bob elektr toki haqida tushuncha O’zgarmas elektr toki




Download 19.52 Kb.
Sana04.04.2023
Hajmi19.52 Kb.
#48549
Bog'liq
bmi
Mashinalarni Loyihalash asoslari Х .Aхmedхodjayev, erts

MUNDARIJA
KIRISH
1.BOB Elektr toki haqida tushuncha
1.1 O’zgarmas elektr toki
1.2 O’zgaruvchan elektr toki
1.3 Tarmoq haqida tushuncha
2.BOB Elektr tokining bajargan ishi
2.1 O’zgarmas elektr tokining bajargan ishi
2.2 O’zgaruvchan elektr tokining bajargan ishi
1.BOB Elektr toki haqida tushuncha.
Bu bobda biz elektr toki va uning qanday hosil bo’lishi haqida tanishib chiqamiz. O’zgaruvchan va o’zgarmas tok harakati, ularning harakteristikasi qisqacha ko’rib chiqamiz. Elektr tokini hosil qilishda asosiy vazifani bajaruvchi elektronlar harakatini kuzatamiz.


    1. O’zgarmas elektr toki.

Elektr zaryadlarining har qanday harakatini biz elektr toki deb ataymiz.
Metallarda faqat elektronlar erkin ko’chishi mumkin. Shuning uchun metallardagi elektr toki o’tkazuvchanli elektronlarning harakatidir. Suyuqliklarda tok o’tkazuvchi eritmalarda erkin elektronlar yo’qligi, harakatlanuvchi zaryadlangan zarralar bo’lib esa ionlar xizmat qilishini ko’ramiz. Gazlarda ionlar ham, elektronlar ham harakatlanuvchan holatda bo’lishi mumkin.
Musbat zarrallarning xarakat yo’nalishini tokning yo’nalishi deb hisoblash shartlashilgan. Shuning uchun metallarda tokning yo’nalishi elektronlarning xarakat yo’nalishiga qarama-qarshi bo’ladi.
Zaryadlangan zarralar xarakatlanadigan chiziq tok chizig’i deb ataladi. Tok chiziqlarining yo’nalishi qilib musbat zaryadlarning harakat yo’nalishi qabul qilingan. Biz tok chiziqqlarini chizib, tok hosil qiluvchi elektronlar va ionlarning xarakat to’g’risida ayoniy tasavvur olamiz.
Agar tokli o’tkazgich ichida fikran naycha ajratib, uning yon sirti tok chiziqlaridan iborat bo’lsa, unda zaryadlangan zarralar harakatlanganda naychaning yon sirtini kesmaydi va naychadan tashqariga chiqmaydi ham, tashqaridan naychaga kirmaydi ham. Bunday naycha tok naychasi deyiladi. Izolyatorda turgan metal simning sirti tok naychalaridan biridir. Izalyatorda turgan metal simning sirti tok naychalaridan biridir.
Eletr tokining miqdoriy harakteristikasi bo’lib ikki asosiy kattalik: tok zichligi va tok kuchi hizmat qiladi.
Tok zichligi vaqt birligi ichida tok chiziqlari perpedikulyar bo’lgan sirt birligi orqali o’tadigan zaryad miqdoriga teng.
O’tkazgich ichida tok chiziqlariga perpendikulyar joylashgan, demak, zaryadlangan zarralarning tezligi yo’nalishiga perpendikulyar bo’lgan yuza birligiga teng yuzcha ajratamiz.
(rasm bor umum.f.k.103b)
Shu yuzcha asosida zarralarning harakat tezligi ga teng bo’lgan uzunlikda to’ri burchakli paralaliped yasaymiz. Unda vaqt birligi ichida qaralayotgan yuzcha orqali o’tadigan zarralar soni paralalipiped ichidagi zarralar soni ga teng boladi, ular tashidigan zaryad esa bo’ladi, bunda bitta zarraning (masalan, elektronning) zaryadi. Shuning uchun tok zichligini kattaligi quyidagiga teng:

va skalyar kattaliklar, tezlik esa vektor kattalik bo’lgani uchun tok zichligi vektori ni kiritish mumkin. Tezlik zaryadlarning muayyan nuqtadagi harakatini harakterlagani tufayli, unda tok zichligi vektori ham o’tkazgichning muayyan nuqtasidagi tokni aniqlaydi.
Agar o’tkazgich ichida tok zichligi vektori ga perpendikulyar bo’lgan cheksiz kichik yuzcha ni ajratsak, unda vaqt ichida shu yuzcha orqali o’tadigan zaryad kattaligi quyidagiga teng:

Agar yuzcha ga perpendikulyar bo’lmasa, unda bu ifodada ning o’rniga ga perpendikulyar bo’lgan tok zichligi tashkil etuvchisi ni olish lozim.
Har qanday o’tazgichdagi tok kuchi vaqt birligida o’tkazgichning to’la kesimi orqali o’tadigan zaryad kattaligiga teng. Agar vaqt ichida o’tkazgich kesimi orqali o’tgan zaryad bo’lsa, unda

Zaryad va vaqt skalyar kattalik bo’lganligi tufayli tok kuchi ham skalyar kattalikdir.
O’tkazgichning har qaysi nuqtasida tok zichligi vektori ni bilgan holda u orqali tok kuchini ham ifodalash mumkin. Yuqorida aytilganlardan

kelib chiqadi, bunda integral ixtiyoriy kesimli o’tkazgichning butun sirti bo’yicha olinadi.


Download 19.52 Kb.




Download 19.52 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



bob elektr toki haqida tushuncha O’zgarmas elektr toki

Download 19.52 Kb.