|
Benzinlarning kimyoviy tarkibi detonatsiya sodir bo‘lishiga tasiri
|
Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 163,09 Kb. | | #232712 |
Bog'liq Benzin haqida malumot
BENZINLARNING KIMYOVIY TARKIBI DETONATSIYA SODIR BO‘LISHIGA TASIRI
Qishki va yozgi bo’lishi mumkin
Asosiy markalari
Normal-80
regular-92
Premium-95
Super-98
«АИ» avtomobil benzini degan ma’noni bildiradi
80, 92, 95, 98 sonlari tekshirishda olingan oktan sonlarini bildiradi
Benzin sifatini oshirish usullari
Benzin tarkibidagi oltingugurt miqdorini 0.05 % gacha pasaytirib
Benzin tarkibidagi aromatik uglevodorodlarni 45 % gacha kamaytirish
Qo’rg’oshin materialini ishlatmaslik va dvigatelni ishlashiga xalaqit qiluvchi moddalardan foydalanmaslik
Benzinlarning detonatsiyaga turg‘unlik darajasi oktan soni bilan ifodalanadi. Benzinning dvigatel quvvatiga va yonilg‘ining sarf miqdoriga ta’sir qiluvchi xossalaridan yana biri uning oktan soni bo‘lib, oktan soni – yonilg‘ining detonatsiyaga turg‘unligi (bardoshligi)ni bildiradi. Dvigatelning detonatsiyali ishlashiga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuning uchun detonatsiyani kelib chiqish sabablarini va uni kamaytirish yo‘llarini bilishimiz kerak. Detonatsion yonishning asosiy sabablaridan bittasi – yonilg‘i tarkibidagi uglevodorodlarning oksidlanishi natijasida organik perekis birikmalarning, yonish jarayonining oxiriga borib ko‘p hosil bo‘lishi va ularning parchalanishi natijasida ko‘p issiqlik ajralishi va silindr ichida bosim va harorat ko‘tarilib ketiishidir.
Hozirgi zamon avtomobillari dvigatellarida ishlatiladigan va oktan soni katta bo‘lgan benzinlar kreking va katalitik reforming yo‘li bilan olingan benzinlarga oktan soni katta bo‘lgan qo‘shimchalarni va etilli suyuqlikni aralashtirib olinadi. Hozirgi kunda antidetonatorlar sifatida qo‘rg‘oshin asosida, efirlar asosida, marganesli birikmalar asosida va temir moddasi asosida ishlab chiqarilgan birikmalar ishlatilmoqda. Benzinga tetraetilqo‘rg‘oshin o‘rniga izopentan va alkilbenzin (tabiiy gazdan olinadi) qo‘shgan ma’qul, lekin izopentan 28°C da qaynay boshlaydi, shu sababli uning benzindagi miqdori 15–20% dan oshirilmaydi. Alkilbenzin qaynash harorati jihatidan avtomobil benzinlariga yaqin bo‘lganligidan uning miqdorini cheklamasa ham bo‘lardi, biroq u ancha qimmat turadi.
Benzinlar detonatsion xossalariga ko‘ra markalarga ajratiladi. Avtomobil benzinlarining markasida motor usulida aniqlangan oktan soni (A-95) yoki tekshirish yo‘li bilan aniqlangan oktan soni (Ai-80, Ai-93, Ai-98) ko‘rsatilgan bo‘ladi. Aviatsiya benzinlarining markasi kasr son bilan ko‘rsatiladi, kasrning suratida motor usulida aniqlangan oktan soni, maxrajida esa navi ko‘rsatilgan bo‘ladi (B91/115, B-95/130, B-100/130). Dvigatelning siqish darajasi qanchalik yuqori va silindrning ish hajmi qanchalik katta bo‘lsa, unda ishlatiladigan benzinning oktan soni shuncha katta bo‘lishi zarur, siqish darajasining 0,2–0,25 xissa ortishi oktan sonining bitta birlikka oshirilishini talab qiladi. Dvigatellarning siqish darajasiga oktan soni mos bo‘lmagan benzin ishlatish detonatsion yonishni keltirib chiqaradi. Shuning uchun har bir dvigatelning siqish darajasiga mos oktan sonli benzin tanlanadi.
|
| |