|
Bitiruvchi talabalarni mutaxassiliklari bo’yicha ishga yo’naltirish, marketing
|
bet | 1/2 | Sana | 15.06.2022 | Hajmi | 36.7 Kb. | | #23770 |
Bog'liq Bitiruvchi talabalarni mutaxassiliklari bo’yicha ishga yo’naltirish, marketing. Ishlab chiqarish sohasidagi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik 1-amaliy mashg\'ulot(Asоsiy temоdinamik hоlat parametrlari), Elektromagnit tizimli asboblar, Adittiv va multiplikativ xatoliklar, Xorijiy mamlakatlarda texnik jihatdan taribga solish soxasidagi faoliyati, Amaliy ish, Sementbeton qoplamalari, Avtomobil yo`llari bo`ylab joylashtiriladigan damo olish maydonlarini loyihalash, Boshqaruv qarorlar qabul qilish usullari, Dissertatsiya mavzusi, Avtomobil yo‘llarini me’moriy-landshaft bezash va manzarali ko‘kalamzorlashtirish, МАЪРУЗАЛАР МАТНИ, 4-mavzu. Biznesda tashkiliy-farmoyish hujjatlar Reja, Binolarning energiya tejamkor muhandislik kommunikatsiyalari, 1-maruza
Bitiruvchi talabalarni mutaxassiliklari bo’yicha ishga yo’naltirish, marketing. Ishlab chiqarish sohasidagi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik
Reja:
Bitiruvchi talabalarni mutaxassiliklari bo’yicha ishga yo’naltirish, marketing
Ishlab chiqarish sohasidagi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik
. Ishga yo’naltirish va ishga joylashish tartibi
Ta’lim, fan va ishlab chiqarish — taraqqiyotning bir-biridan ajralmas tarkibiy qismlari bo’lib, ular o’rtasidagi innovatsion korporativ hamkorlik har tomonlama manfaatlidir.Oliy ta’lim muassasalaridagi o’quv jarayoni, fan sohasidagi izlanishlar va uni amaliyotga joriy etishdagi yangilanishlar birlashsa, innovatsion faoliyat yuksaladi, hamkorlik izchilligi to’la ta’minlanadi.
Bugungi kunda mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida ular o’rtasidagi integratsiyani jadallashtirish, hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish bo’yicha salmoqli ishlar amalga oshirilayapti. Ishlab chiqarish korxonasi o’z faoliyatidagi mavjud muammo va kamchiliklarni oliy ta’lim muassasasiga taqdim etmoqda, oliy o’quv yurtida fan sohasining yetakchi olim va mutaxassislari talaba va magistrlarga biriktirilib, ular o’z bitiruv-malakaviy ishi, magistrlik dissertatsiyalari, shuningdek, katta ilmiy xodim izlanuvchilar doktorlik dissertatsiyalarida korxona va tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish bo’yicha aniq amaliy ish olib borib, tadqiqot natijalarini o’sha korxonada joriy etmoqda.
Hozirgi kunda oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini tizimli rivojlantirish, innovatsion korporativ hamkorlikni yo’lga qo’yish va xalqaro aloqalarni rivojlantirish maqsadida ixtisoslik kafedralari qoshida 1230 dan ortiq innovatsion guruhlar tashkil etilgan, kafedralar yo’nalishiga mos zamonaviy korxonalar to’g’risida ma’lumotlar bazasi yaratilgan. 4400 dan ziyod korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari o’rnatilgan bo’lib, ularda mavjud ilmiy-texnologiya muammolar banki shakllantirilgan. Mazkur muammolar asosida 10000 dan ortiq bitiruv-malakaviy ishlari, 3400 an ziyod magistrlik dissertatsiyalari, 1600dan oshiq doktorlik dissertatsiyalari va qariyb 1000 dan ortiq xo’jalik shartnomalari bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ayni kunda jami qiymati 26,93 mlrd so’mga teng bo’lgan 465 ta loyiha bajarilmoqda.
Aniq misollarga to’xtaladigan bo’lsak, innovatsion korporativ hamkorlik natijasida 2015 yilda Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi “Fan va taraqqiyot” DUK tomonidan “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ mis ishlab chiqarish zavodida chiqindilardan mis ishlab chiqarish texnologiyasi yaratildi. O’zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan urug’lik chigitlarni kapsulalash texnologiyasi paxta sanoati korxonalari amaliyotida qo’llanilmoqda.
Toshkent davlat texnika universiteti “Mashinosozlik tarmoqlari muammolari” ilmiy markazida yaratilgan zamonaviy “changyutkich” esa “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DKda joriy etilmoqda.
Yangi qurilma katta yuk tashuvchi mashinalarda filtr vazifasini bajaradi, ya’ni juda kichik bo’lgan zarralarni ushlab qolib, dvigatelning ishlash resursini uch-to’rt marotabaga oshiradi. Natijada o’ta og’ir mexanizm mashinalarida nosozliklar kelib chiqishining oldi olinadi, ishlash sharoiti yaxshilanadi va samaradorlik bir necha bor oshadi.
Bu kabi innovatsion loyihalar ilmiy tadqiqot jarayonlarini hamda iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bilan bir qatorda, ta’lim sifatini oshirib, ilmiy salohiyatli kadrlar yetishib chiqishiga o’ziga xos zamin yaratadi.
Mutaxassislar oliy ta’lim muassasalari olimlari tomonidan yaratilgan ugleplastik, kauchuk, gidrogel, parrandachilik va chorvachilik uchun ozuqa, tibbiyot uchun transplantan kabi mahsulot olish texnologiyasi va boshqa ishlanmalar to’g’risida ham iliq fikrlar bildirishmoqda.
Oliy ta’lim muassasalari bazasida innovatsion tadqiqot markazlari tashkil etish, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar salohiyatini yuksaltirishning strategiyasini ishlab chiqish va mexanizmini yo’lga qo’yish, zamon talablariga mos moddiy-texnik bazani shakllantirish bo’yicha ishlarning mustahkam me’yoriy-huquqiy negizi mavjud.
Prezidentimizning 2008 yil 15 iyuldagi “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi, 2011 yil 20 maydagi “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to’g’risida”gi, 2012 yil 24 iyuldagi “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o’tkazish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi qarorlari bu boradagi ishlarga asos bo’lib xizmat qilayotir.— Mamlakatimizda ta’lim, ilm-fan rivojiga qaratilayotgan e’tibor sababli Toshkent davlat texnika universiteti yurtimiz iqtisodiyoti uchun texnika yo’nalishlari bo’yicha kadrlar tayyorlovchi, shu bilan bir qatorda, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishni integratsiyalashtirishda yirik ilmiy-tadqiqot markaziga aylandi.
— Institutimizdagi ilmiy loyihalar va innovatsiyalar markazida iqtidorli yoshlar ishtirokida maqsadli izlanishlar olib borilmoqda, intellektual mulk bozori talablari o’rganilib, ishlanma va loyihalar taqdim etilayapti. Oliy ta’lim muassasamizda sanoat korxonalari bilan innovatsion hamkorlikni samarali olib borish, fan yutuqlarini o’quv jarayoniga joriy etishning strukturasi va mexanizmi mavjud.
Bu mexanizm muntazam ishlashini ta’minlash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ular uchun ish o’rinlari yaratish jarayonida ishlab chiqarish korxonalari bilan aloqalarni kuchaytirish maqsadida 7 ta fakultetda ilmiy-texnik kengashlar faoliyat yuritayapti. Asosiysi, institutda bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining maqsad va vazifalari sanoat korxonalarining texnik, texnologik hamda xomashyo muammolarining yechimiga qaratilgan. Institut professor-o’qituvchilari, ilmiy xodimlari va talabalar “Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar” I-VIII Respublika yarmarkalarida 10 dan ortiq ishlanmalari bilan ishtirok etdi.
Yarmarkalar doirasida 5 mlrd 640 mln so’m hajmdagi 140 dan ortiq xo’jalik shartnomalari imzolandi. Galdagi maqsadimiz jahon standartlariga mos ilmiy-tadqiqotlarni ko’paytirish, intellektual mahsulotlarimizning xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshligini ta’minlashdir.
O’zbekiston-Yaponiya hamkorligining ta’lim sohasidagi yirik loyihasi — Yoshlar innovatsiya markazini tashkil etish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohalaridagi xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi.
|
| |