Bitiruv malakaviy ish




Download 260.83 Kb.
bet7/10
Sana21.03.2017
Hajmi260.83 Kb.
#695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Buxoro viloyatida turizm, mehmondorchilik va sog`lomlashtirish tashkilotlarining soni70




2011

2012

2013

Turizm va turoperatorlik tashkilotlari soni

13

17

14

Tunash uchun boshpanalar soni

59

74

70

Sanatoriy-kurort tashkilotlarining soni

6

5

3

Dam olishni tashkil etuvchi korxonalar soni

2

2

2

Buxoro viloyatida mazkur sohada olinadigan jami daromadning 58 %i Tunash uchun boshpanalarga to`g`ri keladi. Sohada olingan jami daromadlar hisobga olinganda, turistlarga suvenir sotishdan olingan daromad va turistlarga ko`rsatilgan qo`shimcha pulli xizmat ko`rsatish kabilardan olingan daromad - Boshqa daromadlar qatoriga kiritilgan. 1-rasm71


Buxoro viloyatida ushbu sohada foydalanilayotgan jami o`rinlarning 89 %i Mehmonxonalar va shu kabi tunash boshpanalarga to`g`ri keladi. Turizm va turoperatorlik tashkilotlari turistlarni joylashtirish uchun o`z o`rinlariga ega emas deb hisoblanadi.

Buxoro viloyatida turizm, mehmondorchilik va sog`lomlashtirish sohasida 2010, 2011 va 2012 yillarda xizmat ko`rsatilgan jami mijozlarning 61%i Tunash boshpanalariga to`g`ri kelsa, 32 %i Turizm va turoperatorlik tashkilotlariga to`g`ri keladi. 4,5 %i Sanatoriy va kurortlar hissasiga to`g`ri kelsa, 0,5%igina Dam olish xizmatlarini tashkil etish korxonalariga to`g`ri keladi. YA`ni, har bir turdagi tashkilotlarda xizmat ko`rsatilgan mijozlarning hissasi boshqa turdagi tashkilotlarda xizmat ko`rsatilgan mijozlarning hissasiga qaraganda bir necha barobar farq qiladi.

2-rasm72.
Buxoro viloyatida turizm, mehmondorchilik va sog`lomlashtirish sohasida foydalanilayotgan har bir o`ringa to`g`ri keluvchi mijozlarning soni nuqtai nazaridan etakchilik Tunash uchun boshpanalar egalladi. Chunki, Viloyatga keluvchi aksariyat turistlar mehmonxonalarda o`rtacha 3-4 kun yashab turadilar, sanatoriylarda esa mijozlar 1-2 haftalab yashaydilar. Dam olish uylarida mijozlar undan ham ko`proq vaqt yashab turishlari mumkin. Dam olish uylaridagi barcha xonalar bir vaqtning o`zida to`liq band bo`lmasligi paytida, bahor va kuz mavsumlarida mehmonxonalarda bo`sh o`rinlarning o`zi qolmaydi. Shunday bo`lsada, sanatoriy-kurort tashkilotlarida har bir o`rin bo`yicha xizmat ko`rsatilgan mijozlarning o`rtacha soni mehmonxona o`rinlarida xizmat ko`rsatilgan mijozlarning o`rtacha sonidan ko`p ham ortda qolmaydigan darajaga etib keldi. Bunga sanatoriyda keyingi yillarda amalga oshirilgan ta`mirlash ishlari tufayli o`rinlarning shinamlik darajasi yaxshilanishi asos yaratib berdi73.

O‘zbekiston ko‘plab tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolarga boy o‘lka. Mamlakatimizning turistik salohiyati yuqori bo‘lib, sohani rivojlantirish shaxsan Yurtboshimiz tashabbusi, qolaversa, sohada amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar natijasida tobora takomillashmoqda. Shu bois, hukumatimiz tomonidan turizm sohasiga mamlakatimiz iqtisodiyotining istiqbolli yo‘nalishlari sifatida alohida e’tibor berilmoqda. Dunyo tamaddunining beshiklaridan biri bo‘lgan Qadim Turon zamini, bu yerda shakllangan va bizga ajdodlardan bebaho meros bo‘lib qolgan madaniyat bugun dunyo sayyohlarining diqqatini tobora o‘ziga jalb qilmoqda. Yurtimizning ana shunday jozibador hududlaridan biri, shubhasiz, Qashqadaryo vohasi hisoblanadi.

Hududi 28,4 ming kavdrat kilometrdan iborat yoki mamlakat uumiy yer maydonining 6,23 foizini tashkil etadigan Zarafshon va Amudaryo oralig‘ida joylashgan, qadimgi janubiy So‘g‘d janubiy Turon deb nomlangan, dehqonchilik va chorvachilik uchun nihaytada qulay iqlim hamda suv sharoitiga, o‘ziga xos go‘zal tabiatiga ega bo‘lgan bu voha qadimdayoq dunyo ahlining e’tiborini o‘ziga tortib kelgan.

Qashqadaryo viloyati tabiati rang-barang, osmono‘par tog‘lari, jannatmakon bog‘lari, dala-yu dashtlari, qiru adirlari, eng muhimi, mehmondo‘st va tanti insonlari bilan mashhur voha. 2700 yildan ko‘proq tarixga ega qadimiy va hamisha navqiron Qarshi o‘tmishda «Ilm-adab qubbasi» deb nom olgan, buyuk jahongir Amir Temur kamol topgan Shahrisabz takrorlanmas tabiati bilan har bir kishida o‘zgacha taassurot qoldirgan va hozir ham ta’rifu tashbehda beqiyos, turfa hayvonot va nabotot olamiga boy Hisor qo‘riqxonasi, moziy izlari saqlanib qolgan Kitob «Geologik qo‘riqxonasi» joylashgan muqaddas zamin.

Yer shari harakatini muntazam kuzatib turadigan dunyoning beshta kenglik stansiyalaridan biri Ulug‘bek observatoriyasi joy olgan Kitob, ulkan energetika giganti Talimarjon issiqlik elektr stansiya qurilgan Nishon, Amudaryo suvini 132 metr balandlikka ko‘tarib dalalarga oqizuvchi noyob nasos stansiyalari, sero‘t yaylovlari bilan mashhur Mirishkor, mamlakatning neft-gaz o‘chog‘i Muborak, Yerqo‘rg‘onobidalarini bag‘rida asrab kelayotgan Koson, 20 ga yaqin xorijiy davlatlarga o‘z mahsulotlarini eksport qilayotgan Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi ishlab turgan G‘uzor, kishini o‘ziga maftun etuvchi, g‘aroyib qir-adirlari bisyor Qamashi, kulollari yasagan mahsulotlarining dong‘i chet ellarga tarqagan Kasbi... xullas, sanab adog‘iga yetmaysiz74.

Viloyatda 894 ta madaniy meros ob’yektlari, shundan 820 ta yodgorlik va 37 ta me’yoriy ansambl ro‘yxatga olingan bo‘lib, 216 tasi respublika va 678 tasi mahalliy ahamiyatga molik ob’yektlar hisoblanadi. XII – XVIII asrlarga oid tarixiy yodgorliklar, eramizdan oldingi IX – VIII asrlarda mavjud bo‘lgan «Yerqo‘rg‘on» shaharchasi qoldoqlari va sharq bozorlari kabi tarixiy hamda me’moriy obidalar mavjud bo‘lib, o‘tgan yillar davomida ularning aksariyati qayta ta’mirlandi va hozirgi kunda chet ellik va mahalliy sayyohlarga o‘zining jozibadorligi bilan xizmat ko‘rsatmoqda.

Misol uchun, birgina Qarshi shahrining o‘zida chet el va mahalliy sayyohlar e’tiboriga havola etilmayotgan 10 ga yaqin turistik ob’yekt mavjud. Jumladan, «Ko‘k Gumbaz» masjidi (XVI asr), «Odina» majmuasi (XIV asr), «Xo‘ja Jarroh» maqbarasi (XIV asr), «Sardoba» suv saqlash inshooti (XVI asr), Qashqadaryo ko‘prigi (XVI asr), o‘rta asrlarda hammomi (XVI asr), «Bekmir» madrasasi (XX asr), «Qilichbek» madrasasi (XX asr boshi), «Abdulaziz» madrasasi (XX asr boshi).

Qadimda Kesh nomi bilan yetti iqlimga mashhur bo‘lgan Shahrisabz shahridagi «Oq saroy» majmuasi (XIV asr), «Dorusaodat» va «Dorutilovat» majmualari (XIV asr), «Chubin» madrasasi (XVI asr), «Koba» kavonsaroyi (XV asr) va boshqa obidalardan ziyoratchilarning qadami uzilmaydi.

Bundan tashqari, sayyohlar Qarshi shahriga tashrif buyurar ekanlar shahar tashqarisida joylashgan, ob’yektlarni ham ko‘zdan kechirish istagini bildirashadi. Jumladan Kasbi tumanidagi «Sulton Mir Haydar» maqbarasi (XII asr), «Sardoba» suv saqlash inshooti (XVI asr), «Namozgoh» masjidi, G‘uzor tumanidagi «Tohir va Zuhra» majmuasi, Kitob tumanidagi «Hazrati Beshir», «Xo‘ja Imkon» maqbarasi, Koson tumanidagi «Hazrati Qusam ota» maqbarasi (X asr), «Yerqo‘rg‘on» shaharchasi qoldiqlari (eramizdan avvalgi IX asr) singari diqqatga sazovor joylarni mamnuniyat bilan tomosha qiladilar.

Mavjud bebaho boyliklarimiz viloyatda turizm sohasini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, viloyatimizga tashrif buyurayotgan mehmonlarni munosib kutib olish, ularning maroqli hordiq chiqarishlari, xalqimizning shonli o‘tmishi va bugungi taraqqiyoti bilan yaqindan tanishishlari uchun turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Natijada, ko‘rsatilayotgan turistik va mehmonxona xizmatlarining sifat ko‘rsatkichi mutassil o‘sib bormoqda. Masalan, bu ko‘rsatkich 2004-yilda 124,2 mln so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, 2010-yilga kelib 1,611 mln so‘mni tashkil etadi. 2012-yilda esa bu ko‘rsatkich 2,986 mln so‘mga yetdi.

Dastlabki ma’lumotlarga tayanadigan bo‘lsak, o‘tgan yili yanvar-noyabr oylarida sayohatchilarga pulli xizmat ko‘rsatishda xizmatlar hajmi 3,646 mln so‘mni tashkil qilgan. Bu vaqt mobaynida jami 33807 kishiga turistik xizmat ko‘rsatildi, ularning 1985 nafari chet ellik sayohatchilardir. Shuningdek, mahalliy aholi vakillari turistik xizmatlardan tobora ko‘proq bahramand bo‘layotganini ham qayd etish joiz. Xususan, 2013-yilning yanvar-noyabr oylarida 31819 nafar mahalliy aholiga sayyohlik va mehmonxona xizmatlari ko‘rsatildi. Umuman shu vaqt davomida xorijlik sayyohlarga 162,6 ming AQSH dollari miqdorida eksport xizmatlari ko‘rsatildi75.

Qisqacha aytganda, qadim Qashqadaryo vohasi ham mamlakatimix turizm salohiyatini dunyoga namoyon etishdek sharafli ishda o‘zining munosib va muhim o‘ringa ega. Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, viloyatda mazkur sohani rivojlantirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilishi tabiiy va maqsadga muvofiq. Zero, mazkur sohaning istiqboli yuksak ekani, turzimning taraqqiy etishi viloyat iqtisodiyotining yuksalishida, aholi farovonligi oshishida muhim ahamiyatga egaligini soha mutasaddilari chuqur anglaydilar.





Download 260.83 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 260.83 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bitiruv malakaviy ish

Download 260.83 Kb.