratuvchilarining didi, mehri va mahorati natijasida xaqiqiy san’at darajasiga etgan. Do’ppilarning “zira” nusxasini andijonliklar sevib kiyishsa, namanganliklar ko’proq “injiq” deb nom olgan do’ppilarni yaxshi ko’radilar. Chust do’ppilarini nafaqat Respublikamizning barcha viloyatlarida balki qo’shni Tojikiston, Qozog’iston, Turkmaniston kabi davlatlarda ham sevib kiyishadi.





Download 4.7 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37




Download 4.7 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Badiiy grafika fakulteti

Download 4.7 Mb.