NUROTA KAShTAChILIK MAKTABINING TAHLILI




Download 7.77 Mb.
bet28/37
Sana21.06.2021
Hajmi7.77 Mb.
#15154
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37
NUROTA KAShTAChILIK MAKTABINING TAHLILI

O’zbek hunarmandchiligi boy tarixga ega. Milliy xalq hunarmandchiligi igna bilan quduq qazigan bilan barovardir. Navoiy viloyatida ham hunramandchilikning juda ko’plab turlari rivojlangan. Tarixi uzoq yillarga borib taqaladigan afsonaviy va sirli Nurotada ham xalq hunarmadchiligi qadimdan rivojlangan. Aholi hunarmandchilikning 30 dan ortiq turlari ya’ni sangtaroshlik, kashtachilik, kulolchilik bilan shug’ullanishadi.

Umrboqiy kashtachilik bilan shug’ullanadigan hunarli insonlar hech qachon xor bo’lmaydi. Har bir kashtada nafosat olami aks etgan, nafislik, fusunkorlik va jimjimadorlik hamda did bilan yaratilgan kashtalar bigizda tikilib, ba’zida ularni yaratishga 6-7 oylib vaqt ketadi. Ayniqsa, tobadoni, kosagul, panjigul kabi 50 dan ortiq nusxalarda tovus, bodom, qalampirnusxa va lola naqshlaridan keng foydalaniladi. Kashta uchun maxsus matolar Namangandan olib kelinadi. Kashtalar tabiiy buyoqlar ishlatilgan ipak iplarda tikiladi. Rang olish uchun daraxt va o’simliklardan foydalaniladi.

Yong’oq bargi qaynatilib, jigarrang olinsa, o’smadan yashil rang, piyoz po’stlog’idan sarg’ish rang olish mumkin. Shuningdek, shaftoli, gilos, behi, anor bargidan ham foydalanish mumkin. Shuning uchun ham nurotalik qo’li gul farishtalar tomonidan tayyorlangan kashtalar  bo’yalmaydi, yarim asrgacha ularning rangi o’chib ketmaydi. Nurotadagi har bir oilada albatta kashta bor, chunki qizlar turmushga chiqish oldidan albatta seplari uchun ham so’zanalar tikishadi. Qo’l mehnati bilan yaratilgan san’at asari darajasidagi nurota kashtalarining narxi jahon bozorida ancha baland. Asli kasbi o’qituvchi bo’lgan Ruxsoroy To’raqulova o’zining 50 dan ortiq shogirdlari bilan yaratgan kashtalari bilan viloyat, respublika tanlovlarida ishtirok etgan. Ular yaratgan kashtalar allaqachon xorij bozorlarini ham zabt etgan, desak mubolag’a bo’lmaydi. Azaldan rivoyat bor, so’zanasi bor uylar har qanday xavf-xatardan xoli ekan. Chunki bodom, anor, qalampir nusxalari aks etgan kashtalar shu xonadonlarni tumori sifatida qadrlanar, asralar ekan.



Nurota shahrida bo’lgan kishi, bu erda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish, bunyodkorlik ishlaridan qalbi g’urur va iftixorga to’ladi. Bir tomoni bepoyon kengliklardan iborat, ikkinchi tarafi Nurota tog’ tizmasiga kiruvchi Oqtog’ va Qoratog’ bag’rida joylashgan bu diyor barchani o’zining maftunkorligi bilan shaydo qilishi rost. 65 yoshlardagi onaxon Ruxsora To’raqulova aslida Toshkentdan Nurotaga kelin bo’lib kelgan, o’qituvchilik qilib tumanda tajribali ustoz nomiga sazovor bo’lgan opa kashtachilik orqasidan obro’-e’tibor orttiribdi.

Bir qancha ko’rik - tanlovlarda ishtirok etib, sovrinli o’rinlar sohibasidir. Jumladan, “Asrlar sadosi” festivalida birinchi o’rinni egallab, davlatimizning yuksak mukofoti “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan. Yevropaning eng rivojlangan davlatlaridan biri Angliyada 15 kun bo’lganligi, u erdagi taassurotlari haqida to’lqinlanib gapirar ekan, bizning ham qalbimizda iftixor tuyg’ulari jo’sh urdi. Yaqin o’tmishdagi oddiy bir o’qituvchining nafaqaga chiqib, hunarmandchilik qilib, dunyo kezib yana qo’plab shogirdlar orttirishi baxt-da!


Ruxsora opa kashtachilik sirlarini qaynonasidan o’rgangan edi. Hozirda ishini qizi Maxfirat davom ettirayobdi, uning ham o’ttizdan ortiq shogirdlari bor.
- O’zim yosh bo’lsamda ko’plab shogirdlar tayyorlayotganimdan, xursandman, - deydi Maxfirat To’raqulova. - Shogirdlarim nafaqat Nurotada, balki Toshkent, Buxoro, Navoiy shaharlarida ham bor. Tikilgan kashtalarimizda milliy qadriyatlarimizga e’tibor qaratamiz.
Undagi har bir gulning, rasmning o’z tarixi bor. Nurota kashtachiligida o’z maktabini yaratgan yosh chevarlar Zuhra va Fotima Burxonovalar ham bor. Ilk kashta tikish sirlarini onasi Mavluda Jo’raevadan o’rganganlar. O’shanda 5-6 yoshlar chamasida bo’lganlarida, onasi so’zana tikardi.

Yosh egizaklar uning qo’lidagi ip va ignaga yopishardi. Onasi ikkala qizining ham sochlarini siypalab, peshonasidan o’pardida, tikish usullarini o’rgatardi. Qizlar ba’zan ignasiga ip o’tkazib berganda, volidalari bag’riga bosib, “nigohi o’tkir qizlarimdan aylanay”, deya erkalardi. Maktabda tahsil olgan kezlarida dastro’mol, yostiq jild, manglayqosh kabilarni dugonalari bilan tikishar, keyinchalik turfa xil matolarga gul chizib, nusxa olishni ham puxta o’zlashtirishgan. Mahallamizda Barno Hamidova, Lola Mirzaeva kabi Nurota kashtachilaridan ancha kashta sirlarini o’rganishgan. Bir-birlaridan nusxa olib, bilmaganlarini ko’rib-so’rab o’rganishgan. Kashtachilik san’ati sabr - toqatni, zukkolikni, teran nigohni, bardoshlilikni talab etadi.

Nurota shahridagi Navoiy ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati 1998 yilda tashkil etilgan bo’lib, mutaxassislik bo’yicha qalamtasvir, rangtasvir va kompozistiyadan saboq beriladi. Kulol, naqqosh, kashtado’z, zardo’z, toshtarrosh singari mutaxassislar tayyorlanadi.

Ayni damda 100 nafardan ortiq iqtidorli yigit-qiz san’at internatida tahsil olishmoqda. Xushxabar sifatida aytish o’rinliki, tegishli davlat dasturlari asosida maktabning 330 o’rinli yangi binosi qurilish ishlari yakunlanib, so’ngi pardozlash va jihozlash ishlari bajarilmoqda.

Ana shunday o’zgarishlardan ruhlangan san’at maktabi safida bilim olib, milliy san’atimiz va hunarmandchiligimizni o’z iste’dod va intilishlari asosida yurtimiz va jahon san’at ixlosmandlariga ko’z-ko’z etayotgan yoshlarning safi kun sayin ortmoqda. Jumladan, maktab jamoasi 2009 yilgi Toshkent 4-xalqaro zamonaviy san’at biennalesida xilma-xil ko’rgazmalari uchun biennali medali bilan, shuningdek, ushbu biennalida Turdiev Azizbek 13 yosh o’rtasida tasviriy san’at yo’nalishida sertifikat bilan, maktabning yosh muallimlaridan bo’lgan Suxrob Qodirov O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 22 yilligi munosabati “Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorim mustaqil O’zbekiston” shori ostida o’tkazilgan “Nafosat - bo’stonim manim” an’anaviy 8-Respublika ko’rik-festivalida badiiy saviyadagi ijro dasturi uchun 1- darajali diplom bilan, san’at maktabining faol o’quvchisi Oydin Zokirov esa joriy yil aprelda o’tkazilgan “Tasviriy san’at festivali”da rangtasvir yo’nalishi bo’yicha oltin medal bilan taqdirlangani mamlakatimizda ta’lim va san’atga qiziquvchi yoshlarga berilayotgan e’tiborning natijasi deb baho berish mumkin.

Shuningdek, maktab o’quvchilari nafaqat respublika, balki xalqaro tanlovlarda ham ishtirok etib kelmoqdalar. Ular san’atimizni Chexiya, AQSh, Turkiya, Slovakiya, Hindiston va MDX mamlakatlarida namoyish etishmoqda.

Ixtisosolashtirilgan san’at maktab internatida o’z mutaxassisligi bo’yicha tinimsiz ta’lim tarbiyaga ega bo’layotgan va yosh bo’lishiga qaramay yuksak natijalarga erishayotgan yosh o’quvchi qizlarning borligi ham xotin - qizlarning jamiyatdagi mavqei va o’rnini oshirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri ekanligidan darak berib turibdi. Nurotalik yoshlarning safida milliy hunarmandchilik bilan shug’ullanayotganlari ko’pchilikni tashkil etadi.
Tasviriy san’at, milliy liboslar, kasanachilik mahsulotlari ko’rgazmalarining tashkil etilayotgani qo’li gul o’quvchi qizlarimizning ham iste’dod va mehnatlarini namoyish etish imkonini bermoqda-deydi san’at maktabi direktori, O’zMTDP Nurota tuman Kengashi a’zosi Aminjon Qodirov suhbat avvalida.-Maktabimizda shuningdek, xorijiy mamlakatlarda ham ma’lum va mashhur bo’lgan Nurota an’anaviy kashtachilik maktabini tiklashga katta e’tibor qaratilmoqda.

Ana shunday Nur zaminiga xos bo’lgan an’analarni davom ettirishga hissa qo’shayotgan yosh san’atsevar qizlardan biri 1998 yilda Nurota zaminida tug’ilgan san’at maktabining 9-sinf o’quvchisi Ziyodullaeva Sayyora bo’ladi. U 5 sinfdaligida maktab ostonasini taxlab o’tgan ilk yillaridanoq o’z mutaxassisligi tasviriy san’at yo’nalishida o’z bilim tajribalarini oshirish maqsadida barcha fanlarni a’lo baholar bilan o’zlashtirishga intiladi. Bu intilish uni kashtachilik to’garagiga boshlab borgani ham bir yutuqdir.

S.Ziyodullaevaning onasi Sanobar Zaripova maktabning ko’p yillik “Kamolot” BT etakchisi. Sanobar opa farzandiga mas’uliyat bilan ta’lim berdi va hunar o’rganishida unga sharoit va vaqt ajratdi. So’ngra kamolotga etish yo’lida unga maktabning yana bir qator qaqajon yig’it-qizlari ergashishdi.

Oilada bir o’g’il, uch qizni voyaga etkazayotgan Sanbar opa qizlarini Nur xotin-qizlarining azaliy mashg’uloti bo’lgan kashtachilikka bo’lgan mehrini oshirishda talabchandir. Sayyoraning opasi ham o’qish va uy ishlaridan bo’sh payti kashtalar tikishni foydadan xoli deb bilmaydi. Sayyora esa halitdan 4 yoshli singlisiga ustozlik qilish niyatida.

Jajji ustozning qisqa muddat ichida erishgan yutuqlari ham bisyor. Keling so’zimizni isbotlasak. Avvaliga maktab miqyosidagi “Iste’dod g’unchalari”, “Yosh hunarmand”, “Sanamlar sarvari” ko’rik-tanlovlarida “Iste’dodli qiz”, “Eng mohir, yosh hunarmand” nominastiyasi va oliy o’rinlarni qo’lga kiritgani uning birinchi qadamlari sifatida kelajakdagi orozulari yo’lida mayog’ bo’ldi. Shundan keyin Sayyora maktabdagi ustozlari va yaqinlari yordamida tuman, viloyat, respublika miqyosidagi tanlovlarda qatnasha boshladi xususan, 2009 yili “Toshkent quvonchlari” xalqaro zamonaviy san’at biennalisida 14 yoshida sertifikat, biennalining 2013 yilgi bolalar rasmlari tanlovida o’zining “Tumor” asari bilan faol ishtirok etib diplom egasi, “Yangi avlod-2011” tanlovining “E” guruhi, amaliy san’at yo’nalishida tuman hamda viloyat boqichlarida mutlaq g’olib bo’lib, respublikadagi bayramona festivalda ko’rik - tanlovning lauriyati bo’lishga erishdi. Shuningdek, aynan shu yili “Navro’z” umumxalq bayramiga bag’ishlab o’tkazilgan “Xalq amaliy san’ati” viloyat ko’rik-tanlovining “Kashtachilik” yo’nalishi bo’yicha viloyat Xalq ta’limi boshqarmasining 1 - darajali diplomi sohibi, joriy yil 22-26 aprel kunlari Toshken shahrida “Obod turmush yili” bag’ishlab “Tasviriy san’at festivalida” faol ishtiroki uchun O’zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi raisi A.Nuriddinov tomonidan diplom bilan, Navoiy viloyatida o’tkazilgan “Asrlar sadosi-2013” festivalda ham sayyohlarning e’tiboriga tushib ijod namunalari chet ellik san’atsevarlar tomonidan xarid qilindi. Festival davomidagi tanlovda esa faxriy yorliq ila taqdirlandi. Shu bilan birga, 2014 yilgi “Yurt kelajagi” iqtidorli yoshlar tanlovining respublika bosqichida “amaliy san’at” yo’nalishida ishtirok etib sertifikat bilan taqdirlandi. Uning o’tgan davrda mobaynida tasviriy va amaliy san’at yo’nalishidagi ijod namunalariga berilgan yuqoridagi baholar albatta haqqoniy bo’lib, taqdirlanish mezonining yana bir muhim jihati, ishtirokchi yosh ekanligi hay’at a’zolari e’tiborida ekanligida deydi, Sayyoraning rangtasvir bo’yicha o’qituvchisi Maqtaganov Oydin.

Men bu san’atlarning ikkisini ham birday ko’raman va ijod qilishga kuch topaman, deydi yosh musavvir Sayyora. Nurota kashtachiligi tarixi bo’yicha ko’p izlanishga to’g’ri keladi. Hozirgi kunda, o’tgan asrda tikilgan badiiy kashtachilik buyumlari so’zana, takyapo’sh, joynamoz, sandalpo’shlarni uchratish qiyindir. Manbalarda yozilishicha, bu buyumlarning ko’pchiligi saqlanib qolmagan, xorijga olib ketilgan yoki sotib yuborish natijasida yo’qolgan. Mening kelajakdagi niyatim ana shu namunalarni tiklash, ijodiy asarlarimda o’ziga xos tarixiy xususiyatlarni aks ettirish, sohada izlanish olib borish, tengdoshlarim orasida ushbu hunarni o’rganishga bo’lgan ishtiyoqni kuchaytirish va milliy hunarmandchiligimizni rivojlanishdan iboratdir.


Darhaqiqat, maktabdagi kashtachilik to’garagi o’qituvchisi Jumaeva Durdona ko’magi va sabog’i orqali yosh kashtado’zimiz qizlar uchun zamonaviy kiyimlarda kashtachilikni uyg’unlashtirish, nimchalar, kichik so’zana, yostiqpo’sh, choynakpo’sh, joypo’sh, peshonaband belbog’, kastum, sumka, qalamdon-qop, uyali aloqa telefonlari uchun g’iloflarga kashtachilik yo’nalishida gullar solish orqali zamonaviylik va tarixiy milliylikni xamohang bo’lishida ishlar amalga oshirmoqda. Har bir ijod namunasi san’at darajasiga etishi uchun ko’p kunlar hattoki oylar kerak bo’ladi, matolarga gul solish va bezash ishlari oddiy chokli tikish va bigizi yo’nalishida olib boriladi. Bigiz yo’nalishida tikishda matolar maxsus do’konlarga mahkamlanadi va oson tikiladi. Matolarga gul solishda ham Sayyora o’z qo’l mehnatidan unumli foydalanadi. Bunda ustozlari uning yaqin ko’makchilaridir. 
Shu kecha kunduzda Alisher Navoiyning “Xamsa” asaridagi “Farhod va Shirin” dostonidagi Farhod va Shirin uchrashuvi lavhasidagi minaturani matoda aks ettirishga erishdim, deb davom etadi.

Bu ijod yo’nalishida ranlar uyg’unligi va tasvir mohiyati birinchi galda turadi. Iplarimizning rangi tabiiy bo’lganligi sababli hech bir bo’rttirishga yo’l yo’qdir. Tabiiy rangli iplar tarixiy davrni ochishda ko’l keladi.

Matoda minatura ishlash juda aniqlikni talab etadi lekin kishiga zavq beradi. Har holda ijoddagi bu yo’nalish yangilik sifatida ko’pchilik tomonidan katta qiziqishga sabab bo’ladi. Men milliy hunarmandchiligimizning kashtachilik yo’nalishida fidoi bo’lgan onaxonlardan ko’p eshitaman momomeros qadryatlarimizni davom ettirish avvalgi zamonlarda barcha o’zbek ayollariga nasib etmagan ekan.

15 yoshimda mamlakatimizda yaratib berilgan ilm va hunar o’rganishdagi imkonyatlardan bahramand bo’lganimdan mamnunman. Albatta hali ko’p yillar men vatanim uchun o’z sohamda ko’p ishlarni amalga oshiriga so’z beraman.


Orzulari bir olam Sayyora Ziyodulloeva qatori bir qator yoshlar uning ortidan borishga intilishadi. U yana raqs tushiga hamda tenis musoboqalarida ishtirok etishga ham qiziqadi deyishadi san’at maktabi o’qituvchilari. Uning rangtasvirdagi ijod namunalari ham bir ko’rgazma bo’lgudek, ko’zni oladi.

Yaqinda, S.Ziyodulloeva ilg’or va tirishqoqligi, yaxshi xulqli va o’qishlaridagi muvaffaqiyatlari, milliy san’atimiz va hunarmandchiligimizga qo’shgan hissasi uchun Zulfiya nomidagi davlat mukofoti viloyat bosqichiga nomzod sifatida ko’rsatildi. Intilganga tole yor deganlari shudir balki. 

Prezidentimizning 2010 yil 30 martdagi "Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirishni yanada qo’llab-quvvatlash to’g’risida"gi Farmonida belgilab berilgan talablar asosida Nurota tumanida samarali ishlar olib borilganiga guvoh bo’lish mumkin. Yaratilgan imtiyozlar rag’batlantiruvchi omil bo’layotganini alohida qayd etish lozim. Bu kabi chora-tadbirlardan asosiy maqsad xotin-qizlarimizning salohiyatini ro’yobga chiqarish, oila va jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasizdir.

19 asrda Buxoro amirligining bekliklaridan biri Nurotada o’ziga xos bo’lgan kashtachilik markazi tarkib topdi. Nurota bir tomondan Qizilqum cho’llariga, ikkinchi tomondan Oq tog’ tizmalariga tutashgan harbiy strategik joyda joylashgan qadimgi qo’rg’on bo’lib, bu vohani katta-kichik er osti buloqlari suv bilan ta’minlaydi. Aholisi asosan chorvachilik va hunarmandchilik bilan shug’ullanishadi. Nurota 19 asr oxirida o’zining matolari, marmar buyumlari va kashtalari bilan shuhrat qozongan.

Nurota kashtalari boshqa maktab kashtalaridan badiiy jihatdan farq qiladi. Kashtachilikning yirik markazlaridan biri sanalgan Nurota asrlar mobaynida kashtalarning tasvir aniqligi, o’simlik naqshlarining serjilvaligi bilan mashhur.

19 asrda Nurota kashtalari asosan oq kosibiy karbos va och yashil ip gazlama mato ustiga “bosma” va “yo’rma” uslubida guldastalar bilan bezatilib, matoning oq foni tig’iz to’ldirilmagan.

Nurota kashtachiligi o’zining gulli motivlarining boyligi va rang-barangligi bilan O’zbekiston kashtalari orasida birinchi o’rinda turadi. Gul naqshlarining go’zalligi va boyligi jihatidan Buxoro kashtalariga yaqin tursada, o’ziga xos ijro uslubi bilan alohida ajralib turadi.

Nurota kashtalarida ba’zan gul naqshlari, o’simliklar, qushlar, turli jismlar va hatto hayvonlar tasviri, ayrim hollarda yashirin tarzda odamlar tasviri bilan ham boyitiladi. Kashtalar ochiq rangli ipak va jun iplardan igna bilan sidirg’a – bosma uslubida tikilgan gul va naqshlar atrofi bigiz bilan “daravsh” chokida chegaralangan.

Nurota markazida sakkiz qirrali yulduz va maydonning to’rt burchagida katta guldastali yopiq kompozistiyali so’zanalar keng tarqalgan. Kompozistiyaning bunday turi Nurotada “chor shohu yak moh” - “to’rt shohu bitta oy” degan ma’noni anglatadi.

Shu turdagi so’zanalarga 19 asrning o’rtalarida Nurota kashtachiligi tomonidan yaratilgan, hozirgi kunda esa O’zbekiston Davlat san’at muzeyida saqlanib kelinayotgan ajoyib so’zanani kiritishimiz mumkin. Bu so’zana o’zgacha engilligi va gulli naqshlarining serjilvaligi bilan ajralib turadi. So’zana ornamentining ayrim joylarida guldastali guldonlar hamda guldastaning o’rtasida anor shaklini ko’rishimiz mumkin. Mallarang, tillarang, havorang, pushtirang, nofarmon, och yashil ranglar bir - biri bilan uyg’unlashib, so’zanaga o’zgacha chiroy baxsh etgan.



Naqshlari romb shaklida tuzilgan hamda tishli barglar bilan bezatilgan (“tobadoni” - katakli, panjarali) so’zanalar ham Nurota kashtachiligining yana bir turi hisoblanadi. Unda dioganallar bo’yicha kesishgan shoxchalar hosil qilgan rombchalar ichi gul naqshi bilan to’ldirilgan.

Romblar ichidagi “chorgul”, “sebarg”, “shoxchagul” naqshlari har xil ko’rinishda takrorlanadi. Bunday kompozistiya Buxoro so’zanalarida ham keng tarqalgan, ammo “qoqma” zeyi tikilmaydi.

So’zanalar shakli va naqsh kompozistiyalari Buxoro so’zanalariga o’xshab, markaziy maydon va hoshiyadan tashkil topsada, Nurota so’zanalarida asosiy e’tibor markaziy maydonga qaratilgan. Chetki hoshiya nisbatan tor bo’lib, uning atrofi tor hoshiya bilan chegaralanmaydi. O’simliksimon naqshlar ham boshqacha tabiiy - jonli ko’rinishda markazda sakkiz burchakli yulduz va to’rtta guldasta to’rt burchakda dioganallar bo’yicha tikilgan kompozistiya ko’p tarqalgan. Bunday kompozistiya “Chor shohu, yak moh” deyiladi. Kashtada guldastalar burchaklardan markazga qaratilgan.

Bir-biriga qarama - qarshi turgan guldastalar tuzilishi jihatidan bir - biriga o’xshash, lekin deta llari har xil ko’rinishda.

Nurotada kashta asosan bo’z, chit, satin, shoyi, baxmal, movutga tikiladi. Iplari ipakdan yigirilib, bo’yoqlari tabiiy o’simliklardan olinadi. Nurota so’zanalarida ochiq ranglar: qumrang, tilloyi rang, kulrang, pushti rang, havorang, och yashil rang, qizil rang ishlatilgan. Ranglar Buxoro kashtalari rangiga yaqin, ular bosiqlik va salobatni kasb etgan. So’zananing ochiq qolgan joylariga tovus, tustovuq, qushlar, nozik novdachalar, ko’zachalar tasviri tikib boyitilgan.

So’zana atrofi unchalik keng bo’lmagan hoshiya bilan hoshiyalangan. Ba’zan markaziy maydon hoshiyadan ensiz “yo’rma” uslubidagi “zeyjiyak” bilan ajratilgan. Bunday uslubni Nurotada “qoqma” deyishadi.

Buxoro so’zanasi markaziy maydoni markazida birta katta doiragul va to’rt burchagida to’rtta kichikroq doiragulli kompozistiyaga ega. Bu jihatdan Buxoro va Nurota so’zanalari bir - biriga yaqin turadi. Xuddi shu xil kompozistiyali so’zana O’zbekiston san’at muzeyida saqlanayotgan nurotalik usta - chevarlarning 19 asrning o’rtalarida tikkan noyob kashta so’zanisi bunga misol bo’la oladi. Bu so’zana kompozistiyasi engilligi va gul nusxalarining nozikligi bilan alohida ajralib turadi.

So’zana bosmado’zi, chappado’zi, ilmoq uslubida tikilgan. So’zana naqshida Nurota va Buxoro kashtalarida ko’p uchraydigan “dastagul”, “butagul” motivi ular orasida shoxchagul, ko’zacha va g’unchalar tasviri mavjud. So’zanada ochiq ranglar: qumrang, oltinrang, kumushrang, havorang, malina rangi, nimpushtirang, ochiq yashil ranglar ishlatilgan. So’zana atrofi unchalik keng bo’lmagan hoshiya bilan bezatilgan. Markaziy maydon va hoshiya orasidan “ilmoq” uslubida “oba” chizig’i tikilgan. So’zana girdidan ham shunday “oba” yo’li chegaralab tikib chiqilgan.

Nurota so’zanasi Buxoro so’zanasiga o’xshatib oq fonni zich egallamagan, ammo naqshlar me’yori bilan joylashtirilganligi so’zanaga salobat bag’ishlagan.

Buxoro so’zanasida har bir detal naqsh alohida “yo’rma” chokida tikiladi va tuzilishi xilma - xil bo’ladi. Rang tanlashda har ikki maktab chevarlari didida yaqinlik seziladi.



“Shox-shox” kompozistiyali Nurota so’zanalari Buxoroning G’ijduvon shoxchagul, butador naqshli so’zanalariga o’xshab ketadi. Ammo Nurota so’zanalaridagi shoxchalar ko’rinishdan nozik, hamda siyrak joylashganligi bilan farq qiladi. Shuning uchun Nurota kashtalari ko’pincha o’simlik gullari, qush suratlari bilan jonlantirilgan, gohida ko’zga tashlanmas joylarga haddan tashqari stillashtirilgan hayvon va qushlarning suratlari tikilgan.

Nurota so’zanasi juda chiroyli kompozistiyaga ega bo’lib, unda asosan gullab turgan chamanzor aks ettiriladi.

So’zana kompozistiyasi uch qismdan iborat bo’lib, bular markaziy kompozistiya, katta hoshiya va kichik hoshiya qismlaridir. Markaziy kompozistiyada asosan chamanzor ifodalanib, markazda doiragul va undan tarqaluvchi shoxli gullar tasvirlanadi. Katta hoshiyada doiragullar, shoxli gullar va pichoq gullar ifodalanadi. Kichik hoshiyada esa chiroyli gullar va barglar tasvirlanadi. So’zana kompozistiyasida turli xildagi ranglar mavjud bo’lib, bular pushtirang, yashilrang, qizg’ishrang, sariq, binafsha va ko’k ranglardir. Kashta asosan bosma chokida tikilgan.

19 asr oxiri 20 asr boshlarida Nurota kashtachiligida keskin pasayish seziladi. Gulli motivlar detallarning rang - barangligini yo’qotib, bir xil doiralarga aylanib qoladi.

Qadimgi so’zanalarda burchakdagi guldasta 43 guldan iborat bo’lsa, yangi so’zanalarda u bir - birlariga unchalik bog’liq bo’lmagan etti doiradan iborat bo’lib qoldi. Qizil matolarga bir xil so’lg’in o’simliksimon gullar tikilgan kashtalar paydo bo’la boshladi. Bu kashtalar Nuratoning 19 asrdagi badiiy buyumlaridan mutlaqo farq qilar edi.

Hozirgi kunda Nurota kashtachiligi kundan - kunga rivojlanib bormoqda. Ko’plab kashtachi - chevarlar kashtachilik hunari bilan shug’ullanib kelishmoqda. Bulardan, hamisha ajdodlar an’analarini asrovchi va zamonaviy ruh berib ularni davom ettirib xilqat bo’lib qolaveradi. U kishilarga bitmas tuganmas zavq ulashaveradi.



Download 7.77 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37




Download 7.77 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



NUROTA KAShTAChILIK MAKTABINING TAHLILI

Download 7.77 Mb.