Бойитиш усуллари ва кўрсатгичлари, бойитиш схемлари хақида тушунча Gravitatsiya usulida boyitishning texnologik sxemasini tanlash




Download 451,92 Kb.
bet1/7
Sana13.02.2024
Hajmi451,92 Kb.
#155365
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Бойитиш усуллари ва кўрсатгичлари, бойитиш схемлари ха ида тушун
3-ma\'ruza, 101, 5, Б.Я.Янгибоев, Авторлар-WOS- педагогика, AES Print, AES2 Print, Buxgalteriya xisobining axborot tizimlari 2018 @iqtisodchi kutubxonasi, qwer, induidal, asd, try, bind



Бойитиш усуллари ва кўрсатгичлари, бойитиш схемлари хақида тушунча
Gravitatsiya usulida boyitishning texnologik sxemasini tanlash
O`ta zarur sanat ahamiyatiga ega bo`lgan 4 turdagi sochma konlar mavjud. Bular:

  • qimmatbaho metallar tarkibli;

  • kassiterit, vol’framit, tantalit tarkibli;

  • titanli, tsirkoniyli va toriyli kamyob er minerallari tarkibli; - olmos tarkibli.

Sochma kon rudalari odatda kompleks holda uchraydi.
Sochma kon rudalari foydali mineral zarralari erkin holatda joylashgan bo`lib, ularni boyitish sxemalarida maydalash va yanchish jarayonlari bo`lmaydi. Ularni boyitishga tayyorlash dezintegratsiyalash va qumlarni o`lchami 6 - 25 mm bo`lgan elaklarda elash orqali quyi sinf efel va yuqori sinf gali larga ajratiladi. elash jarayoni bir vaqtning o`zida o`chamlari bo`yicha boyitish jarayonini ham o`taydi, chunki qimmatbaho komponentlarning asosiy qismi quyi sinfda joylashgan bo`lib, yuqori sinfda ularning mifdori juda kam (katta o`lchamdagi tug’ma qimmatbaho komponentlardan tashqari). Katta o`lchamdagi tug’ma qimmatbaho komponentlarni mahsus moslamalarda ushlab qolinib, qolgan mahsulotni chiqindiga yuboriladi. Quyi sinfdagi mahsulot esa qayta ishlashga yuboriladi.
Suvli muhitda dezintegratsiyalash barabanli elaklar (bochkalar)da, barabanli dezintegratorlarda (skrubberlarda), yassi elak yoki tekislikda gidromonitor orqali beriluvchi kuchli suv oqimida, shlyuzlarda amalga oshiriladi. Qiyin yuviladigan qumlar uchun skrubberdan avval o`rnatiladigan koritali yuvgichlar qo`llaniladi. Dezintegratsiyalash va elash jarayonlari odatda bitta uskunada barabanli elakda yoki skrubberli elakda amalga oshiriladi.
Qumlarni boyitish sxemasi ikkita tsikl: asosiy va qayta tozalash (dovodka)dan iborat. Birinchi tsiklda chiqindiga bo`sh tog’ jinsining asosiy massasi yo`qotiladi va dag’al boyitma olinadi (tarkibiga qimmatbaho komponent maksimal ajralgan). Asosiy tsiklda olingan boyitma tarkibida qimmatbaho komponentlarning miqdori etarli bo`lmaydi. SHuning uchun ularni qayta tozalash tsiklida murakkab sxemada boyitiladi va qimmatbaho komponentlarning boyitmaga ajralishini maksimal darajaga olib chiqiladi.
Sochma kon rudalarini asosiy tsiklda boyitish jarayoni shlyuzlarda, cho`ktirish mashinalarida, konusli saralagichlarda amalga oshiriladi. Olmos tarkibli qum va jinslarni boyitishda og’ir muhitda boyitish separatorlari qo`llaniladi. Mayda boyitmalarni tozalashda boyitish stollaridan foydalaniladi.
Boyitish jarayonini tanlash asosan ajratiladigan mineral zarralarining zichligiga, yirikligiga va formasiga bog’liq.
Agar qumda faqat yirikligi 0,2 mm dan katta bo`lgan oltin bo`lsa unumdorligi yuqori bo`lgan shlyuzlarda boyitiladi.
Shlyuzda boyitish sxemasi 2.13, a rasmda keltirilgan. Kichik o`lchamdagi shlyuzlarda engil yuviladigan (tarkibida valunli materiallar kam bo`lgan) qumlar yaxshi ajratib olinadi. Bunday qumlarni gidravlik usulda qayta ishlashda esa xuddi shunday sxema qo`llaniladi, ammo bunda yuqori ajralishga erishish uchun shlyuzning eni birqancha kengroq va chuqurligi kattaroq hamda uzunligi birmuncha katta bo`ladi.
Qum tarkibidagi oltin zarralari mayda bo`gan hollarda 60, b va e sxemalar qo`llaniladi. 60 v sxemada birinchi bosqich shlyuzning chiqindisi setkasi o`lchami kichik bo`lgan elakka yuborilmoqda. Ikkinchi shlyuzga tushadigan mahsulot o`lchamining kichiklashishi oqim tezligini kamaytirish imkonini beradi va mayin oltin zarralarini ushlab qolishga imkon yaratadi.
Qum tarkibida yirik vam ayda oltin zarralari bo`lganda kombinatsiyalashgan sxema qo`llaniladi: shlyuzlarda va cho`ktirish mashinalarida boyitish yoki shlyuzlarda boyitish va shlyuz chiqindisini vintlt separatorlarda nazorat boyitish.
CHo`ktirish mashinalari shlyuzlardan avval yoki shlyuz chiqindisida o`rnatiladi.

2.13. a rasm. Tarkibida oltin bo`lgan sochma kon rudalarini shlyuzda boyitish sxemasi.
CHo`ktirish mashinalari shlyuzlardan avval o`rnatilganda shlyuzni aralashtirish zaruriyati yuqoladi, ammo qumda yirik zarrali tug’ma oltin bo`lsa cho`ktirish mashinasini to`xtatib, yirik zarrali tug’ma oltin olish keral bo`ladi.
Vintli separatorlar mayin zarrali oltinni ajratishda qo`llaniladi. Yirik oltin zarralari bo`lgan holda vintli separator qisqaroq shlyuzdan so`ng o`rnatiladi. Dragalarda cho`ktirish mashinalari o`rniga vintli separatorlarni o`rnatish oltinni ajralishini 5—10 % ga oshiradi, draganing turib qolish vaqti qisqaradi, suv sarfi 35— 40 % ga qisqaradi, 15—60 % qumlarni qayta ishlash samaradorligi oshadi. SHu bilan birga dragadagi boyitish uskunalarining unumdorligi 150—165 %ga ortadi.

2.14. rasm. Titan va tsirkoniy minerallari noyob metal sochma kon qumlarini boyitish sxemasi:a va b – yirik o`lchamli qumlar uchun sxema, v – mayin zarrali qumlar usun sxema.

Download 451,92 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 451,92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Бойитиш усуллари ва кўрсатгичлари, бойитиш схемлари хақида тушунча Gravitatsiya usulida boyitishning texnologik sxemasini tanlash

Download 451,92 Kb.