Bojxona siyosatini amalga oshirish yo’nalishlari




Download 15.66 Kb.
bet2/2
Sana24.03.2017
Hajmi15.66 Kb.
1   2
XXRning AQShdan import qilinadigan tovarlar yuliga to’g’ridan-to’g’ri taqiqlar, kvotalar, litsenziyalar, sifat standartlariga rioya qilishga nisbatan oshirilgan talablar ko’rinishida belgalanadigan to’siqlarni olib tashlashni rad etishi bunga sabab bo’ldi.
Xitoy Xitoy, Xitoy Xalq Respublikasi (xitoycha 中華人民共和國 - 中华人民共和国 - Zhōnghuá Rénmín Gònghéguó), XXR - Markaziy va Sharqiy Osiyoda joylashgan davlat. Dunyoda aholisi eng kup va maydoni jihatidan eng yirik davlatlardan biri.
Agar xitoyliklar AQSh bilan savdoda sezilarli ustunlikka erishmagan bo’lganlarida Xitoy ma’murlarining bunday hatti-harakatiga munosabat bunchalik keskin bo’lmasligi mumkin edi. 1991 yilda Xitoy tomoni AQShga o’zlari sotib olganga nisbatan 12,7 mlrd. dollarlik ko’p tovar sotgan. Aynan mana shu holat AQSh hukumatining rasmiy vakillaridan birini quyidagicha bayonot berishga majbur qildi: «Xitoy xalqaro savdo tizimida tezlik bilan eng muhim mamlakatga aylanmoqda. Biz bunday savdo darajasiga ega bo’lgan mamlakatga o’z qoidalari bilan o’ynash imkonini bera olmaymiz. Agar ular eksportdan foyda olishmoqchi bo’lsa, importga ham ruxsat berishlari kerak».

Ushbu nuqtai nazarga muvofiq, AQSh Xitoyga ushbu mamlakatdan import kilinadigan tovarlarning keng doirasiga (yiliga salkam 4 milliard dollarlik) olgunchalik yuqori bojlar belgilash niyatini e’lon qildi. Bunga ko’ra, Xitoy tovarlarining narxlari Amerika bozorida ikki baravar oshishi kerak edi. Bunga javoban xitoylik ma’murlar bunday holatda ular ham Amerika tovarlariga, shu jumladan, kompyuterlar, samolyotlar, avtomashinalar va boshqalarga ana shu miqdorda, ya’ni 4 mlrd.

Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama.
dollarlik jazo tariqasidagi boj tariflari joriy etishlari haqida bayonot berishdi.



«Savdo urushlari»ning uzoq yillik tajribasi eng rivojlangan mamlakatlarni bunda har ikkala tomon mag’lubiyatga uchrayajagi, yaxshisi «jangovor harakatlar» boshlanib ketishiga yo’l qo’ymaslik haqidagi fikrga olib keldi. Bu xalqaro savdoda eksportni ixtiyoriy cheklashni tug’dirdi.

AQSh va Yaponiya arzon yapon avtomobillari eksporti tufayli doimiy ravishda «savdo urushi» yoqasida turadi. AQSh iqtisodiyotida avtomobil sanoati an’anaviy ravishda alohida o’rin tutishini hisobga olganda buning atrofida hissiyotlar qanchalik qaynashini tasavvur qilish qiyin emas. Yapon avtomobilsozlari o’z mashinalarining AQShga sotilishi to’liq taqiqlanishi xavfining oldini olish uchun o’z mahsulotining Amerikaga eksport qilinishiga cheklash joriy qilishga rozi bo’lishdi, Yaponiya hukumati esa Amerika tovarlari importiga cheklashni susaytirdi.

Download 15.66 Kb.
1   2




Download 15.66 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bojxona siyosatini amalga oshirish yo’nalishlari

Download 15.66 Kb.