|
Bir mavzuga oid rasmlar yordamida
|
Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 236,11 Kb. | | #120514 |
Bog'liq 2-sinf ona tili fanidan dars ishlanma 2-sinf uchun ona tili fanidan dars ishlanmasi Darsning maqsadlari: a) ta`limiy: bir mavzuga oid rasmlar yordamida hikoya tuzish va ma’lum tayyorgarlikdan so`ng uni yozish ko`nikmasini shakllantirish. Nutqiy, lingvistik, sotsiolingvistik, pragmatik kompetentsiyalar b) tarbiyaviy: so`zlarning ma`nosini anglas, ularda to`g`ri va chiroyli, xatosiz, talaffuz qilish tushunchasini hosil qilish; d) rivojlantiruvchi: mavzu asosida olgan bilimlarni mustaqil qo`llay bilish qobiliyatini shakillantirish va rivojlantirish. Dars uslubi: Ko`rgazmali, amaliy, aralash. Dars jihozlari: Ona tili, odobnoma kitoblari, , rasm va boshqotirmalar, magnit taxtasi, aql mashqlari, “Sehrli parda” didaktik o`yini, magnit tasmasi. Darsning borishi: I-BOSQICH: Darsni tashkil qilish jarayoni . Tashkiliy qismda O`quvchilar bilan salomlashib, davomat aniqlanadi. O`qituvchi: Aziz bolajonlar, bilimga tashna qalblar. Qani ayting-chi, hozirgi darsimiz qanday dars? O`quvchilar: Hozirgi darsimiz bizga ko`p bilim beruvchi ona tili darsidir. O`qituvchi: Ona tili darsida nimalarni O`rganasiz? O`quvchilar: Ona tilim, jonu dilim, O`rgatadi O`z tilim. Chiroyli va xatosiz, Yoz deydi ona tlim. II-BOSQICH: O‘tilgan va uyga berilgan mavzuni so‘rash, takrorlash jarayoni O`qituvchi: Keling, tabiat taqvimi haqida suhbat o`tgazaylik. Hozirgi faslimiz bahor fasli. bahor kunlari haqida nimalarni bilasiz? Bu haqdagi javoblar eshitiladi. O`quvchilar tabiat taqvimini mustaqil belgilaydi. “Aytilishida tushib qoladigan undoshlar” mavsusi bo`yicha suhbat o`tkaziladi. Uyga vazifa didaktik materiallar orqali so`rab baholanadi. Sinf 3 ta guruhga bo`linadi. Guruhlarga nom berilib, savol yozilgan bittadan bayroqcha rasmi tarqatiladi. D, T undoshlari haqida og`zaki savol-javob O`tkaziladi, kichik rebus to`ldiriladi. Quyidagi rebusda tushib qolgan tovushlarni o`rniga qo`ying: O`quvchilar quydagicha to`ldirishga harakat qiladi: X | U | R | S | A | N | D | F | A | R | Z | A | N | D | P | O | Y | T | A | X | T | O`tgan mavzu aql mashqlari orqali mustahkamlanadi. 1. Sigir buzoqdan...... (baland). 2. It otdan...... (past). 3. Achitib gapiruvchi shaxs...... (do`st). 4. O`zbekistonning poytaxti......(Toshkent). III-BOSQICH: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni. 277- mashq. Rasmlarga qarang. Har bir rasmda qanday ishlar tasvirlanganini ayting. O’quvchilar javobi tinglanadi. O’qituvchi hikoya tuzish jarayoni haqida tushuncha beradi. IV-BOSQICH: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni Rasm asosida har bir rasmga reja tuziladi. Og’zaki hikoya qilinadi. “ Ko’chat”. A) Rasmda kimlar tasvirlangan? B) Ular nima ish qilyapti? D) Bu qaysi fasl?
2-rasm boyicha topshiriq A) Kim ko’chatni ushlab turibdi? B) Kim suv olib kelayapdi? D) Nimaga ko’chatga suv quyiladi?
3-rasm boyicha topshiriq A) Nega ko’chat atrofi o’ralyapdi? B) Ko’chat qaysi faslda ekil O’quvchilar fikri umumlashtirilib daftarga reja asosida hikoya yoziladi. V-BOSQICH: Darsga yakun yasash, baholash .O`qituvchi: Aziz bolajonlar. Inson dunyoga kelar ekan u Vatan va ona bag`rida voyaga yetadi. Shuning uchun onani sevgandek Vatanimizni, Onatabiatni ham sevamiz.Ko’chat eksak tabiatga bo’lgan mehrimiz yanada ortadi.Vatanimizni yanada go’zal bo’lishiga hissa qo’shaylik. Dars yakunida guruhlarning ishtirokiga izoh berilib, faol o`quvchilar rag`batlantiriladi. VI-BOSQICH: Uyga vazifa berish 278-mash
|
| |