• 4.2. Darsda foydalanilgan yangi pedagogik texnologiyalar fikrlar tarmoqlanishi yoki klaster texnologiyasi
  • Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti «tuproqshunoslik va geografiya»




    Download 1.34 Mb.
    bet34/38
    Sana26.06.2021
    Hajmi1.34 Mb.
    #15179
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
    Blits savollari

    1. Pomidorni qayta ishlab sharbat olish texnologiyasi

    2. Pomidorni qayta ishlab pyure olish texnologiyasi

    3. Pomidordan tomat halimi olish texnologiyasi

    4. Pomidor konservalari tayyorlash texnologiyasi

    5. Pomidordan tomat pastasini olish texnologiyasi

    6. Pomidordan sharbat olish texnologiyasi

    7. Pomidorni qayta ishlab tomat olish texnologiyasi

    8. Pomidorni qayta ishlab sharbat olish texnologiyasi

    9. Pomidorni sirkalash texnologiyasi


    4.2. Darsda foydalanilgan yangi pedagogik texnologiyalar

    fikrlar tarmoqlanishi yoki klaster texnologiyasi

    Klaster texnologiyasi talabalarni uyga berilgan vazifani yoki yangi mavzuni, yakka yoki guruh holatida qanday o‘zlashtirib olganlari, guruh bilan o‘zaro muloqat, bahs-munozara orqali mavzuni qanday darajada o‘zlashtirilganlarini aniqlashga va ularni bilimlarini nazorat qilibgina qolmay, balki baholashga ham imkon yaratadigan o‘ziga xos uslub hisoblanadi.

    Pedagogik ahamiyatga ega bo‘lib, talabalarni biror bir mavzuni chuqur o‘rganishlariga yordam beradi, talabalarni mavzuga taaluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin hamda ochiq holda ketma-ketlik bilan uzviy bog‘lagan holda tarmoqlanishiga o‘rgatadi. Shu bilan birga mavzuni chuqur o‘rganishdan avval talabalarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hhamda kengaytirish uchun xizmat qilishi, o‘tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o‘zlashtirish, umumlashtirish hamda talabalarni shu mavzu bo‘yicha tassavurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi. Bu esa talabalarga o‘z bilimlari, tushunchalari va tasavvurlari darajasini aniqlashga yordam beradi.

    Darslarni klaster texnologiyasida o‘tkazish quyidagicha amalga oshiriladi: Bunga ko‘ra birinchi bosqichda - uyga berilgan mavzuning asosi bo‘lgan bir fikr so‘z doskaga yoziladi. “Nima” savoli bilan o‘qituvchi talabalarga murojat qiladi. Masalan: Morfologiya. Ikkinchi bosqichda - asosiy so‘zdan “nima” savoliga javob beruvchi yana bir necha fikr ketma-ketligi paydo bo‘ladi. SHu o‘rinda ta’kidlash joizki, imkon qadar fikr bir so‘zdan iborat bo‘lishi lozim (1-rasm).

    Rasmdan ko‘rinadiki, morfologiya nima? Morfologiya – bu ..., morfologiya – bu morfologiya – bu ... bo‘lishi mumkin.

    Uchinchi bosqichda asosiy fikrdan kelib chiqqan fikrlardan biri talabalar bilan birgalikda tanlab olinadi, “nima” savol berilib, fikrlar tugagunga qadar yozib boriladi.

    To‘rtinchi bosqichda yozib berilgan fikrlar tugab qolsa, yana yangi bir fikrni tanlab, uni ham “nima” savolini berib yana fikrlar ketma-ketlikda yozib boriladi. Bunda fikrlarning ketma-ketligi va o‘zaro bog‘liqligini ko‘paytirishga intilish yaxshi natija beradi.

    Mazkur texnologiyaning 3 variant ko‘rinishda o‘tkazish mumkin. Bunga ko‘ra ikkinchi variantning birinchi bosqichida auditoriya guruhlarga bo‘linadi, uy vazifa bo‘yicha yoki yangi mavzu bo‘yicha mavzudan kelib chiqqan holda bir xil yoki har xil fikrlar beriladi, ikkinchi bosqichda esa o‘qituvchi tomonidan belgilangan vazifani sodda va murakkabligiga qarab 5-10 minut vaqt beriladi, uchinchi bosqichda guruhlardan bittadan a’zo chiqib yozilgan fikrlar ketma-ketligi o‘qib beriladi.




    Download 1.34 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




    Download 1.34 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti «tuproqshunoslik va geografiya»

    Download 1.34 Mb.