Begliyev dilshod




Download 1.57 Mb.
bet1/30
Sana17.02.2023
Hajmi1.57 Mb.
#42622
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
7-8-9-10-11 sinflarga mavzulashtirilgan testlar
6-ona-tili-2-chorak, 3-mavzu, 905, 3- mavzu..., 8-amaliy mashg\'ulot, 3-синтез серных свяжущих на основе местного сырья, десертатсия, 3 laboratoriya Jadvala redaktorlardan iqtisodiy masalalarni yechish (2), 6-laboratoriya (3), 14-Amaliy mashgulot, ADSORBSIYA, eyuf ariza namuna, falsafa2, Donayeva Bibisoira, 1234

Umumiy kimyo test BEGLIYEV DILSHOD

1. KIMYONING ASOSIY TUSHUNCHALARI.


1. Allatropiya hodisasi kuzatilmaydigan moddani ko’rsating.
A) kislorod *B) xlor C) oltingugurt D) fosfor


2. Qaysi moddalarda allatropiya hodisasi mavjud? 1) uglerod; 2) azot; 3) qalay; 4) yod; 5) xlor;
A) 1,2 *B) 1,3 C) 1,4 D) 3,5


3. Qaysi moddalarda allatropiya hodisasi kuzatilmaydi? 1) brom; 2) kislorod; 3) uglerod; 4) qalay; 5) ftor; 6) fosfor
A) 1,3 B) 2,4 C) 3,4 *D) 1,5


4. Allatropiya hodisasining mohiyati nima?
1) Atom yadrosidagi neytronlar sonining turlicha bo’lishi. 2) Molekuladagi atomlar sonining turlicha bo’lishi. 3) Kristal tuzilishining turlicha bo’lishi. 4) Molekula-dagi kimyoviy bog’larning turlicha bo’lishi 5) Moddaning turli agregat holatlarda bo’lishi
A) 1,2 *B) 2,3 C) 3,4 D) 4,5


5. Allatropik shakl o’zgarishlari mavjud elementlar qatorini ko’rsating.
A) kislorod, vodorod, xlor
*B) kislorod, fosfor, oltingugurt
C) xlor, azot, fosfor D) ftor, kaliy, kislorod


6. Qaysi qatordagi elementlar allatropik shakllarga ega?
A) kislorod, azot, uglerod
B) fosfor, kislorod, brom
C) kislorod, fosfor, xlor
*D) kislorod, uglerod, fosfor


7. Allatropiya deb nimaga aytiladi?
*A) ayni bir element bir necha oddiy modda hosil qiladigan hodisalarga aytiladi
B) tarkibi, miqdori bir xil bo’lgan, lekin tuzilishi bilan farq qiladigan moddalarga aytiladi
C) tarkibi, miqdori bir xil bo’lgan, lekin tuzilishi va kimyoviy xossalari bilan farq qiladigan moddalarga aytiladi
D) elementi bir atomdan iborat bo’lgan moddaga aytiladi.


8. Qaysi moddaning molekulyar massasi eng katta?
A) karbonat angidirid B) sulfat kislota
C) ichimlik soda *D) malaxit


9. Quyidagi ta’riflardan qaysilari to’g’ri?
1) atomlarning turlari elementlarnikidan ko’p; 2) elementlarning turlari atomlarnidan ko’p; 3) elementlarga massa, zichlik, qaynash va suyuqlanish temperaturalari xos;
4) atom to’plamlariga massa, zichlik, qaynash va suyuqlanish temperaturalari xos.
A) 1,2 B) 1,3 *C) 1,4 D) 2,4
10. Modda molekulasining massasi kg bo’lsa, uning nisbiy molekulyar massasi qanchaga teng bo’ladi .
*A) 34 B) 36 C) 38 D) 32


11. Quyidagilarning qaysi birida element valentligi to’g’ri ta’riflangan? Valentlik . . .
A) ayni element atomi bilan birikadigan vodorod atomlari soni orqali aniqlanadi
B) element joylashgan guruhining tartib raqami bilan aniqlanadi
C) atomning tashqi elektron pog’onasidagi toq elektronlar soni orqali aniqlanadi
*D) kimyoviy element atomlarining muayyan sondagi boshqa kimyoviy element atomlarini biriktirib olish xossasi


12. Element bu . . .
A) moddaning oddiy zarrachasi
B) moddaning bo’linmas darajasi
C) moddaning mayda zarrachasi
*D) yadro zaryadlari bir xil bo’lgan atomlar turkumi


13. Alyuminiy xloridda qancha element bo’lsa qaysi birikmada shuncha element bor?
A) H2SO4 *B) H2S C) O3 D) Cl2


14. Peryodat kislotasida yodning valentligi qanday?
A) 0 B) 1 C) 3 *D) 7


15. Oddiy moddalar qatorini ko’rsating.
A) Al2O3, HCl, KCl, NH4OH
B) HCl, HF, HNO3, HCO3
*C) P4, S8, O2, O3 D) PH3, H2O, H2S, NaH


16. Quyidagi jarayonlarning qaysilari kimyoviy jarayon? 1. metanning yonishi; 2. alyuminiy simining chuzilishi; 3. muzning erib suyuq holga o’tishi; 4. temirning zanglashi; 5. suvning ug’lanishi.
A) 1,2 B) 3,4 C) 3,5 *D) 1,4


17. Quyidagi oksidlarning qaysi birida elementlarning massa nisbatlari 1:1,5 bo’ladi?
A) H2O B) Li2O *C) SO3 D) N2O5


18. Qaysi qator faqat valentligi o’zgaruvchan elementlardan iborat?
A) K, C, S, N, P, Fe B) Cu, Ba, N, Cl, Br, Cr
*C) C, Cr, Cu, P, S D) Ca, Cu, C, H, F, O


19. Quyidagi ta’riflar orasidan qaysilari
kimyoviy element tushunchasini to’g’ri
talqin etadi? 1) atomlarning muayyan ko’rinishi.
2) yadro zaryadlari bir xil bo’lgan atomlar turkumi
3) atom massalari bir xil bo’lgan atomlar turkumi
4) tartib raqamlari bir xil bo’lgan atomlar turkumi
A) 1,3 B) 2,3 C) 1,4 *D) 2,4


20. Qaysi elementlar allatropik shakllarga ega emas?
A) H, O, N B) O, C, P
C) S, P, O *D) F, Cl, Br


21. Quyidagi alomatlarning qaysilari moddaga
taaluqli? 1. fosfor uch xil allatropik shakllarga ega 2. fosfor to’rt atomdan tashkil topgan tetraedr shaklini hosil qiladi 3. fosfor III davrning V guruhida joylashgan 4. fosfor bug’ining zichligi havoga nisbatan 4,28 ga teng.
A) 1,2,3 *B) 1,2,4 C) 1,3,4 D) 2,3,4


22. Quyidagi zarrachalarning qaysi birida uglerod atomining valentligi 3 ga teng.
A) HCOOH *B) CO C) SCO D) HCN


23. Allatropik shaklga ega moddalar qatorini ko’rsating.
*A) fosfor, oltingugurt, uglerod
B) fosfor,kislorod, vodorod
C) uglerod, oltingugurt, natriy
D) kislorod, germaniy, fosfor


24. Quyidagi alomatlarning qaysilari elementga taalluqli ? 1) kislorod havoga nisbatan og’irroq;
2) kislorodning molekulasida ikkita atom bor;
3) kislorodning tarkibi massalari 16,17 va 18 m.a.b ga teng bo’lgan izotoplardan tashkil topgan; 4) kislorod II davrning VI guruhida joylashgan.
A) 1,2 B) 1,3 C) 1,4 *D) 3,4

25. Quyidagilarning qaysilari fizik hodisa?


1) Mis idishning havoda qorayishi; 2) Suvning muzlashi; 3) Kislotaga asos ta’sir ettirish; 4) Qumni sement bilan aralashtirish; 5) Havoni sovutib kislorod olish; 6) Metallning havoda oksidlanishi.
A) 1,2,3 B) 4,5,6 *C) 2,4,5 D) 1,3,6


26. Oddiy moddalar qatorini ko’rsating;
1) Cl2, Cl2O3, HCl, KCl 2) O3, Cl2, P4, S6 3) H2O, O2, Na2O, NO 4) N2 , NH3, NO2, N2O 5) Cr, CrO, Cr2O3, CrO3
A) 3 B) 4 C) 1 *D) 2


27. Quyidagilarning qaysilari kimyoviy hodisa? 1) qog’ozning yonishi; 2) mis simning qizdirilganda qorayishi; 3) suvning muzlashi; 4) temirning magnitga tortilishi; 5) yog’ning benzinda erishi; 6) sutning achishi.
A) 3,4 va 6 B) 2,5 va 6 *C) 1,2 va 6 D) 2, 3


28. Qaysi hollarda kislorod oddiy modda holida ifodalangan? 1) havo tarkibiga kiradi; 2) oksidlar tarkibiga kiradi; 3) yonish reaksiyasida qatnashadi; 4) ozon hosil qiladi; 5) kislorodli kislotalar tarkibiga kiradi.
A) 1,2,3 *B) 1,3,4 C) 2,3,4 D) 3,4,5

29. Quyidagi qatorlardan qaysi biri oddiy moddalardan tuzilgan?


A) mis, oksid, azot, suv
B) kislorod, vodorod, temir xlorid
C) fosfor oksid, vodorod xlorid, oltingugurt
*D) vodorod, qaldiroq gaz, natriy


30. Allatropik shakl o’zgarishni namoyon qiladigan elementlar qatorini ko’rsating.
A) kislorod, azot, brom, simob
*B) fosfor, qalay, selen, tellur
C) oltingugurt, ftor, yod, rux
D) oltingugurt, uglerod, vismut, litiy


31. Quyidagi moddalar to’pidan qaysinisi allatropik shakllarga xos?
A) suv, bug’, muz B) suv, tuman, shudring
C) vodorod, xlor, kislorod
*D) uglerod, karbin, grafit

32. Osh tuzining suvdagi eritmasida qanday elementlar mavjud?


A) natriy xlor B) kislorod, natriy, xlor
C) xlor, vodorod, kislorod
*D) natriy, xlor, vodorod, kislorod


33. Kimyoviy hodisalarga kirmaydigan jarayonni ko’rsating.
A) uzum sharbatining bijg’ishi
B) benzinning yonishi
*C) yog’ning sovuqda qotishi
D) ohakning sundirilishi


34. Allatropik shakl o’zgarishlariga ega bo’lmagan moddalarni aniqlang.
A) uglerod B) fosfor C) oltingugurt *D) xlor


35. Faqat kimyoviy elementlar keltirilgan qatorni aniqlang.
A) olmos, ozon, grafit, uglerod
B) ozon, kislorod, olmos, vodorod
C) azot, azon, vodorod, kislorod
*D) uglerod, kislorod, vodorod, azot


36. Kimyoviy toza bo’lgan moddani aniqlang.
A) benzin B) generator gazi
C) havo *D) olmos


37. Quyidagi hukmlarning qaysilarida kislorod molekulasi haqida gap boradi. 1) suvda kislorod mavjud 2) baliq suvdagi kislorod bilan nafas oladi 3) kislorod ko’pdan minerallar tarkibiga kiradi 4) ko’pchilik moddalar kislorodda yonadi 5) kislorod ikkita atomdan iborat
A) 1,2,3 B) 2,3,4 *C) 2,4,5 D) 3,4,5

38. Quyidagi hodisalarning qaysi guruhi kimyoviy jarayonga taalluqli?


A) suvning qaynashi, simob oksidining parchalanishi
B) suvning muzlashi, qurg’oshinning suyuqlanishi
*C) temirning xlorlanishi, kalsiy karbanatning parchalanishi
D) kislotadan vodorodning siqib chiqarilishi, yodning sublimatlanishi


39. Allatropik shakl ko’rinishlarning hosil bo’lish sabablarini ko’rsating. 1. molekuladagi atomlar sonining har xil bo’lishi 2. oddiy modda molekulasida atomlar sonining turlicha bo’lishi 3. element atomlarining turli kristall shakllarini hosil qilish 4. element atomlarining turli amorf shakllarini hosil qilish 5. bir xil sifat va miqdor tarkibiga ega bo’lgan moddalarning turli tuzilishga ega bo’lishi
A) 1,3,4 *B) 2,3,4 C) 2,3,5 D) 1,2,3

Download 1.57 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Download 1.57 Mb.