Bu bilan infratuzilmani, Yagona dispetcherlik markazi, lokomotiv ho’jaligi, yuk hujjatlari bilan ishlash bo’linmalari va qutqaruv-qayta tiklash ishlari bo’linmalarini xususiylashtirishmaslik belgilangan




Download 27.21 Kb.
bet2/2
Sana24.03.2017
Hajmi27.21 Kb.
1   2
Afrosiyob bu – Samarqand viloyatida joylashgan qadimiy shahar sharafiga qo’yildi.
Afrosiyob - Samarqandning qadimgi xarobasi. Bu nom tarixiy manbalarda qadimgi Samarqandga nisbatan faqat 17-asrdan boshlab uchraydi. Qadimgi Samarqand sugʻd manbalarida Smarakanve deb atalgan. Mil. av.
Samarqand Samarqand - Samarqand viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938 yildan). 1925-30 yillarda Respublika poytaxti. Oʻzbekistonning jan.gʻarbida, Zarafshon vodiysining oʻrta qismida (Dargʻom va Siyob kanallari orasida) joylashgan.

2011 yil 8 oktyabrdan «Afrosiyob» (Ispaniya kompaniyasi Talgo) tezyurar poezdi Toshkent-Samarqand-Toshkent 161/162 sonli xabar bilan ishga tushirildi.

Yangi tezyurar poezd bu marshrut orqali xizmat ko’rsatadigan boshqa elektr poezdlar bilan birga, Toshkent va Samarqand shaharlari o'rtasida harakat qiladi. Yuqori tezlikdagi «Afrosiyob» poezdi ikki soat va o'n besh daqiqa ichida 344 km temir yo'l masofasini bosib o’tadi. Maksimal tezligi soatiga 250 kilometrni tashkil etadi.

«Afrosiyob» tarkibiga 2 ta lokomotiv va 9 ta qulay vagonlar kiradi:



  • 2 VIP klass vagon (vagonda 11 o'rin);

  • 2 Biznes klass (vagonda 26 o'rin);

  • 4 ekonom klass (vagonda 36 o'rin); 

  • 1 vagon-bistro

Poezdga zamonaviy ko'rinishni, avvalo, uning aerodinamik, ta'sir bosim to'lqinlar va yon shamollar uchun optimallashtirgan dizayni beradi. Elektro poezd uzunligi 157m ni, balandligi 4 m ni tashkil qiladi. Barcha salonlari yumshoq, qulay yonboshlaydigan o'rindiqlar va o’rnatilgan stol, shuningdek video ko'rish uchun monitor bilan jihozlangan. Poezdning barcha hududlari chekmaydiganlar hududi hisoblanadi.

Vagonlarning barcha salonlari kiyim uchun ilgichlar va katta yuk saqlash uchun joy, shuningdek an'anaviy yuk javonlari bilan jihozlangan. Vagonda nogiron insonlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan, uchinchi vagonda nogironlar aravachasini joylashtirish uchun temir yo’l xodimini chaqirish tugmasi o’rnatilgan maxsus tutqichli joylar ham mavjud. Poezd hududida pollarning bir xil balandlikda bo’lganligi nogironlar aravachasini tashishga yordam beradi.

Download 27.21 Kb.
1   2




Download 27.21 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bu bilan infratuzilmani, Yagona dispetcherlik markazi, lokomotiv ho’jaligi, yuk hujjatlari bilan ishlash bo’linmalari va qutqaruv-qayta tiklash ishlari bo’linmalarini xususiylashtirishmaslik belgilangan

Download 27.21 Kb.