• KASHTACHILIKDA INTER’YERNI BEZASH UCHUN KOMPOZITSION PANNO BAJARISH
  • USTOZ VA SHOGIRDLAR IJODI




    Download 7.77 Mb.
    bet29/37
    Sana21.06.2021
    Hajmi7.77 Mb.
    #15154
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37
    USTOZ VA SHOGIRDLAR IJODI

    Milliy san’atimizning o’tmishdan to bugungi kungacha yetib kelgan nodir namunalarini tomosha qilar ekanmiz, har bir san’at tagida mashaqqatli mehnat, tinimsiz izlanish, boy tariximiz va merosimizga bo’lgan yuksak muhabbatni yanada teranroq anglaymiz.

    Ajdodlardan kelajak avlodga, ustozdan shogirdlarga o’tib kelayotgan milliy san’atimizning bugungi salohiyati va nufuzi nafaqat yurtimiz, balki dunyo mamlakatlari nigohida ham o’ziga xos ahamiyatga ega.

    Mustaqillik yillarida etishib chiqayotgan iqtidorli ijodkorlarni keng jamoatchilikka tanishtirish, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash bugungi kunning eng dolzarb vazifalari sirasidandir. Bu esa, ustoz-shogird an’analarini saqlab, ularni xotirlab, merosini davom ettirish hamda san’atimizning rivojiga hissa qo’shib kelayotgan yoshlar san’atini namoyish etish va ularning yaratilish tarixi bilan bevosita tanishish imkonini beradi.

    Nurota shahridagi Navoiy ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati 1998 yilda tashkil etilgan bo’lib, mutaxassislik bo’yicha qalamtasvir, rangtasvir va kompozistiyadan saboq beriladi. Kulol, naqqosh, kashtado’z, zardo’z, toshtarrosh singari mutaxassislar tayyorlanadi. Ayni damda 100 nafardan ortiq iqtidorli yigit-qiz san’at internatida tahsil olishmoqda. Nurotalik yoshlarning safida milliy hunarmandchilik bilan shug’ullanayotganlari ko’pchilikni tashkil etadi. Tasviriy san’at, milliy liboslar, kasanachilik mahsulotlari ko’rgazmalarining tashkil etilayotgani qo’li gul o’quvchi qizlarimizning ham iste’dod va mehnatlarini namoyish etish imkonini bermoqda.



    Maktabda shuningdek, xorijiy mamlakatlarda ham ma’lum va mashhur bo’lgan Nurota an’anaviy kashtachilik maktabini tiklashga katta e’tibor qaratilmoqda.

    Ana shunday Nur zaminiga xos bo’lgan an’analarni davom ettirishga hissa qo’shayotgan yosh san’atsevar qizlardan biri 1998 yilda Nurota zaminida tug’ilgan san’at maktabining 9-sinf o’quvchisi Ziyodullaeva Sayyora bo’ladi. U 5- sinfdaligida maktab ostonasini taxlab o’tgan ilk yillaridanoq o’z mutaxassisligi tasviriy san’at yo’nalishida o’z bilim tajribalarini oshirish maqsadida barcha fanlarni a’lo baholar bilan o’zlashtirishga intiladi. Bu intilish uni kashtachilik to’garagiga boshlab borgani ham bir yutuqdir.

    S.Ziyodullaevaning onasi Sanobar Zaripova maktabning ko’p yillik “Kamolot” BT etakchisi. Sanobar opa farzandiga mas’uliyat bilan ta’lim berdi va hunar o’rganishida unga sharoit va vaqt ajratdi. So’ngra kamolotga etish yo’lida unga maktabning yana bir qator qaqajon yig’it-qizlari ergashishdi. Oilada bir o’g’il, uch qizni voyaga etkazayotgan Sanbar opa qizlarini Nur xotin-qizlarining azaliy mashg’uloti bo’lgan kashtachilikka bo’lgan mehrini oshirishda talabchandir. Sayyoraning opasi ham o’qish va uy ishlaridan bo’sh payti kashtalar tikishni foydadan xoli deb bilmaydi. Sayyora esa halitdan 4 yoshli singlisiga ustozlik qilish niyatida. 

    Jajji ustozning qisqa muddat ichida erishgan yutuqlari ham bisyor. Avvaliga maktab miqyosidagi “Iste’dod g’unchalari”, “Yosh hunarmand”, “Sanamlar sarvari” ko’rik-tanlovlarida “Iste’dodli qiz”, “Eng mohir, yosh hunarmand” nominastiyasi va oliy o’rinlarni qo’lga kiritgani uning birinchi qadamlari sifatida kelajakdagi orozulari yo’lida mayog’ bo’ldi. Shundan keyin Sayyora maktabdagi ustozlari va yaqinlari yordamida tuman, viloyat, respublika miqyosidagi tanlovlarda qatnasha boshladi.

    2009 yili “Toshkent quvonchlari” xalqaro zamonaviy san’at yo’nalishida 14 yoshida sertifikat, yo’nalishning 2013 yilgi bolalar rasmlari tanlovida o’zining “Tumor” asari bilan faol ishtirok etib diplom egasi, “Yangi avlod-2011” tanlovining “E” guruhi, amaliy san’at yo’nalishida tuman hamda viloyat boqichlarida mutlaq g’olib bo’lib, respublikadagi bayramona festivalda ko’rik-tanlovning laureati bo’lishga erishdi. Shuningdek, aynan shu yili “Navro’z” umumxalq bayramiga bag’ishlab o’tkazilgan “Xalq amaliy san’ati” viloyat ko’rik - tanlovining “Kashtachilik” yo’nalishi bo’yicha viloyat Xalq ta’limi boshqarmasining 1-darajali diplomi sohibi, 22-26 aprel kunlari Toshken shahrida “Obod turmush yili”ga bag’ishlab “Tasviriy san’at festivalida” faol ishtiroki uchun O’zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi raisi A.Nuriddinov tomonidan diplom bilan, Navoiy viloyatida o’tkazilgan “Asrlar sadosi-2013” festivalda ham sayyohlarning e’tiboriga tushib ijod namunalari chet ellik san’atsevarlar tomonidan xarid qilindi.

    Festival davomidagi tanlovda esa faxriy yorliq bilan taqdirlandi. Shu bilan birga, 2014 yilgi “Yurt kelajagi” iqtidorli yoshlar tanlovining respublika bosqichida “amaliy san’at” yo’nalishida ishtirok etib sertifikat bilan taqdirlandi. Uning davr mobaynida tasviriy va amaliy san’at yo’nalishidagi ijod namunalariga berilgan yuqoridagi baholar albatta haqqoniy bo’lib, taqdirlanish mezonining yana bir muhim jihati, ishtirokchi yosh ekanligi hay’at a’zolari e’tiborida ekanligida deydi-Sayyoraning rangtasvir bo’yicha o’qituvchisi Maqtaganov Oydin.

    - Men bu san’atlarning ikkisini ham birday ko’raman va ijod qilishga kuch topaman, - deydi yosh musavvir Sayyora. Nurota kashtachiligi tarixi bo’yicha ko’p izlanishga to’g’ri keladi. Hozirgi kunda, o’tgan asrda tikilgan badiiy kashtachilik buyumlari so’zana, takyapo’sh, joynamoz, sandalpo’shlarni uchratish qiyindir. Manbalarda yozilishicha, bu buyumlarning ko’pchiligi saqlanib qolmagan, xorijga olib ketilgan, yoki yo’qolgan. Mening kelajakdagi niyatim ana shu namunalarni tiklash, ijodiy asarlarimda o’ziga xos tarixiy xususiyatlarni aks ettirish, sohada izlanish olib borish, tengdoshlarim orasida ushbu hunarni o’rganishga bo’lgan ishtiyoqni kuchaytirish va milliy hunarmandchiligimizni rivojlanishdan iboratdir.



    Darhaqiqat, maktabdagi kashtachilik to’garagi o’qituvchisi Jumaeva Durdona ko’magi va sabog’i orqali yosh kashtado’zimiz qizlar uchun zamonaviy kiyimlarda kashtachilikni uyg’unlashtirish, nimchalar, kichik so’zana, yostiqpo’sh, choynakpo’sh, joypo’sh, peshonaband belbog’, kastum, sumka, qalamdon - qop, uyali aloqa telefonlari uchun g’iloflarga kashtachilik yo’nalishida gullar solish orqali zamonaviylik va tarixiy milliylikni xamohang bo’lishida ishlar amalga oshirmoqda.

    Har bir ijod namunasi san’at darajasiga etishi uchun ko’p kunlar hattoki oylar kerak bo’ladi, matolarga gul solish va bezash ishlari oddiy chokli tikish va bigizi yo’nalishida olib boriladi. Bigiz yo’nalishida tikishda matolar maxsus do’konlarga mahkamlanadi va oson tikiladi. Matolarga gul solishda ham Sayyora o’z qo’l mehnatidan unumli foydalanadi. Bunda ustozlari uning yaqin ko’makchilaridir. 

    Shu kecha kunduzda Alisher Navoiyning “Xamsa” asaridagi “Farhod va Shirin” dostonidagi Farhod va Shirin uchrashuvi lavhasidagi minaturani matoda aks ettirishga erishdim, deb davom etadi. Bu ijod yo’nalishida ranlar uyg’unligi va tasvir mohiyati birinchi galda turadi. Iplarimizning rangi tabiiy bo’lganligi sababli hech bir bo’rttirishga yo’l yo’qdir. Tabiiy rangli iplar tarixiy davrni ochishda ko’l keladi. Matoda minatura ishlash juda aniqlikni talab etadi lekin kishiga zavq beradi. Har holda ijoddagi bu yo’nalish yangilik sifatida ko’pchilik tomonidan katta qiziqishga sabab bo’ladi. Men milliy hunarmandchiligimizning kashtachilik yo’nalishida fidoi bo’lgan onaxonlardan ko’p eshitaman momomeros qadryatlarimizni davom ettirish avvalgi zamonlarda barcha o’zbek ayollariga nasib etmagan ekan.

    15 yoshimda mamlakatimizda yaratib berilgan ilm va hunar o’rganishdagi imkonyatlardan bahramand bo’lganimdan mamnunman.

    Albatta hali ko’p yillar men vatanim uchun o’z sohamda ko’p ishlarni amalga oshiriga so’z beraman. Orzulari bir olam Sayyora Ziyodulloeva qatori bir qator yoshlar uning ortidan borishga intilishadi. U yana raqs tushiga hamda tenis musoboqalarida ishtirok etishga ham qiziqadi deyishadi san’at maktabi o’qituvchilari. Uning rangtasvirdagi ijod namunalari ham bir ko’rgazma bo’lgudek, ko’zni oladi. Yaqinda, S.Ziyodulloeva ilg’or va tirishqoqligi, yaxshi xulqli va o’qishlaridagi muvaffaqiyatlari, milliy san’atimiz va hunarmandchiligimizga qo’shgan hissasi uchun Zulfiya nomidagi davlat mukofoti viloyat bosqichiga nomzod sifatida ko’rsatildi. Intilganga tole yor deganlari shudir balki. 

    Prezidentimizning 2010 yil 30 martdagi "Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirishni yanada qo’llab - quvvatlash to’g’risida"gi Farmonida belgilab berilgan talablar asosida Nurota tumanida samarali ishlar olib borilganiga guvoh bo’lish mumkin. Yaratilgan imtiyozlar rag’batlantiruvchi omil bo’layotganini alohida qayd etish lozim. Bu kabi chora - tadbirlardan asosiy maqsad xotin - qizlarimizning salohiyatini ro’yobga chiqarish, oila va jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasizdir. 




    KASHTACHILIKDA INTER’YERNI BEZASH UCHUN KOMPOZITSION PANNO BAJARISH



    Download 7.77 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37




    Download 7.77 Mb.