Beysik dasturlash tili kompyuterlarda eng ommaviylashgan dasturlash tili




Download 21.32 Kb.
bet1/5
Sana10.04.2017
Hajmi21.32 Kb.
#3731
  1   2   3   4   5


BEYSIK DASTURLASH TILI KOMPYUTERLARDA ENG OMMAVIYLASHGAN DASTURLASH TILI
Beysik dasturlash tili kompyuterlarda eng ommaviylashgan dasturlash tillaridan biridir. Bu tilning keng ommaviylashuviga sabab uning soddaligi, bu tilni hamma kompyuterlarga joriy etishga qulayligi, inson bilan mashina o’rtasida dialog o’rnatishga yo’naltirilganligidadir. Bu til universal tildir. Uning yordamida ilmiy hamda iqtisodiy xarakterga ega bo’lgan masalalarni dasturlash, o’rgatuvchi va o’yin o’ynovchi dasturlarni tuzish mumkin.

Beysik tili yuqorida aytib o’tilgan soddaligi, o’rganish osonligi va eng muhimi u injener texnik masalalar uchun muljal¬langan bo’lib hozir keng qo’llaniladigan Fortran va Paskal til¬larga yaqinligi bilan ham alohida o’rin tutadi. Hozirda EHMda tadbiqi jihatidan ommaviylashgan va eng ko’p ishlatiladigan til¬lardan biriga aylangandir.

Har qanday algoritmik tilning alfaviti bo’lgani kabi Beysik tili ham o’z alfavitiga egadir. Uning alfaviti quyidagilardan iborat.

1. 26 ta lotin bosh harflari:

A,B,C,D,E,F,G,W,I,J,K,L,M,N,O,P,R,Q,S,T,V,W,X,Y,Z.

2. O’nta o’nli raqamlar: 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9.

3. To’rtta tinish 6elgilari: «.», «,», «;», «:».

4. Beshta arifmetik amal belgilar: (+), (-), (*), (/), (^).

5. Oltita munosabat belgilari: (=), (< >), (<), (>), (< =), (>=).

6. Maxsus belgilar (,), (_), (%), ($), (?), (!), (^), (\), (“).

7. Maxsus so’zlar - operator, funktsiyalar va hakozolar.

Kirill harflari asosan ma’lumotlarni chiqarishda ishlatiladi. Beysik tilida 3 xil haqiqiy, butun va satr tipidagi (belgilardan iborat) o’zgarmaslar ishlatiladi. Haqiqiy o’zgarmaslar kasr hamda butun, bitta yoki bir nechta o’nli raqamlardan iborat bo’ladi. Bunda butun qism bilan kasr qismini ajratish uchun vergul o’rniga nuqta ishlatiladi. Butun o’zgarmaslar - bu o’nli raqamlar ketma-ketligi bo’lib, (%) -protsent belgisi bilan tugaydi. Satriy o’zgarmaslar (literal) - bu harf va raqamlar yoki maxsus belgilar majmuasidir. Satriy o’zgarmaslar har ikki tomonidan apostrof yoki ko’shtirnoq ichiga olib yoziladi. Masalan: "GURUX №32"; "MASALA №17"; "DASTUR" va hakozo.

2. Identifikator (nom) deb, harf yoki harf va raqamdan iborat bo’lgan uzunligi 8 belgidan oshmagan birikmaga aytiladi. o’zgaruvchi deb dasturni bajarilishi jarayonida o’z qiymatini o’zgartiruvchi kattalikka aytiladi. Beysikda 3 xil - haqiqiy, butun va satriy o’zgaruvchilar ishlatiladi. Haqiqiy o’zgaruvchilarning qiymati doimo haqiqiy sonlardan iborat bo’ladi. Bu o’zgaruvchilarning identifikatori sifatida - harf yoki harf va raqamdan iborat birikma ishlatiladi.

Masalan: A, Z, V1, XZ, K5, F, R2 va xakozo. Butun o’zgaruvchi¬larning identifikatori sifatida harf yoki bitta harf va bitta raqamdan keyin (%) belgisi qo’shib yozilgan birikma ishlatiladi.

Masalan: Z%, S%, A1%, X3%, V%, K5%, F%, R2%, K% va hakozo. Satriy o’zgarmaslarni qabul qiladigan o’zgaruvchilar satr tipidagi o’zgaruvchilar deyiladi. Satr tipidagi o’zgaruvchilarning identifikatori sifatida - harf yoki bitta harf va bitta raqamdan keyin dollar ($) belgisi yozilgan birikma ishlatiladi. Masalan: A2$, V$, S3$, K$, J$ va hakozo. Beysikda indeksli o’zgaruvchilar ham ishlatiladi. Odatda indeksli o’zgaruvchilar massiv elementlarini belgilash uchun ishlatiladi. Massiv deganda jadval kattaliklar tushuniladi. Beysikda indeksli o’zgaruvchilar ko’pi bilan 2 ta indeksga ega bo’lishi mumkin, ya’ni bir va ikki ulchovli massivlargina ishlati¬ladi. Indeksli o’zgaruvchilar- massiv identifikatori so’ngra dumaloq qavs ichida sonli yoki harfli indekslar ko’rsatilgan holda belgilanadi.

"Beysik" tilida programma tuzishda ko’p qo’llaniladigan funktsiyalari va operatorlariga izohlar

Kompyuter foydalanuvchi tomonidan quyilgan masalani aniq va tushunarli ko’rsatmalar berilgandagina bajara oladi. Bu ko’rsatmalar ma’lum bir ma’noni anglatuvchi so’zlardan iborat bo’lib, kompyuterga qanday operatsiyani bajarish lozimligini bildiradi va (bo’yruqlar) operatorlar deb ataladi. Bunday operatorlar ketma ketligi dastur hosil qiladi. Dasturda operatorlar satrlarga bo’lib yoziladilar, bir satrga bir yoki bir nechta operator yozish mumkin.

Kompyuter har bir dasturni satr raqamining o’sib borish tartibida bajaradi. Satr raqami boshqaruvini bir satrdan ikkinchi satrga o’zatish uchun ham kerak. Satrlar asosan 10 qadam bilan raqamlanadi, (10, 20, 30,...). Bu esa dasturni o’zgartirishlar kiritish mumkin bo’lganda oraliqdagi raqamlardan foydalanish imkoniyatlarini beradi. Turbobasic va Qbasic dasturlash tillarida qo’yish ham qo’ymasdan ham yozish mumkin. Biz endi beysik tilining ko’p qo’llaniladigan operatorlari bilan tanishamiz:





Download 21.32 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 21.32 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Beysik dasturlash tili kompyuterlarda eng ommaviylashgan dasturlash tili

Download 21.32 Kb.