Bellashuv uz Fizika 2-variant Физика




Download 168.35 Kb.
bet2/4
Sana03.04.2021
Hajmi168.35 Kb.
1   2   3   4
9-sinf fizika 1-variant
1. Avtomobil yo’lning birinchi yarmini 20 m/s tezlik bilan, ikkinchi yarmini 30 m/s tezlik bilan o’tdi. Avtomobilning butun yo’ldagi o’rtacha tezligini toping.

A) 25 B) 27 C) 24 D) 22

2. Arqon tortish musobaqasida to’rt kishi ishtirok etmoqda. Ulardan ikkitasi arqonni 200 N va 250 N kuch bilan o’ng tomonga, qolgan ikkitasi 50 N va 350 N kuch bilan chap tomonga tortmoqda. Teng ta’sir etuvchi kuch nimaga teng? Arqon qaysi tomonga harakatlanadi?

A) 850 N, chapga B) 450 N, o’ngga C) 400 N o’ngga D) 50 N, o’ngga

3. Massasi 10 kg bo’lgan taxta uzunligining ¼ qismiga teng masofada tayansh tirab qo’yilgan. Taxtani muvozanatda tutib turish uchun uning kalta uchiga taxtaga perpendikulyar bo’lgan qanday kuch qo’yish lozim (N)?

A) 100 B) 200 C) 50 D) 300

4. Kub shaklidagi idish suvga to’ldirilgan. Undagi suvning massasi 64 g bo’lsa, suvning idish tubiga bosimi qanday (Pa) bo’ladi?

A) 100 B) 200 C) 400 D) 300

5 Massasi 200 kg bo’lib, 1 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan qayiqdan massasi 50 kg bo’lgan bola gorizontal yo’nalishda 7 m/s tezlik bilan sakradi. Bola qayiqning uchidan harakat yo’nalishi bo’yicha sakrasa qayiqning tezligi moduli qanday bo’ladi ?

A) 0,5 m/s B) 1 m/s B) 0,25 m/s D) 0,05 m/s

6. Hajmi 4 sm3, qo’rg’oshindan yasalgan g’ovak shar suv ichida suzib yurishi uchun uning massasi qancha bo’lishi lozim?

A) 2 g B) 5 g C) 4 g D) 3g

7. Agar 14 m balandlikdan yuqoriga vertikal otilgan 400 g massasli jismning boshglang’ich kinetik energiyasi 40 J bo’lsa, u yer sirtidan qanday balandlikka ko’tariladi?

A) 24 m B) 16 m C) 32 m D) 20 m

8. Suvli stakanda ichida muzlagan tosh bor muz parchasi suzib yuribdi. Muz erigandan keyin stakandagi suvning sathi qanday o’zgaradi?

A) ortadi B) pasayadi C) o’zgarmaydi D) oldin ortadi keyin kamayadi.

9. Absolyut temperatura to’rt marta oshganda ideal gaz molekulalarining o’rtacha kvadratik tezligi necha marta ortadi?

A) 2 B) 4 C) D) 16

10. Jezning tarkibida 63% mis va 37% rux bor. Jezning zichligi (g/sm3) topilsin. Misning zichligi 8,9g /sm3, ruxning zichligi 7,1 g /sm3

A) 5,2 B) 3 C) 8,1 D) 7

11. Gazni ideal deb hisoblash uchun undagi qanday effektlarni nazarga olmaslik kerak?

A) masofada molekulalarning o’zaro ta’sirini B)to’qnashishda molekulalarning elastik o’zaro ta’sirini C) molekulalarning to’qnashishini D) molekula massasini

12. Asos yuzi 10 sm2 bo’lgan silindrik idishga 200 ml suv quyilgan. Suv idish devorining idish tubidan 15 sm masofadagi nuqtasiga qanday bosim (Pa) ko’rsatadi?

A) 500 B) 1000 C) 1500 D) 2000

13. Nuqtaviy zaryadning potensiali 3 marta kamayadigan masofada elektr maydon kuchlanganligi qanday o’zgaradi?

A) 3 marta kamayadi B) 9 marta ortadi C) 9 marta kamayadi D) 3 marta ortadi.

14. Agar richagning birinchi yelkasi ikkinchi yelkasidan 45% ga uzun bo’lsa, richag muvozanatda bo’lishi uchun yelkalarga qo’yilgan kuchlar qanday munosobatda bo’lishi kerak?

A) F1=0,45F2 B) F2=1,45F1 C) F1=F2 D) F1=0,55F2

15. Baland silindrsimon idishga issiq suv quyilgan. Suv soviganda uning idish tubiga bosimi qanday o’zgaradi?

A) o’zgarmaydi B) aniqlab bo’lmaydi C) ortadi D) kamayadi

16. Idishdagi suvda yarmi suvga botgan holda shar suzmoqda. Agar bu idish og’irlik kuchi yerdagidan 2 marta katta bo’lgan sayyoraga ko’chirilsa, sharning suvga cho’kkan qismining hajmi qanday o’zgaradi?

A) 1,2 marta kamayadi B) o’zgarmaydi C) 2 marta ortadi D) 2 marta kamayadi

17. Bir-biridan 3 sm masofada turgan har biri 10 nC dan bo’lgan ikki zaryad qanday kuch bilan o’zaro ta’sirlashadi?

A) 2 mN B) 1 mN C) 0,5 mN D) 3 mN

18. Ichi kovak mis shar suvga to’la botgan holda suzib yuribdi. Havo bo’shlig’i-ning hajmi 10 sm3. Sahrning massasi necha gram? Misning zichligi -8900 kg/m3.

___________________________________________________

19. Chuqurligi 5 m bo’lgan ko’l tubidagi bosim qanday(Pa)?Atmosfera bosimi 100 kPa ga teng.

_____________________________________________________

20. Sig’imi 1,4 l bo’lgan shisha kolbaning massasi 250 g. Kolba suvda cho’kishi uchun unga qanday eng kichik massali (kg) yuk joylash kerak? Shishaning zichligi 2500 kg/m3 ga teng.

______________________________________________________

21. Yopiq idishda suv sirtida shar suzmoqda. Agar idishga havo damlab, uning bosimi 2 marta ortirilsa, sharning suvga botish chuqurligi qanday o’zgaradi?

________________________________________________________

22. Tutash idishlarning tirsaklari bir xil naylardan iborat. Idish qisman suv bilan to’ldirilgan. Agar o’ng tirsakka 30 sm balandlikka kerosin (zichligi 800 kg/m3) quyilsa, chap tirsakdagi suv sathi qanchaga (sm) ko’tariladi?

_______________________________________________________

23. Suvda hajmi 450 sm3 bo’lgan vaznsiz shar hajmi 300 sm3 bo’lgan yukni tekis ko’tarib chiqmoqda. Yukning massasi (g) aniqlang.

_______________________________________________________

24. Massasi 14,7 kg bo’lgan jismning og’irligi suvga botirilganda 134 N ga teng bo’ldi. Jismning zichligini toping (g/sm3).

____________________________________________________

25. Avtomobil 54 km/h tezlik bilan shamolga qarshi harakatlanmoqda. Shamolning tezligi 5 m/s ga teng. Avtomobilning shamolga nisbatan tezligi qanday (m/s)?

____________________________________________________





Download 168.35 Kb.
1   2   3   4




Download 168.35 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bellashuv uz Fizika 2-variant Физика

Download 168.35 Kb.