• Mavzu: Mehnat fanidan amaliy mashg’ulotlarni o’tkazishning ba’zi bir masalalari Bajargan: - B. Qosibaeva Ilmiy rahbar: - dots. B. Ibragimov
  • Меҳнат фанидан амалий машғулотларни ўтказишнинг баьзи бир масалалари




    Download 2.73 Mb.
    bet1/26
    Sana04.04.2017
    Hajmi2.73 Mb.
    #2888
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26


    O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi
    Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
    Fizika – matematika fakulteti
    Mehnat ta’limi kafedrasi
    Mehnat ta’limi yo’nalishi


    BITIRUV MALAKAVIY ISHI
    Mavzu: Mehnat fanidan amaliy mashg’ulotlarni o’tkazishning ba’zi bir masalalari
    Bajargan: - B. Qosibaeva
    Ilmiy rahbar: - dots. B. Ibragimov
    Kafedra mudiri: - dots. B. Avezov
    NUKUS – 2013 yil
    Mehnat fanidan amaliy mashg’ulotlarni o’tkazishning ba’zi bir masalalari.
    Reja

    1. Kirish

    2. Mehnat fanidan amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish uslublari.

    3. Mehnat o’qishi jarayonida o’quvchilarni tarbiyalash

    4. Yangi mavzuni bayon qilish uslublari

    5. O’qituvchining mashqlarga tayyorlanish yo’llari

    6. O’quv ustaxonalarida dars o’tish sis mavzusi

    7. Asbob va uskunalarning tuzilishi bilan tanishtirish

    8. Asboblar tayorlashni shakllantirish

    9. Hayot faoliyati havfsizligi va favqulotda vaziyatlarida fuqoralarni muhofaza qilish

    Xulosa

    Foydalanilgan adabiyotlar



    Kirish

    O’zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishgandan so’ng ta’lim tizimini tubdan isloh qilish dolzarb muammolardan biri hisoblanib kelmoqda. Mamlakatimiz taraqqiyotining muhim sharti kadrlarni tayyorlash tizimining mukammal bo’lishi, zamonaviy iqtisod, fan madaniyat, texnika va texnologiyalar asosida rivojlanishi shart.

    «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» uzliksiz ta’lim va kadrlarni tayyorlash tizimlarini tubdan isloh qilishga qaratilgan.

    Milliy dasturni amalga oshirishda mavjud ta’lim va kadrlarni tayyorlash tizimlarni tubdan o’zgartirish zamonaviy ilmiy fikirlar yutuqlari va ijtimoiy tajribalarga, ta’lim jarayonini hamma shakli va turlarida ilgox- pedagogik ta’limlarga tayangan holda amalga oshiriladi.

    Ma’lumki, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida yoshlarning ongini yuksaltirishga e’tibor qaratilgan va ta’lim tizimining asosiy vazifalaridan biri deb belgilab berilgan. Ta’lim tizimining eng muhim vazifalaridan biri zamonaviy o’quv turlari asosida yuqori natijali o’qitish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash hisoblanadi. Eng asosiy dolzarb ko’rsatkichi shundan iboratki, o’quvchilarni mustaqil fikrga yo’naltirish va ularning ongsaviyasini zamonga mos holda tarbiyalashdan iborat.

    Shunday ekan, o’qituvchining o’zida ham dars mashg’ulotlarni olib borishda yuksak saviya va bilim talab qilinadi. Maktab ta’lim tizimi jarayonida talabaning erkin tafakkurini shakllantirish va ijtimoiy hayotga tayyorlash har bir pedagogning diqqat e’tiborida bo’lish kerak.

    Dars jarayonida jonli muloqotni tashkil qilish uchun zamonaviy o’qitish usullaridan foydalanish ta’lim mazmunida etakchi rol’ uynaydi. Ta’lim mazmuni asosida o’qituvchining tafakkuri, dunyo qarashi, atrof borlikka bo’lgan ongli munosabati mafkuraviy qarashlari tarkib topadi. E’tiborlisi shuki, o’qituvchi va o’quvchi jamoasida hamkorlik va ijodiy muhitni yaratishda zamonaviy metodlardan ta’lim zamiriga singdirishning o’rni beqiyos.

    «Zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonini har tamonlama mukammal loyihalashtirish, aniq maqsadlar qoyish va ularga kafolatlangan holda erishish, rejalashtirilgan natijalarni amalga oshirish imkonini beruvchi o’zviy bog’langan komponentlar yig’indisidir» Zamonaviy metodlar asosida dars o’tish bu o’quvchilarni zamonaviy ta’lim asosida intellektual shaxs sifatida tarbiyalash demakdir.

    Shunday qilib maktablarda o’quvchilarning davomati, o’zlashtirishlari, kasb-hunarlarni puxta o’rganishlarini ta’minlash maqsadida umum maktab miqiyosida, maktab o’quv ustaxonalarida qat’iy tartib-intizom o’rnatilishi shart. Aks holda ulug’ rus pedagogi S.Makarenko aytganidek: «intizomsiz maktab suvsiz tegirmon» bo’lib qoladi degan edi.

    Shu boyisdan o’quv ustaxonalarida olib boriladigan mehnat darslarida o’quvchilar quyidagi tartib- intizomga qat’iy rioya qilishlari kerak:

    - O’quvchilar mehnat darslariga muntazam ravishda, progulsiz, kechikmasdan qatnashishlari shart. Chunki o’quvchilar amaliy mashg’ulotlarni faqatgina o’quv ustaxonalaridagina bajarish imkoniga ega bo’ladilar. Bu ishlarni uyda bajarish imkoniyati ularda bo’lmaydi. Shuni e’tiborga olib ham mehnat darslarida amaliy mashg’ulotlar yuzasidan uyga vazifa berilmaydi.

    - Amaliy mashg’ulotlarni tanaffussiz o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Chunki tanaffus qisqa muddat davomida o’quvchilarning yovvoyi bo’lib qolishlariga, undan so’ng ularning ilgarigidek ishga kirishib ketishlariga salbiy ta’sir etadi. Shuning uchun mashg’ulotni tanaffussiz davom ettirib, tanaffus hisobiga mashg’ulotni bir oz ilgariroq tugatishga ruhsat etiladi.

    - Mashg’ulotdan so’ng har bir o’quvchi o’z ish o’rnini tozalab, asboblarni tartibga keltirib, ortiqcha materiallarni chala yoki tayyor ishlarni o’qituvchi yoki ishlab chiqarish masteriga topshirib, yuz-qo’llarini yuvib, joy-joylariga o’tiradilar.

    - O’qituvchi darsga yakun yasab, o’quvchilarning ishlarini baholab, kuzatish davomidagi qo’yilgan baholarni umumlashtirib, o’quv eshittiradi. So’ng o’quvchilarga javob beradi.

    Shunday qilib maktablarda mehnat ta’lim va tarbiyasi o’quv ustaxonalarida, agrobiologiya va tajriba uchastkalarida, o’quvchilar dalachilik brigadalarida olib boriladigan mashg’ulotlar davomida berib boriladi.

    Mehnat tarbiyasini to’g’ri yo’lga qo’yish, o’quvchilarda mehnat malakalarini hosil qilish, ularda mehnat madaniyatini shakllantirish, turli hil kasblarga havas uyg’otish, amaliy mashg’ulotlarning samarali o’tishi o’quv ustaxonalari barcha talablarga javob berarli darajada jihozlanishga ko’p jihatdan bog’lik bo’ladi. Shuni hisobga olib bu malakaviy ishda 10 ta rasm mavjud bo’lib talabalar uchun katta axamiyatga ega bo’lib tabiladi.





    Download 2.73 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




    Download 2.73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Меҳнат фанидан амалий машғулотларни ўтказишнинг баьзи бир масалалари

    Download 2.73 Mb.