• Chindaxayol
  • Badiiy grafika fakulteti




    Download 4.7 Mb.
    bet33/37
    Sana21.06.2021
    Hajmi4.7 Mb.
    #15154
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
    Kanda xayol chokida - ip to’shama yoki yotiq bo’ladi. Bu chokining ham ikki xili mavjud. Bir xilida to’shama ip ustidan chatiladigan chok qiyalatib ustma-ust tushadi, kashta tayyor bo’lganda novdadan to’qilgan savatga o’xshab ko’rinadi.

    Ikkinchi xilida kashtado’z birinchi qatorni oldingi kashta xili tarzida tikib chiqqach, ikkinchi qatorni tikayotganda oldingi qator ostki qismidan o’tkazib tikiladi, shunday qilib, choklar to’shama ip ustiga diagonal yo’nalishidagi ilon izli chiziqlar hosil qilib tushadi.



    Chindaxayol - (duro’ya) choki igna qadalib bir me’yorda tikib chiqiladi, keyin teskari o’girib yana tikib chiqiladi, shu tarzda matoninig oldi-orqasida bir xildagi gul hosil qilinadi. Bu chok bilan ikki matoni ham ko’zga tashlanadigan buyumlar, ya’ni sochiq, ro’mol va boshqalarni bezashda ishlatiladi.

    Kashta naqsh kompozitsiyalari badiiy vositalar, uning dekorativ talqini, ranglari, buyumning tanlanishi va tikish texnikasi bir-biriga uzviy bog’liqdir. Chunki kashtachilikga yuqorida ko’rsatilgan har bir talqin, biri ikkinchisini to’ldiradi, boyitadi va natijada qismlari bir-biriga uzviy bo’lgan dekorativ asar yaratishga olib keladi. Kashtachi naqsh kompozitsiyalarni matoga joylashtirar ekan, gazlamani haddan tashqari ko’p bezab ham tashlamasligi kerak, bekorchi, bo’sh joylarni ham qoldirmasligi kerak. Fon albatta naqsh va bezakka katta ta’sir qiladi. Liboslarni kashtachilikda badiiy bezash, alohida va muhim rol o’ynaydi. Kashtachi - san’atkorning badiiy didi, bezaklarini o’z o’rniga, joyiga topib, biri ikkinchisiga shaklan bir bo’lsada, bezaklari, ranglari boshqacha bo’lgan tasvirlarni yaratish, kashtaning ta’sirchanligini oshiradi.





    Download 4.7 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




    Download 4.7 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Badiiy grafika fakulteti

    Download 4.7 Mb.