• Ish ko’rildi va himoyaga ruxsat Ilmiy rahbar_________ dots. Rasulov T.H.
  • Buxoro- 2016y. Mundarija.
  • II BOB. Asosiy qism.
  • Xotima……………………………………………………………………56
  • Bitiruv malakaviy ishi




    Download 0.87 Mb.
    bet1/31
    Sana02.06.2021
    Hajmi0.87 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31

    Fizika – matematika fakulteti
    Matematika” kafedrasi
    5130100 «Matematika» ta'lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr

    darajasini olish uchun


    Salohiddinova Mehriniso Umid qizi
    Giperkompleks sonlar”
    mavzusida

    BITIRUV MALAKAVIY ISHI

    Ish ko’rildi va himoyaga ruxsat Ilmiy rahbar_________ dots. Rasulov T.H.



    berildi” ”______”________________2016y.
    Kafedra mudiri:

    ________________ dots. Muhitdinov R.T. Taqrizchi: _________o’qit. Mamatov T.Yu.

    ”______”________________2016y. ”______”________________2016y.

    “Himoya qilishga ruxsat berildi”


    Fakultet dekani prof. Sh.M.Mirzayev

    «­­­­­_______»_____________2016 y



    Buxoro- 2016y.


    Mundarija.

    Kirish ………………………………………………………………………………3



    I BOB. Boshlang’ich tushunchalar

    I.1. Kompleks sonning ko’rinishlari……………………………………………….9

    I.2. Kompleks sonni darajaga ko’tarish va undan ildiz chiqarish…………………18

    I.3. Kompleks sonlarni geometrik tasvirlash ..........................................................22



    II BOB. Asosiy qism.

    II.1. Giperkompleks sonlar………………………………………………………28

    II.2. Oktavalar va ular ustida amallar……………………………………………31

    II.3. n o’lchamli vektorlar……………………………………………………….42

    Xotima……………………………………………………………………56

    Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………57



    KIRISH

    Odamlar adolat uchun jon beradi, adolat uchun kurashadi, adolat uchun o’zini ham ayamaydi. Hozirgi kunda O’zbekistonda ana shunday mardlar o’sib voyaga yetmoqda. Men bugungi yoshlarimizni ko’rsam, xayolimga shunday fikrlar keladiki, ey, sizlar boshqacha tarbiya olyapsizlar! Mutlaqo boshqacha!



    I.A.Karimov

    Bugungi kunda katta umid, orzu–maqsadlar bilan , vatanim taraqqiyotiga hissa qo’shaman, deb belini mahkam bog’lab maydonga chiqayotgan , azmu shijoatli yoshlarimizni har tomonlama qo’llab quvvatlash barchamizning nafaqat vazifamiz, balki burchimizga aylanishi kerak.

    Mustaqil fikirlaydigan, zamonaviy ilm–fan va kasb–hunarlarni puxta egallagan, o’z yurti, o’z xalqiga fidoyi, biz boshlagan ishlarni davom ettirishga qodir bo’lgan, har tomonlama sog’lom avlodni yengib bo’ladimi? Bugun biz o’z oldimizga qo’ygan yuksak maqsadlarga yetishda ana shu navqiron avlodimiz hal qiluvchi kuch bo’lib maydonga chiqayotgan barchamizga g’urur va iftixor bag’ishlaydi.

    Yana bir bor takidlayman, doimo o’rganish, izlanish, yangilikka intilib yashash kerak. Bugungi kunda qaysi davlat yuksak taraqqiyotga erishgan bo’lsa- bu Janubiy Koreya yoki Yaponiya bo’ladimi, Yevropa davlatlari bo’ladimi- bularning barchasidan o’rganishi kerak. Bu borada biz uchun hech qanday mafkuraviy cheklashlar yo’q. Biz uchun yagona mafkura – bu O’zbekistonning taraqqiyoti, O’zbekistonning ravnaqi, O’zbekistonning dunyoda hech kimdan kam bo’lmasligidir.

    Yurtimizda ta’lim sohasida o’quv muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. 2014 yilda

    hammasi bo’lib 540 dan ziyod ob’ekt, shu jumladan, 380 ta maktab, 160 dan ortiq kasb- hunar kolleji va akademik litsey tubdan yangilandi. Mazkur maqsadlar uchun qaryib 550 milliard so’m sarflandi. Ushbu mablag’ning 120 milliard so’mdan ortig’i ta’lim muassasalarini o’quv, labaratoriya va ishlab chiqarish uskunalari, kompyuter va mul’temedia vositalari bilan ta’minlash uchun ajratildi.

    2011-2016 yillarda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish dasturi doirasaida 19 ta oliy ta’lim muassasasida qurulish, rekonstruksiya qilish, kapital tamirlash va jihozlash bo’yicha qiymati 230 milliard so’mlik ishlar bajarildi. Andijon davlat universiteti, Buxoro muhandislik-texnalogiya instituti, O’zbekiston Milliy universitetida yangi o’quv binolari barpo etildi.

    2014 yilda bir qator yangi institut va fakultetlar, o’quv- ilmiy markazlar ochildi. Toshkent tibbiyot akademiyasining stomatalogiya fakulteti va hududlardagi tibbiyot oliy o’quv yurtlari negizida Andijon, Buxoro, Samarqand va Nukus shaharlarida filiallariga ega bo’lgan Toshkent davlat stomatalogiya instituti tashkil etildi.

    Ta’lim – tarbiya va tibbiyot muassasalarini yanada rivojlantirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va bugungi kun talablari asosida jihozlash darajasini oshirish, ijtimoiy infratuzulma ob’ektlarini jadal rivojlantirish, aholini sifatli ichimlik suvi va zamonaviy sanitariya tozalash tizimlari bilan taminlash biz uchun ustuvor yo’nalish hisoblanadi.

    Ushbu maqsadlar uchun 2015 yilda davlat buyjeti jami xarajatlarning qaryib 60 foizi yo’naltiriladi. Bu o’tgan yilga nisbatan 4 trillion 100 million so’m yoki 22,5 foiz ko’p demakdir. Jumladan, ta’lim va ilm-fan sohasini rivojlantirishga 34,3 foiz, sog’liqni saqlash tizimiga 14,2 foiz mablag’ sarflandi.

    Bugungi kunda O’zbekistonda 2 millionga yaqin farzandlarimiz, shu jumladan, 840 mingdan ortig’ qiz bolalar sportining 30 dan ziyod turi bilan muntazam shug’ullanmoqda.

    Nufuzli xalqaro musobaqalarda mamlakatimiz sportchilari erishayotgan g’alabalar tobora ko’payib bormoqda.

    Birovga yaxshilik qilgan odamga, albatta, yaxshilik qaytadi, o’ziga qaytmasa bolasiga, nabiralariga qaytadi. Bu fikr, bu g’oyani ayniqsa endi katta hayotga kirib kelayotgan yoshlarimiz unutmasdan, umr bo’yi bunga amal qilib yashasa, hech qachon kam bo’lmaydi.

    Men yoshlarimizga, mening bolalarimga qarata, o’rganishdan hech qachon chachamanglar, deb aytmoqchiman. O’rganish, intilish hech qachon ayb sanalmaydi. Nimanidir bilmasang, uni o’rganish zarur. Avvalambor, endi hayotga kirib kelayotgan yoshlarga nima lozim? O’rganish, o’rganish va yana bir bor o’rganish kerak. Kasb o’rgangan, ilm o’rgangan kishi, o’zbekona aytganda, hech qachon kam bo’lmaydi.

    Sizlarga ma’lumki, mustaqillik yillarida yurtimizda sog’lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish yo’lida amalga oshirish ulkan, tom ma’noda tarixiy ishlarimiz bugungi kunda mamlakatimizni jadal taraqqiy toptirish, boshqalar havas qilayotgan yuksak marralarga erishishda hal qiluvchi omilga aylanmoqda.

    Buxoro viloyatida kelgusi besh yilda 95 milliard so’m mablag’ hisobidan o’nlab yangi maktablar, litsey va kollejlarda, madaniyat va san’at, sport maskanlarida yangi qurulish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish belgilangani ana shu ezgu ishlarimiz davom etayotganining dalilidir. Shular qatorida Buxoro davlat universitetining o’quv binosini kapital rekonstruksiya qilish ishlari 2016 yilda yakunlanadi.

    Biz ta’lim-tarbiya sohasidagi keng ko’lamli islohotlarimizni, albatta, oxiriga yetkazishimiz, bunday ta’lim dargohlarini nafaqat qurush, ta’mirlash va jihozlash, balki farzandlarimizni zamon talablari asosida kamol toptirish uchun eng yuksak malakali o’qituvchi va domlalarni jalb etish, ularning bilim va tajribasini muntazam oshirib borishga eng muhim, g’oyat mas’uliyatli vazifa deb qarashimiz zarur.

    Hammamizga yaxshi ma’lumki, xalqaro munosabatlarda, bu olimpiya o’yinlari bo’ladimi, jahon chempionatlari bo’ladimi, bunday murosasiz bellashuvlarda shoxsupaga chiqish, medallarini qo’lga kiritish oson emas.

    Bugungi xorijiy hamkorlarimiz bizning yoshlarimizni ko’rib, ularga har tomonlama qoyil qolmoqda. Ular bizning yoshlarimiz bilan suhbatlashib, qani endi, o’z kasbini puxta egallagan, xorijiy tillarda bemalol gaplasha oladigan bunday yoshlarni boshqa mamlakatlarda ham ko’rsak va ular bilan ishlasak, deb orzu qiladi. Bir so’z bilan aytganda, ular O’zbekiston yoshlarining salohiyatini yuksak baholaydi.

    Bugungi kunda xorijiy hamkorlarimizning, “Sizlarning yoshlaringiz, bolalaringizning ko’zi yonib turadi” degan so’zlarini har qadamda eshitish qiyin emas.

    Albatta, yoshlarimizning nimalarga qodir ekanligini, qanday imkoniyatlarga ega ekani, hayotga qanday tayyor bo’layotgani, kerak bo’lsa, qanday bosqichlardan o’tayotganini men yaxshi bilaman. Mana endi turli davlatlarning mutaxassislari bilan, tengdoshlari bilan baxislashishga, bellashuvga tayyor bo’lgan yoshlarimiz dunyoni ko’ryapti. Endi ular boshqalardan o’rnak olib, kuchiga kuch qo’shilyapti. Endi ularni to’xtatadigan biron to’siq degan narsani topish qiyin. Faqatgina to’g’ri yo’lni ko’rsatsak , bolalarimiz bosadi. “Bosadi” deganim- yangi-yangi marralarni egallaydi, deganim.

    Avvalambor, bilimga intilish, ikkinchidan, hech tortinmasdan boshqalardan o’rganish kerak. Men bolalarimga aytmoqchiman: aziz farzandlarim, hech qachon o’qish- o’rganishdan, izlanishdan uyalmanglar. Odamzod bor ekan, umrining oxirigacha o’rganadi. Men hamma narsani bilaman, deb boshqalarni pisand qilmasdan yuragidan odamning hech qachon biri ikki bo’lmaydi.

    Men bolalarimizni shuning uchun ham yaxshi ko’ramanki, ularda g’o’dayish, osmonda parvoz qilish degan narsalar yo’q. Va xudodan so’rayman, bunday holatlar ularda bo’lmasin ham. Biz doim o’rganishga, tinchlikni qadrlab, tarixdan saboq chiqarib yashashga tayyor bo’lgan xalqimiz. Bugun biz ayni shunday yoshlarni, hammani hayratga qoldiradigan yosh avlodni tarbiyalaymiz.

    Eng muhumi, zamonaviy bilim va tafakkurga, sog’lom dunyoqarashga ega, rivojlangan davlatlardagi tengdoshlari bilan bellashishga tayyor bo’lgan, ko’zi yonib turadigan navqiron avlodimiz katta ishonch bilan hayotga dadil kirib

    kelayotgani barchamizni quvontiradi.

    Bu dunyoda har qaysi ota-ona, avvalambor, bolalarini o’stirish, voyaga yetkazish, uyli-joyli qilishdek ezgu niyatlar bilan yashaydi. Ayniqsa, o’zbek xalqining bolajonligi, o’z bolasini jonidan ham yaxshi ko’rishi, bu boradagi fidoyiligi har qanday tahsinga sazovordir.

    Bugungi kunda yurtimizda ertangi kunimizni o’z qo’limiz bilan quramiz, degan yoshlarni ko’rganimda, menda xuddi qanot paydo bo’lgandek bo’ladi. Biz bunyod etayotgan bu go’zal hayotni ertaga kimning qo’liga topshiramiz? Albatta, hech kimdan kam bo’lmaydigan yoshlarimiz, farzandlarimizning qo’liga! O’zbekistonda yangi avlod paydo bo’layotganini dunyo tan olyapti. Bunday avlod bilan ertaga, albatta, maqsadlarimizga yetamiz.

    Barchamiz bugun chuqur anglab oldik – faqatgina zamonaviy asosda ta’lim – tarbiya olgan, jahonning manaman degan mamlakatlaridagi tengdoshlari bilan bellasha oladigan, jismoniy va ma’naviy jihatdan barkamol yoshlar biz boshlagan ishlarni munosib davom ettirish va yangi bosqichga ko’tarishga qodir bo’ladi.

    Faqat o’z kuchi va salohiyatiga tayanib, o’zligini anglab, boshini baland ko’tarib yashaydigan xalqni dunyo ahli hurmat qiladi.

    Mening istagim bitta – yoshlarimizga, farzandlarimizga shuni yetkazsak bo’ldi. Mening armonim qolmaydi. Nega deganda, har qaysi millat, har qaysi xalq o’zidan bilimliroq, kuchli, qudratli va baxtli avlodni tarbiyalashga harakat qiladi. Bugungi kunda bolalarimiz shunday ruhda, shunday darajada tarbiyalaniyapti, shunday darajaga ko’tariliyapti.





    Download 0.87 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




    Download 0.87 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bitiruv malakaviy ishi

    Download 0.87 Mb.