Bu qaysi mamlakat?




Download 19.76 Kb.
Sana07.08.2022
Hajmi19.76 Kb.
#25139
Bog'liq
1650265002, 2 5228750502488971694

1-savol: Janubiy Afrikada yashovchi gerero degan qabilada «Ularga qo‘shni bo‘lishdan og‘irroq musibat yo‘q» degan maqol bor. Ho‘sh bu maqol nima yoki kim haqida?

2-savol: Nemis kimyogarlari Gans Tropsh va Frants Fisher 1924 yilda uglerod oksidi va vodorod aralashmasidan past bosim ostida uni sanoat miqiyosida olishning yangi usulini ochdilar.


Nimaning?

3-savol: Moviy ko‘llari va daryolarining betakror go‘zal manzarasi, bu davlat qarag‘ayining nafis yam-yashilligi tufayli bu davlatni qadimdan «Tonggi musaffolik mamlakati» deb atashadi.


Bu qaysi mamlakat?

4-savol: «Kristallos» so‘zi yunonchadan tarjima qilinganda qanday ma’noni bildiradi?


5-savol: Dunyodagi eng yebto‘ymas mavjudot u ekan. Chunki, u 2 soat ichida 40 ta pashsha va chivinlvrni yeb bitirar ekan. U qaysi mavjudot?

6-savol: O’tmishda yashab o‘tgan buyuk yozuvchilar, kompozitorlar, rassomlar ko‘pincha klassiklar deyiladi. «Klassik» so‘zi eng yaxshi, barkamol, namunali, hamma e’tirof qilgan kabi ma’nolarni anglatadi. Shunday bir alohida fan ham borki, u o‘zining barkamolligi tufayli klassik fan deyiladi. Bu qaysi fan?

7-savol: Turkman yozuvchisi Berdi Kerboboev «Men uni qardosh O’zbekiston adabiyoti osmonidagi oy deb hisoblayman. U yaratgan mashhur asarlarning O’zbekiston tuprog‘iga alangali nur sochayotganini kim tan olmaydi?» deb yozgan edi. U kim haqida shunday yozgan?

8-savol: Bu davlatni ko‘pincha «Qoldiq xayvonlar muzeyi» deb atashadi. Qaysi davlatni?

9-savol: Umar Xayyomning ruboiysini tinglang:
Dunyoning tilagi, samari xam u,
Aql ko‘zin qorasi-javhari xam u.
To‘garak jaxonni uzuk deb bilsak,
Shaksiz uning ko‘z-gavhari xam u.
Umar Xayyom u deganda nimani nazarda tutgan?

10-savol: Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vassalam aytganlar: «U bamisoli Allohning yerdagi bayrog‘idir. Qachonki biror bandasiga yomonlikni iroda qilsa, uning bo‘yniga shu bayrog‘ini ilib qo‘yadi». U nima?

11-savol: Xaros Mann yozgan: «U arqonga o‘xshaydi – biz uni kundan kunga bitta toladan o‘rib boramiz va ohir oqibat uni uzish uchun bizning kuchimiz yetmay qoladi». U nima?

12-savol: Payg‘ambarimiz u xaqida shunday deganlar: «U zulmatda quyosh, vaxshatda hamroh, yolg‘izlikda yo‘ldosh, begona yurtda sirdosh, og‘ir damda raxbar, dushmanga qarshi quroldir». U nima?

13-savol: Bu asarni deyarli barchamiz sevib o‘qiganmiz. U dastlab paydo bo‘lganida «Alif layla va layla» deb nomlanadi. Bu asar o‘zbekcha qanday nomlanadi?
14-savol: Aleksandr Dyuma: «Bu boshqalardan ko‘ra o‘ziga ko‘proq azob berish san’atidir» degan. Nima haqida shunday degan?
15-savol: Turkiyaning ayrim qishloqlarida hozirgi kunga qadar qiz kuyovning haqiqiy yigit ekanligini ko‘rsatish maqsadida uning eshigi oldida ko‘pchilikni yig‘ib unga nisbatan bir ishni qiladi. Nima qiladi?

16-savol: Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asarida unga tog‘dan-tog‘gacha o‘tkazilgan tom» deb ta’rif berilgan. U nima?

17-savol: Bu so‘z yunonchada «katta kosa» degan ma’noni bildiradi. Bunday «katta kosa»lar yerdan ko‘ra boshqa joyda ko‘proq. Qaerda?

18-savol: «Zichi Ko‘ragoniy» asarida odatdagi matematik formulalar ham, tenglamalar ham, yulduzlar nomi ham yo‘q, hatto ushbu asarda ulardan birortasini uchratmaysiz. Ular o‘sha paytlarda harflar bilan ifodalangan. Ular nimalar?


19-savol: A.S.Pushkin aytgan: «Ular ma’rifatning pochta otlaridirlar». Qaysi kasb vakillari haqida shunday degan?
20-savol: U haqida Ismoil Jurjoniy «U hamma uchun foydali, charchoqni chiqazadi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi» degan. Ruslarning 1770 yilda chop etilgan kitobida uni «ikkinchi ona» deb tasvirlaydilar. U nima?

21-savol: Tog‘ay Murodning «Oydinda yurgan odamlar» asarida u shunday ta’riflanadi: «U-elimiz ta’rixi. Unda elimiz kechirmish hayitlari bor, fojialari bor. U-qo‘shiq, elimizning azaliy ham so‘ngsiz qo‘shig‘i». U nima?


22-savol: Uning qirqdan ortiq turi bor: ivitma, bedana, to‘g‘rama, to‘y, sofaki, qorma, suzma va b. Ularni tayyorlash o‘zbeklar o‘rtasida, ayniqsa erkaklarga hos fazilat hisoblanadi. U nima?

23-savol: O’rta Osiyo xalqlari uni «to‘qson» deb ataganlar. Yana bunga ehtiyot yuzasidan 10 ni qo‘shib, yuzga to‘lg‘azib, «Sad pok» deb yuritganlar. Ular nimani shunday ataganlar?

24-savol: Ro‘dakiyning iste’dodli shogirdi Shohid Balxiy shunday yozgan edi: «Bu ikkovi –nargis guli bilan atirguldir, ularhxech qachon birgalikda ochilmaydilar. Ulardan birinchisi kimda bo‘lsa, ikkinchisi bo‘lmaydi». U ikki narsnima?

25-savol: Sherning ilonga aylanishi aql bovar qilmaydigan holat. Lekin bir asarda sherni ilon deb, o‘qilon deb atashadi. U qaysi asar?

26-savol: Gyote shunday yozgan edi: «U hazillarni tan olmaydi, u doimo haqqoniy, doimo jiddiy, doimo qattiqqo‘l, u doim haq, xatolar va yanglishishlar insonlar tomonidan kelib chiqadi».


U nimaga shunday ta’rif bergan?

27-savol: Rimliklar gallarni masharalab, ularni bir nom bilan ataganlar, chunki gallar dubulg‘alariga o‘sha narsani qadab yurar edilar. Ular nima qadab yurishgan?

28-savol: Hind faylasuflari Charvak degan ta’limot yaratganlar. Bu ta’limotga ko‘ra, ilm va bilimning bosh manbai - aynan udir. U nima?

29-savol: Ushbu tabiat hodisasi haqida hamma narsa ma’lum va hech narsa ma’lum emas.


Optiklar tasvirlar va formulalar bilan bu hodisa haqida gapirib berishlari mumkin. Ularni o‘rganish deyarli mumkin emas, chunki ular buyurtma bo‘yicha paydo bo‘lmaydilar. Agar siz so‘z qaysi tabiat hodisasi haqida ketayotganligini topgan bo‘lsangiz, shu tabiat hodisasi nomi bilan ataluvchi asar yozgan o‘zbek yozuvchisini ayting.

30-savol: Mashhur «Misr katta yodgorligi» da fir’avn Ramses II ning podshohligi haqida yozilgan va uning yoshi 3300 yil.Shundan 3130 yilini u o‘ziga qadrdon bo‘lgan Luqsordagi Nil qirg‘oqlarida turdi.Qolgan 170 yilini esa aynan mana shu o‘ziga begona bo‘lgan daryo bo‘yida o‘tkazmoqda.Bu qaysi daryo?
Download 19.76 Kb.




Download 19.76 Kb.