• Chinda xayol
  • Badiiy grafika fakulteti




    Download 4.7 Mb.
    bet35/37
    Sana21.06.2021
    Hajmi4.7 Mb.
    #15154
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
    Ilma chokning 2 turi mavjud. Bir tarafli va ikki tarafli ilmadir. Bir tarafli ilma choki gorizontal yo’nalishda chapdan o’ngga yoki yuqoridan pastga tomon tikiladi. Ikki tarafli ilma chokining ikki xil bajarish usuli bor. Birinchi xili – bir tomoni changdon o’ngga xalqa qilib tikib chiqilgach, keyin kashtani o’chirib, qolgan tomoni ham shu tarzda xalqa qilib tikib chiqiladi, so’ngra kashtani o’chirib, qolgan tomoni ham shu tarzda xalqa hosil bo’ladi. Ikkinchi usulda ip o’tkazilgan nina matoning o’ng tomonidan qadab, yotiq chiziq bo’ylab, chap tomonidan sug’urib olinadi.

    Chap qo’l bosh barmog’i bilan ilib orqaga surilgan ip nina ostida qolishi kerak. Shu tarzda bir yoqlama xalqa hosil bo’ladi, so’ngra o’ng tomondan yana nina qadab, chapdan yotiq holatda sug’urib olinadi, lekin bu ikkinchi va undan keyin o’ng tomonga uriladigan ninalarni sal qiyaroq tushuvchi vertikal ipdan yuqoriga avvalgi xalqa chokning ichkarisiga qadaladi. Shu tarzda o’ng tomon xalqasi hosil qilinadi. Ilma choklari odatda bosma choki bilan tikilgan kashtalarni hoshiyalashda ishlatiladi. Ilma choki, Farg’ona vodiysida ko’proq tarqalgan.



    Ilmoq choki – tikilish usuli nina bilan tikiladigan yo’rma chokiga yaqin, bunda ham yuqoridan pastga tomon tikiladi, nina yonma – yon ikki qatorda sanchilishi bilan yo’rma chokidan farqlanadi.

    Iroqi choki – ikki xil bo’lib, kashta butun va yarim xochlar tizmasidan tashkil topadi. Chokning ikkinchi turi mavjud, ular terma iroqi va iroqi deb yuritiladi.

    Terma iroqi bir – biri bilan ko’ndalang kesishadigan qiya chiziqchalardan iborat bo’lib kashtado’zlar odatda bu chokka pastdan yuqoriga qarata tikadilar. Iroqining boshqa turida esa mato ustiga ip to’shalib, u mayda choklar bilan bir tekisda kesib chiqiladi, keyin uning yoniga yana ip to’shalib, shu tarzda kesib, tikib chiqiladi. Bu chok qadimdan Qashqadaryoda rivoj topgan.



    Bosma chok – tik yoki yotiq to’shalgan ip ustidan kesib tikib chiqiladi, matoga sirtqi sidirg’a qoplanadi, o’ng tomondan chapga, so’ng chapdan o’ngga, yana o’ngdan chapga va shu tarzda ip to’shalib ustidan bostirib chiqilaveradi.

    Kanda xayol – chokida ip to’shama yoki yotiq bo’ladi. Bu chokning ham 2 xili mavjud. Bir xilida to’shama ip ustidan chatiladigan chok qiyalatib ustma-ust to’shadi, kashta tayyor bo’lganda novdadan to’kilgan savatga o’xshab ko’rinadi.

    Ikkinchi xilida kashtado’z birinchi qatorni oldingi kashta xili tarzida tikib chiqqach, ikkinchi qatorni tikayotganda oldingi qator ostki qismidan o’tkazib tikiladi, shunday qilib, choklar to’shama ip ustiga dioganal yo’nalishdagi ilon izli chiziqlar hosil qilib tushadi.



    Chinda xayol – (duro’ya) choki nina qadalib bir me’yorda tikib chiqiladi, keyin teskari o’girib tikib chiqiladi, shu tarzda matoning oldi – orqasida bir xildagi gul hosil qilinadi. Bu chok bilan ikki tomoni ham ko’zga tashlanadigan buyumlar, ya’ni sochiq, ro’mol va boshqalarni bezashda ishlatiladi.



    Download 4.7 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




    Download 4.7 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Badiiy grafika fakulteti

    Download 4.7 Mb.