Bmtni bilasizmi?




Download 80.01 Kb.
bet3/3
Sana23.12.2019
Hajmi80.01 Kb.
1   2   3
dasturi, Jahon oziq-ovqat dasturi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochoqlar ishlari bo`yicha Oliy komissar Boshqarmasi kabilar kiradi.
Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.
Uning tarkibida, shuningdek, Butunjahon sog`liqni saqlash tashkiloti, Birlashgan Millatlarning Oziq-ovqat va qishloq xo`jalik tashkilotlari, Xalqaro Qizil Xoch kabi yirik hukumatlararo va nohukumat insonparvarlik tashkilotlari mavjud. Insonparvarlik yordamlari Favqulodda yordamlar Koordinatori insonparvarlik yordamini ishlab chiqish siyosati va insonparvarlik masalalariga e`tiborni tortish, jumladan, o`q otish qurollarini tarqatish oqibatlari yoki sanksiyalarning insonparvarlik qudratidan jamoatchilik xabardorlik darajasini oshirishga yordamlashish borasidagi ishlar uchun javob beradi. Urushlardan, ta`qib etishlardan yoki inson huquqlarini poymol etilishidan qochib ketish bilan himoyalanib yurgan kishilarga - qochoqlar va ko`chirilgan shaxslarga Qochoqlar ishi bo`yicha Oliy komissar Boshqarmasi yordam ko`rsatadi. 1998 yili Qochoqlar ishlari bo`yicha Oliy komissar Boshqarmasi diqqat-e`tiborida 22 million kishi bor edi. Uning birmuncha yirik operatsiyalari 2,6 million Afg`on qochoqlari bo`lgan G`arbiy Osiyoda, bir million kishi yordamga muhtoj bo`lgan sobiq Yugoslaviyada va yarim millionga yaqin qochoq to`plangan Afrikaning Buyuk ko`llar rayonida amalga oshirilmoqda. Oziq-ovqat bilan favqulodda ko`mak berish ishlariga bu boradagi yordam bo`yicha jahon talabining yildan yilga uchdan ikki qismini qondirib kelayotgan Jahon oziq-ovqat dasturi javob beradi.1999 yili Butunjahon oziq-ovqat dasturi jahon bo`yicha 82 mamlakatdagi 86 milliondan ortiq odamlarni oziq-ovqat bilan ta`minlashga yordam berdi. Keyingi 10 yil mobaynidagi urushlar va fuqarolarning turli janjallari natijasida 1 millionga yaqin bolalar o`z ota-onalaridan ajralib qoldilar, 12 millioni esa boshpanasiz qoldi va 10 millioni og`ir ruhiy jarohat oldilar. YUNISEF bu bolalarning talablarini qondirish, ularni oziq-ovqat, ichimlik suvi va turar joy bilan ta`minlash uchun barcha choralarni ishga solmoqda. Bundan tashqari, bolalarni harbiy to`qnashuvlar sharoitida himoya etish, ularga eng zarur sharoitlarni yaratib berish sa`y-harakatlaridan kelib chiqib, YUNISEF tinchlik mintaqasidagi kabi bolalar konsepsiyasini ishlab chiqdi va tinch turmush kunlari hamda tinchlik koridorlarini e`lon qildi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining insonparvarlik sohasidagi faoliyatining yana bir tarmog`i tabiiy ofatlarni bartaraf etish va buning uchun tayyor turishni ta`minlashdan iboratdir. Masalan, 1998 yili Birlashgan Millatlar Tashkilotining taraqqiyot dasturi tabiiy ofatlar yuz bergan sharoitda ishlarni tashkil etish va 11 mamlakatda ularning oqibatlarini bartaraf qilish dasturini ta`sis etdi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi bevosita tabiiy ofatlar yuz bergan sharoitida mahalliy hudud doirasida favqulodda yordam berish borasidagi ishlarni koordinatsiyalash bilan shug`ullanadi. Shu bilan birgalikda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi favqulodda yordamni tiklanish va uzoq yillar davomida rivojlanish uchun berishiga harakat qiladi. Uzoq muddatlar mobaynida tabiiy ofatlar girdobida qolgan yoki mojarolarini endigina bartaraf etgan mamlakatlarda insonparvarlik yordamiga, asosan, taraqqiyot, siyosiy va moliyaviy ko`mak bilan bir qatorda tinch qurilishni ta`minlash borasidagi umumiy chora-tadbirlar elementlarining biri sifatida qaraladi. Falastin qochoqlari Falastin qochoqlariga yordam berish ishlarini 1949 yildan buyon Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastin qochoqlariga yordam va Ishlarni tashkil etish bo`yicha Yaqin Sharq agentligi olib bormoqda. Bugungi kunda agentlik ro`yxatga olingan 3 milliondan ortiq falastin qochoqlariga sog`liqni saqlash, maorif, favqulodda yordam va ijtimoiy xizmat sohalarida asosiy ko`mak berib keladilar. 1993 yildan boshlab Birlashgan Millatlar Tashkilotining Koordinatori - Birlashgan Millatlar Tashkiloti yo`li bilan G`azo va G`arbiy sohildagi Falastin aholisiga taraqqiyot sohasida beriladigan barcha yordamlar ustidan nazorat olib boradi. Iroq bo`yicha Dastur Boshqarmasi 1966 yilda muvaqqat chora sifatida Bosh kotib Iroq bo`yicha Dastur Boshqarmasini ta`sis etgan edi. Iroq tomonidan Xavfsizlik Kengashining bu mamlakatga nisbatan sanksiya joriy etgan qator rezolyutsiyalari bajarilguniga qadar Boshqarma o`zining neft o`rniga oziq-ovqat dasturi asosida Iroq aholisining insonparvarlik talablarini qondirib turadi. Taraqqiyot maqsadida BMT nimalar qilmoqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining markaziy vazifalaridan biri yanada yaxshiroq hayot tarzini, ish bilan to`liq bandlikni, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va rivojlanish uchun sharoitlarni ta`minlashdan iboratdir. Bu vazifa ijrosibilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimining 70 foiz faoliyati mashg`uldir. Ushbu faoliyat asosida - qashshoqlikni bartaraf etish va hamma joyda insonlar farovonligi darajasini oshirish - butun dunyoda mustahkam tinchlikni ta`minlash sharoitini yaratish yo`lidagi zarur qadamlarga ishonch yotadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti taraqqiyot ishini rag`batlantirish borasida noyob afzalliklarga ega. Uning faoliyat doirasi butun dunyoni qamrab oladi, keng ko`lamli mandati esa ijtimoiy, iqtisodiy va favqulodda ehtiyojlarni qondirishni ko`zda tutadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti allakimlarning tor doiradagi milliy yoki tadbirkorlik manfaatlarininggina ifodachisi emas. Muhim strategik qarorlarni tayyorlashda barcha mamlakatlar, boy va kambag`allar qatnashadilar. Kun tartibini tayyorlash Birlashgan Millatlar Tashkiloti taraqqiyot manfaatlari yo`lidagi sa`y-harakatlar borasidagi xalqaro konsensusni ishlab chiqishda hal qiluvchi rol o`ynaydi. 1960 yildan boshlab Bosh Assambleya Taraqqiyotning qator o`nyilliklar xalqaro strategiyasi doirasidagi birinchi darajali ishlari va vazifalarining kun tartibiga qo`yilish tarzini aniqlashga yordam bermoqda. Bu o`nyilliklar dasturi diqqat-e`tiborida aniq masalalar turibdi, unda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning barcha yo`nalishlari bo`yicha taraqqiyotga erishish zaruriyati shubhasiz ta`kidlanadi. Rivojlanishning to`rtinchi o`nyilligi (1991-2000 yillar) doirasida quyidagi to`rt soha: qashshoqlik va ochlik, inson resurslari va institutsional (belgilangan qoida va tartiblar asosidagi) rivojlanish, xalq va atrof muhit kabilarga ustuvorlik beriladi. Qator butunjahon konferensiyalari o`tkazish tufayli maorif (1990 yil), atrof muhit va rivojlanish (1992 yil), inson huquqlari (1993 yil), xalq, taraqqiyot va tabiiy ofatlar xavfining kamayishi (1994 yil), ijtimoiy taraqqiyot (1995 yil), xotin-qizlar mavqeini yaxshilash (1995 yil), aholi punktlari (1966 yil) va oziq-ovqat xavfsizligi (1996 yil) kabi qator sohalardagi global muammolarni hal etishning amaliy yo`llari belgilab olindi. Hozirgi vaqtda Birlashgan Millatlar Tashkiloti a`zo-mamlakatlar bilan yaqin hamkorlikda shu konferensiyalarda qabul etilgan qarorlarni amalga oshirish bilan shug`ullanmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti barqaror rivojlanishni tashkil etish, ayollar mavqeini yaxshilash, inson huquqlariga amal qilish, atrof muhitni muhofaza etish va oqilona boshqarish kabi rivojlanish sohasidagi qator yangi muhim vazifalarni ishlab chiqish, shuningdek, ularni amalga oshirish dasturini yaratish uchun javob berdi. Taraqqiyot maqsadlaridagi yordam Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimi - shu jumlaga kiradigan Tashkilotning o`zi, uning ixtisoslashtirilgan muassasalari, dasturlari va jamg`armalari ijtimoiy-iqtisodiy yutuqlarni qo`lga kiritishga yordam berishda ko`pqirrali faoliyat olib bormoqda. Ixtisoslashtirilgan muassasalar (oxirgi berilgan ro`yxatga qarang) mandati ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatning qariyb barcha jabhalarini qamrab oladi. Bu muassasalar dunyoning barcha mamlakatlariga texnik yordam ko`rsatadi va ularga boshqa shakllarda amaliy yordam beradi. Ular Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlikda faoliyat ko`rsatib siyosatni ishlab chiqishga, rahbarlik tamoyillarini aniqlashga, yordamlar tashkil etish va mablag` jalb qilishga ko`maklashadi. Masalan, Butunjahon banki taraqqiyot maqsadlari uchun har yili 25 milliard AQSH dollaridan ortiqroq yordamajratadi. Rivojlanayotgan mamlakatlar bunday yordamlardan o`z iqtisodiyotlarini mustahkamlash va bozorlarini kengaytirish uchun foydalanadilar. Qarzlar faqat hukumatlarga beriladi, biroq barqaror o`sish darajasiga erishish maqsadida Bank mahalliy jamoalar, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalaridan, shuningdek, Xalqaro moliyaviy korporatsiyalar orqali xususiy sektordagi korxonalardan ham foydalanishlari mumkin. Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan ixtisoslashtirilgan muassasalar o`rtasidagi muomalalarni yaqindan muvofiqlashtirish - tarkibiga Bosh kotib, ixtisoslashtirilgan muassasalar rahbarlari va atom energiyasi bo`yicha Xalqaro agentlik kiradigan koordinatsiya bo`yicha Ma`muriy komitet orqali ta`minlanadi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Dasturlari va Jamg`armalari o`z faoliyatlarini - Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi mandatini bajarayotgan Bosh Assambleya hamda Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash rahbarligida olib boradilar. Bu organlar o`rtasidagi hamkorlikning samaradorligini oshirish uchun Bosh kotib 1977 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tezkor jamg`armalari va dasturlarining vakillari tarkibida Birlashgan Millatlar Tashkilotining taraqqiyot masalalari bo`yicha Guruhini tashkil etdi. Ijtimoiy va iqtisodiy sohada taraqqiyotni barqaror etish sa`y-harakatlarining eng oldingi saflarida Birlashgan Millatlar Tashkilotining taraqqiyot dasturi bormoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson potensiali barqaror rivojlanishi uchun yordam mablag`lari - subsidiy berish bo`yicha ko`ptomonli yirik mexanizmi bo`lib qolgan bu tashkilot o`z sa`y-harakatlarini texnik hamkorlik va qashshoqlikni tugatish tomonga yo`naltirgan holda 174 mamlakat va hududlarda faoliyat olib bormoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg`armasi (YUNISEF) Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimining - bolalarning hayot kechirishi, muhofazasi va rivojlanishini ta`minlash bo`yicha uzoq muddatli, kelajakdagi vazifalarni hal etish bilan shug`ullanadigan yetakchi tashkiloti hisoblanadi. Qariyb 150 mamlakatda amalga oshirilayotgan YUNISEF dasturi diqqat markazida emlash, birinchi meditsina-sanitariya xizmati, oqvatlanish va boshlang`ich ta`lim kabi masalalar turadi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ko`plab boshqa dasturlari taraqqiyot borasidagi o`z ishlarini hukumat va nohukumat tashkilotlari bilan hamkorlikda olib boradi. Jahon Oziq-ovqat dasturi - asl mohiyati favqulodda yordamdan, shuningdek Taraqqiyot dasturidan iborat bo`lib, dunyodagi oziq-ovqatlar bilan yordam ko`rsatadigan eng yirik xalqaro tashkilotdir. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg`armasi (YUNFPA) ham xalqlar va elatlarga yordam beradigan yirik xalqaro muassasadir. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof muhit dasturi (YUNEP) dunyoning hamma burchaklarida tabiatdan foydalanishning eng ilg`or usullarini joriy etishga ko`maklashadi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholi punktlari markazi (Xabitat) esa turmush sharoiti salomatliklariga tahdid solayotgan kishilarga yordam ko`rsatadi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Savdo va taraqqiyot bo`yicha konferensiyasi (YUNKTAD) dunyo ekonomikasida rivojlangan mamlakatlar rolini e`tirof etgan holda xalqaro savdoni rivojlantirishga yordam beradi. YUNKTAD shuningdek, Jenevadagi xalqaro savdo bo`yicha Markaz orqali taraqqiy etgan mamlakatlardan eksport qilib kelishga yordam beradigan, mustaqil faoliyat ko`rsatadigan Butunjahon savdo tashkiloti bilan hamkorlik qiladi. Resurslar birlashmasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimidagi muassasa va tashkilotlar o`zlarining kompetensiyalaridagi barcha sohalarni qamrab olgan holda har qanday yolg`iz harakat qilgan mamlakatning qurbi yetmaydigan murakkab muammolarni hal etish uchun o`z kuch-qudratlarini yana ham yaxshiroq jipslashtirmoqda. Masalan, butun dunyoda 50 million kishi kasallikka chalingan epidemiya - OITSga qarshi kurashish maqsadini ko`zda tutgan Birlashgan dasturni amalga oshirishda Birashgan Millatlar Tashkilotining olti muassasa va dasturining mutaxassislari ishtirok etmoqdalar. Xarajatlari 25 milliard AQSH dollarini tashkil etadigan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afrika bo`yicha 10 yilga mo`ljallangan maxsus Umumtizim tashabbusi asosiy ta`lim, meditsina xizmati va shu mintaqada oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash maqsadidagi umumiy dasturini amalga oshirish ishiga Birlashgan Millatlar Tashkilotining deyarli barcha bo`linmalarini jalb etadi. BMTning taraqqiyot dasturi, YUNEP va Butunjaxon banki tomonidan boshqariladigan 2 milliard AQSH dollariga teng zahiraga ega bo`lgan Global ekologik jamg`arma taraqqiy etayotgan mamlakatlarga atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ularning dasturlarini amalga oshirishga yordam beradi. 1998 yili YUNISEF, BMTning taraqqiyot dasturi, Butujahon banki va Butunjahon sog`liqni saqlash tashkiloti o`z sa`y-harakatlarini birlashtirib har yili 1 milliondan ortiqroq odamning yostig`ini quritayotgan kasallik - bezgakka qarshi kurash bo`yicha yangi kompaniyani amalga oshirishga kirishdilar. 1998 yili YUNISEF, BMTning taraqqiyot dasturi, Butunjahon banki va Butunjahon sog`likni saqlash tashkilotilar yili 1 milliondan ortiq odamni nobud etayotgan bezgakka qarshi yangi kampaniya e`lon qilish uchun kuchlarini birlashtirdilar. Emlash ishlarini kengaytirish va OITSga, bezgakka va silga qarshi yangi vaksinalar yaratish borasidagi tashabbuslar, YUNISEF, Butunjahon sog`liqni saqlash tashkiloti va Butunjahon banki singari, tadbirkorlik sohasi bilimdonlarini, filantropik tashkilotlarning va hukumatlarning ham qo`llab- quvvatlashlariga sazovor bo`ldi. Bu kabi hamkorlikka xalqaro tashkilotlar, hukumatlar, akademik institutlar, jamg`armalar, nohukumat tashkilotlari va yana ham kengroq mikyosda xususiy sektor jalb etilmoqda.

Download 80.01 Kb.
1   2   3




Download 80.01 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bmtni bilasizmi?

Download 80.01 Kb.