• Yo’rma choki
  • Iroqi chokining
  • Xavfsizlik texnikasi va sanitariya-gigiena qoidalari




    Download 4.7 Mb.
    bet32/37
    Sana21.06.2021
    Hajmi4.7 Mb.
    #15154
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
    Xavfsizlik texnikasi va sanitariya-gigiena qoidalari:

    1. Ish o’rniga yorug’lik oldi yoki chap tomonidan tushishi;

    2. Kashta tikayotganda to’g’ri va boshni sal oldinga egib o’tirish;

    3. Kashta tikishdan oldin, ish o’rnini ko’rib, ortiqcha narsalar bo’lsa yig’ishtirib so’ngra tikishni boshlash;

    4. Tikish tugagach hamma asboblarni joy-joyiga qo’yish;

    5. Kashta tikayotganda nina, to’g’nog’ich, qaychi va angishvona bilan ishlaganda ehtiyot bo’lishi kerak.

    6. Qaychining og’zi ochiq holmasligi, biror kishiga uzatganda uning uchidan ushlab uzatish lozim.

    7. Ninani og’ziga olish, ko’ylakka qadab qo’yish, har yerga tashlash, ipsiz qoldirish eng yomon odat. Ninani biroz ipi bilan nina qadag’ichga qadab qo’yish kerak

    Qo’lda kashta tikishning ikki xil turi mavjud:

    Kashtachilik uslubida bezatiladigan matoning arqoq hamda o’rim iplarini sanab kashta tikish, hamda matoga gul tasviri konturini chizib, kashta tikish.





    Arqoq va o’rim iplari kesishtirib to’qilgan matolarga tikiladi. Buning sababi kashta tikishda mato iplarini sanab tikishga qulaydir. Sanama kashta turi O’zbekistonda keng tarqalgan. Sanama kashtaning iroqi turi ancha keng ishlatiladi. O’zbek kashtachiligida – yo’rma, ilma, iroqi, bosma, xomdo’zi, chamak, chipma xayol, baxya, kanda xayol, chindi xayol, ko’ppa, qarsdo’zi, zamindo’zi, dol tashlab tikish usullari mavjud.



    Yo’rma choki - yo’rmaki, ilmoqli bichiq yoki igna bilan matoning o’ng tomonida halqalar zanjiri hosil qilib tikiladi.

    Bigizga o’tkazilgan ipak matoning sirtidan chap qo’l bilan ushlab turiladi. Sanchilib chiqqan igna bilan esa halqa hosil qilinadi. Yo’rma choklari bilan yirik kashtalarning hoshiyalari, gul va barglari asosiy shoxga ulaydigan bandlar tikilgan. Yo’rma chokdan Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo kashtado’zlari ko’p foydalanadilar.



    Iroqi chokining - ikki turi mavjud: ular terma iroqi va iroqi deb yuritiladi. Terma iroqi bir-biri bilan ko’ndalang kesishadigan qiya chiziqlardan iborat bo’lib, kashtado’zlar odamda bu chokni pastdan yuqoriga qarata tikadilar. Terma iroqining ham ikki xili mavjud:

    1) sanama iroqi. Bu chokdaishlatiladigan to’rga yoki arqoq va o’rishidan ip tortib olinib, to’r shakliga keltirilgan matoga kesma chiziqlar sanab gul tikiladi.



    2) chizma iroqi xili esa matoga qalam bilan chizilgan naqsh gul ustidan tikiladi. Iroqining boshqa turida esa mato ustiga ip to’shalib, u mayda choklar bilan bir tekisda kesib chiqiladi, keyin uning yoniga yana ip to’shalib, shu tarzda kesib chiqiladi, bu chok qadimdan Qashqadaryoda rivoj topgan.





    Download 4.7 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




    Download 4.7 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xavfsizlik texnikasi va sanitariya-gigiena qoidalari

    Download 4.7 Mb.