|
Boʻlajak liderlar
|
Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 1,44 Mb. | | #133057 |
Bog'liq Loyiha nomi
Loyiha nomi: " Boʻlajak liderlar" maktabi
Loyihamning maqsadi shundaki, yoshlarni yetuk mutaxassis qilib, oʻz yoʻnalishlarini koʻrsatib, jamiyatda oʻz oʻrniga ega boʻlishiga koʻmaklashish va dunyodagi eng nufuzli maktab oʻquvchilari bilan tengma-teng raqobatlasha olishini oshirish. Shuning uchun men oldimga maqsad qilib oʻzimning zamonaviy maktabimni rejalashtirdim. Maktabning binosi zamon talabiga mos, yorugʻ va shinam xonalar. Bolalar uchun qulay partalar, elektronli doʻskalar, har bir bola uchun oʻzining sinf javoni. Darsdan tashqari toʻgaraklarda vaqtlarini unumli oʻtkazish uchun oʻzi qiziqadigan toʻgaraklarini yaratish. Misol uchun, shaxmat toʻgaragi, bolalarni aqlini sharhlash uchun. Turli sport toʻgaragi jismonan sogʻlom va baquvvat boʻlishi uchun. Boʻlajak ITchilar uchun zamonaviy kompyuter bilan jihozlangan xona. Bu xonada darsdan tashqari oʻz ustida ishlash mumkin. Barcha yoshlar uchun elektronli kutubxona. Jahon miqyosidagi mashhur kitoblar masalan, taniqli mativatorlarni kitoblarini, tarixiy kitoblar, ensiklopedialar va taʼlimga oid jurnallar bilan taʼminlash hamda oʻqib oʻtirish uchun yetarlicha oʻrindiqlar bilan jihozlash. Yoshlarni aniq fanlarga chuqur oʻzlashtirish. Boʻlajak matematiklar uchun qoʻshimcha darslar yaratish. Kimyo biologiya fanlari uchun labaratoriya. Labaratoriya uchun esa oʻsimliklar issiqxonasi. Fiziklar uchun kerakli qurilmalar, geograflar uchun elektron xaritalar, globuslar. Kichik sinf oʻquvchilari uchun mental arifmetika va savodxonlik kurslar xonasi. Yana hamshira va ruhshunos xonasi tashkil etilishi.
Zamonga mos oshxona, bolalar sogʻligi uchun foydali oziq-ovqatlar, salatlar sutli mahsulotlar va sharbatlar boʻladi. Oshxonaning yonida pazandachilik toʻgaragi ochiladi. Unda gaz plita, muzlatgich, kichik pechlar stollar bilan jihozlanashi kerak. Sanʼatga qiziqadigan yoshlar uchun rassomlik toʻgaragi, sozandachilik yoki qoʻshiqchilik sanʼati oʻrgatiladi. Maktabimning bogʻida chiroyli gullar va daraxtli manzara, oʻrindiqlar va bogʻning oʻrtasida bitta favora , bular yoshlarning maroqli dam olishi uchun tanaffuslarda. Maktabga 1 sinfdan qabul qilinadi va 6 sinfgacha ularni iqtidorini kuzatib boriladi nimalarga qiziqishini bilib 6 sinfdan bolalar oʻz yoʻnalishi boʻyicha ajratib misol uchun boʻlajak matematik sinflarga, tilshunoslik sinflarga va hokazolar. Sinflarni fanlariga qarab toʻgaraklarga jamlash va kun rejasini tuzib berish. 6 sinfdan 11sinfgacha har chorakda testlar olib 100% universitetlarga tayyorlab va universitetlar bilan hamkorlik tuzib. Oʻsha universitetlarga yoʻnaltirish. Mening maktabimda 500 ta oʻquvchi uchun joy boʻlish kerak va oʻz fanining tajribali oʻqituvchilar jalb etiladi. Hozirgi kunda oʻquvchilar oʻquv markazlarga borib oʻqish uchun 4 ta fanga oyiga oʻrtacha hisobda 800 ming soʻm sarflamoqda, sport toʻgaragiga qatnashish uchun kamida 200ming soʻm. 9oyda 9 million soʻm ketkazadi. Shuning uchun mening maktabimda kichik sinflar uchun 1000000 soʻm oyiga katta sinflar uchun 1500000soʻm toʻlanadi. Yillik 9000000soʻm kichkinalarga, kattalarga 13500000soʻm. Har chorakda boʻlib toʻlashi mumkin. Maktab 8:00dan 17:00gacha boʻladi .
|
| |