223
Bundan
tashqari, UZCLOUD mijozlari tadbirkorlarga Internet
tarmog‘i vositasida biznesni rivojlantirish imkonini taqdim etadigan veb-
xosting xizmatidan foydalanishlari mumkin. Shuningdek, Ma’lumotlarni
qayta ishlash va saqlash markazi mijozlarga quyidagi asosiy xizmatlari
taqdim etadi:
• Cloud computing – Bulutli hisoblash;
• Colocation – uskunalarni
joylashtirish;
• VDI – virtual ish stoli;
• VPS – virtual server.
Ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash markazi qo‘shimcha
xizmatlari o‘z ichida quyidagilarni jamlagan:
• videokonferensaloqa;
• ma’lumotlarni
rezervlash;
• telekommunikatsion infratuzilma;
• milliy kontentni rivojlantirish;
• Veb-xosting.
O‘zbekistonda MQIM qurish loyihasi to‘liq
Huawei kompaniyasi
(infratuzilma, server uskunalari, virtualizatsiya tizimi) bilan hamkorlikda
amalga oshirilgan birinchi bulutli data-markaz bo‘lib hisoblanadi.
Loyiha to‘liq amalga oshirilganidan so‘ng «O‘zbektelekom»
davlat
tashkilotlari va yirik korporativ mijozlar, shuningdek,
xususiy shaxslar
uchun xizmatlar, shuningdek,
biznes doirasini kengaytirib, zamonaviy
AKT xizmatlarini taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
8.5. Iqtisodiy axborot tizimlarida axborotlarni himoyalash
usullari
Hozirgi kunda axborot-kommunikatsiya tizimlariga bo‘ladigan
tahdidlar, ruxsatsiz tizimga kirish holatlari turli xil yo‘llar bilan amalga
oshirilishiga javoban xavfsizlikni ta’minlash turli xil usullar va vositalar
yordamida amalga oshirilmoqda.
Axborot xavfsizligini ta’minlash deganda
axborotni xavfsizligini
ma’muriy, texnik va texnologik himoyalash tushuniladi.
Axborot xavfsizligi tushunchasi. O‘zbekiston Respublikasi (
12.12.2002-y. N 439-II ) “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari
to‘g‘risida”
gi qonunda quyidagi tushunchalar keltirilgan:
axborot - manbalari va taqdim etilish shaklidan qat’i nazar shaxslar,
predmetlar, faktlar,
voqealar, hodisalar va jarayonlar to‘јrisidagi
ma’lumotlar;