• 1.2. Meva va sabzavot maxsulotlarigia birlamchi ishlov berish fanini o‘qitishda didaktik materiallardan foydalanish, ularniig turlari va didaktik imkoniyatlari.
  • bob. 1.1 O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim To‘g‘risida”gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘risida»gi qonunlarining mazmun mohiyati




    Download 0.85 Mb.
    bet7/38
    Sana26.06.2021
    Hajmi0.85 Mb.
    #15179
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38
    1 bob. 1.1 O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim To‘g‘risida”gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘risida»gi qonunlarining mazmun mohiyati

    O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimining metodologik asoslari quyidagilar hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘risida»gi qonuni: O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘risida»gi qonuni Qomusiy qonun, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi O‘n ikkinchi chaqirig’i O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligini nishonlash maqsadida Konstitutsiya qabul qilingan kun- 8 dekabr umumxal bayrami va dam olish kuni sifatida belgilab qo‘yilgan. 1978 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 1992 yil 8 dekabrdan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan. Mazkur qonunda O‘zbekiston xali -inson huquqlariga va davlat suvereniteti oyalariga sodiqligini tantanali ravishda e’lon qilib; hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak ma’suliyatini anglagan holda o‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga suyanib; -demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib; xalqaro uuning umum e’tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda; -respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga intilib; -insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni ko‘zlab; -fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash maqsadida; -o‘zining maxtor vakillari siymosida O‘zbekiston Respublikasining mazkur konstitutsiyasini qabul qilgan. Respublikamiz asosiy qomusi VI bo‘lim 26 bob va 128 moddadan iborat. Konstitutsiya mohiyati va mazmuni boshqa ijtimoiy fanlarni o‘rganish davrida chuqur o‘rganganligi bois, uning bevosita ta’lim-tarbiya bilan bog’liq 41 va 42 moddalariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

    Konstitutsiyamizning 41-moddasida. har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir.

    42-moddasida. har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qiladi deb belgilab o‘yilgan.

    Mustaqil O‘zbekistonning birinchi "Ta’lim to‘g’risidagi" qonuni 1992 yil 2 iyulidan amalga joriy etilgan bo‘lib, u VII bo‘lim 44 moddadan iborat edi.

    Amaldagi ta’lim to‘g’risidagi qonunga binoan respublikamizda hech bir mamlakatda avval ishlab chiqilmagan va amalga joriy etilmagan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonunidir. Bu qonun ham O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX-sessiyasida 1997 yil 29 avgust kuni qabul qilingandir.

    Fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-unar o‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilgan.

    Uzluksiz ta’lim tizimi va turlari: maktabgacha ta’lim; umumiy o‘rta ta’lim; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; oliy ta’lim; oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta’lim.

    Pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash , ayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.

    Ta’lim jarayonini mazmunan isloh qilish.

    Ma’naviy-axloqiy tarbiya va ma’rifiy ishlar.

    Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlar.

    Ta’lim tizimini boshqarish.

    Kasb-hunar ta’limi sifatini nazorat qilish tizimini shakllantirish.

    Ta’lim tizimini moliyalash.

    Moddiy-texnikata’minoti.

    Ta’lim tizimining yaxlit axborot makonini vujudga keltirish. (monitoring).

    Ta’ lim xizmati ko’rsatish bozorini rivojlantirish.

    Ta’lim sohasida ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash hamda bu sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi.

    Fan va ta’lim jarayonlari aloqalarini rivojlantirish.

    Ishlab chiqarish va ta’lim tizimi integratsiyalashuvini rivojlantirish.

    Ta’ lim bilan kadrlar tayyorlash soasidagi xalqaro hamkorlik.

    V.Bo‘lim. Dasturni ro‘yobga chiqarishga doir tashkiliy chora tadbirlar
    Uzluksiz ta’lim tizimi o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:

    maktabgacha ta’lim; umumiy o‘ rta ta’ lim; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; oliy ta’lim;

    oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta’lim. Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi. O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-itisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir.

    Uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.

    Ta’lim muassasalarini hududiy yo‘nalishga o‘tkazish va tarkibiy tuzilmasini o‘zgartirish ishi amalga oshiriladi. Uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish va uning samaradorligini baolash monitoringi amalga oshiriladi.

    Uzluksiz ta’lim tizimi uchun pedagog kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash ustivorligi ta’minlanadi.

    Ta’limning uzluksizligi shunday ma’no beradiki, inson tug’ilgandan boshlab toki umrining oxirigacha ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lsin.

    Kasb-hunar ta’limi- talabalarning kasb-hunarga moyilligini, layoqatlarini, bilim va ko‘nikmalarini chuur rivojlantirish ularning tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha bir yoki bir necha zamonaviy kasb egallash imkonini beradi.

    Oliy ta’lim - uzluksiz ta’lim tizimining yuqori malakali mutaxassislar to‘yyorlovchi mustaqil turi. U oliy ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Oliy ta’lim quyidagi ikki bosqichdan iborat: bakalavriat va magistratura.

    Bakalavriat - o‘rta masus kasb-hunar ta’limi negizida oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha fundamental bilimlar beradigan, o‘qish muddati to‘rt yildan kam bo‘lmagan tayanch oliy ta’lim;

    Magistratura - bakalavriat negizida o‘qish muddati kamida ikki yil bo‘lgan ani mutaxassislik bo‘yicha oliy ta’lim; Bakalavr. magistr- oliy ta’limning tegishli bosqichiga muvofiq dasturlarni mavaffaqqiyatli o‘zlashtirgan shaxslarga beriladigan akademik darajalardir.

    Yuqorida keltirilgan jumlalar mazmuni, ular umuman respublikamiz ta’lim tizimi, shuningdek kasb-hunar ta’limining ham metodologik asosi ekanligiga ishoradir. Kasb-hunar ta’limining metodologik asoslarisiz uni maqsadi, vazifalari, mazmuni, tashkil etish shakllari, metod va vositalari, ishtirokchilari, natijalari hamda bu jarayonga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish mumkin emas. Kasb-ta’limining metodologik asoslari uning me’yoriy hujjatlarni aniqlashga imkon beradi.


    1.2. Meva va sabzavot maxsulotlarigia birlamchi ishlov berish fanini o‘qitishda didaktik materiallardan foydalanish, ularniig turlari va didaktik imkoniyatlari.

    Didaktik vositalar majmuasini ishlab chiqish uchun avvalo biz o’quv jarayonini olib borish uchun qanday turdagi didaktik vositalardan foydalanish yaxshi natija berishini aniqlab olishimiz zarur. Chunki bugungi kunda didaktik vositalarning juda ko’plab turlari mavjud bo’lib ularning hammasidan ham o’quv jarayonida bir vaqtning o’zida foydalanishning hech imkoni yo’q. Ikkinchidan har bir didaktik vosita o’ziga xos xususiyatga ega bo’lganligi uchun o’quv jarayonining turli xil mashg’ulotlarida turlicha samara berishi mumkin. Misol uchun trenajorlar mexanik-haydovchilarni tayyorlashda yaxshi samara bersa, informatsion-texnika vositalari EXM operatorlarini tayyorlashda yetakchi rol o’ynaydi. Demak zamonaviy loyixalashning asosiy tamoyillaridan biri didaktik vositalar majmuasini ishlab chiqishda qo’llaniladigan vositalarning samaradorligini inobatga olishdir.

    Bugungi bozor iqtisodi qoidatari bilan yashayotgan jamiyatimizda har bir o’quv yurtining moddiy texnika bazasi o’zgacha bo’lganligi uchun, ularda mavjud bo’lgan didaktik vositalarning turi, miqdori va sifati ham turlichadir. Shuning uchun didaktik vositalar majmuasini ishlab chiqayotgan o’qituvchi o’zi ishlayotgan o’quv yurtining real imkoniyatlarini ham inobatga olishi kerak. Misol uchun o’quv jarayonida illyustrativ materiallarni namoyish qilishda zamonaviy, qimmat proeksion apparatlar bo’lmagan taqdirda oddiy proeksion apparatlardan foydalansa ham foydadan xoli bo’lmaydi. Chunki videoproektor yo’qligini ro’kach qilib darsda diaproeksion apparatdan foydalanmaslik hech bir tamoyilga to’g’ri kelmaydi. Aksincha hech bo’lmasa diaproektor yordami bilan illyustrativ materialni namoyish qilish darsda qanchalik samara berishini har bir o’qituvchi juda yaxshi biladi. Albatta, o’qituvchilar o’quv jarayonida, imkon qadar didaktik vositalarning zamonaviylaridan foydalanishi kerak bo’lganligi uchun, loyihalashning asosiy tamoyillaridan yana biri mavjud imkoniyatlardan optimal foydalanishdir.

    Bugungi kunda o’quv yurtlarida didaktik vositalarning ko’p turlari mavjud bo’lib, ularning ichida eski xarid qilingan o’quv texnika vositalari bilan birgalikda yangi xarid qilinayotgan zamonaviy o’quv-texnikalar ham bor. Mana shu o’quv yurtining didaktik vositalar parkidan o’qituvchi o’zi uchun foydalanishga qulay bo’lgan, uning uslubiga mos keladigan, kasbga tayyorlash xususiyatlarini hisobga oluvchi, maksimal samara beruvchi va so’nggi texnologiyalar asosida ishlaydiganlarini tanlab olishi kerak. Masalan ijtimoiy yo’nalishdagi mutaxassislarni tayyorlashda diaproeksion apparatlar qo’l kelsa, texnika yo’nalishdagi mutaxassislarni tayyorlashda grafoproektorlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Amaliy mashg’ulotlarni olib borayotgan o’qituvchi uchun "Polilyuks-1" grafoproektori yoki "Raduga-2" kinoproeksion apparati foydalanishda qulay bo’lsa, nazariy mashg’ulotlarni olib boruvchi uchun "Lektor-2000" grafoproektori yoki "Ukraina.-5" kinoproeksion apparatidan foydalanish qulay hisoblanadi. Bundan kelib chiqadi-ki, didaktik vositalar majmuasini loyixalashda vositalarni tanlashga ham rioya qilish kerak.

    O’quv jarayonida didaktik vositalardan foydalanishning hajmiy me’yori mavjud. Chunki didaktik vositalardan keragidan ortiq foydalanilsa bu talabalarning toliqishiga, ularga o’quv materiali to’liq xajmda berilishiga ulgurmaslikka yoki bo’lmasa talabalarning o’quv materialini to’liq hazm qilib ololmasliklariga olib kelishi mumkin. Darsda videomaterial namoyish qilinayotganda u dars hajmining uchdan bir qismidan ko’p vaqtni olmasligi kerak. Videomaterialni tomosha qilayotgan talabalarning sezgi organlari tinglayotgan talabalarnikidan ko’ra faolroq va ko’proq ishlaydi. Tinglayotgan talabalar faqat eshitish organini ishga solsa, videomaterialni tomosha qilayotgan talabalarning ham eshitish, xam ko’rish organlari ishlayotgan bo’ladi va bu ularning tez toliqishiga olib keladi. Bundan tashqari videomaterial namoyish qilingandan so’ng o’qituvchi qisqacha shu materialning ochilmagan tomonlarini sharxlab berishi, xulosalashi va zarur bo’lib qolganda bu to’g’risida auditoriyada munozara o’tkazishi kerak. Chunki, videomaterialning barcha fragmentlari talabalarga tushunarli bo’lmasligi, undagi ma’lumotlar talabalar uchun tanish bo’lmasligi yoki bo’lmasa qo’shimchalar kiritilishi kerak bo’lishi mumkin. Buning yana bir tomoni o’qituvchi videomaterialni namoyish qilishga ko’p vaqt sarflab didaktik vositalardan foydalanish me’yoridan oshib ketsa, bugungi darsda qo’yilgan maqsadga erisha olmasligi, o’quv materialini to’liq bera olmasligi mumkin. Videomaterial namoyish qilingandan so’ng shu mavzuga doir savol-javob o’tkazish, unga doir misol-masala ishlash yoki bo’lmasa topshiriq berish o’quv materialini to’liq o’zlashtirish imkonini beradi. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, zamonaviy loyixalashning asosiy tamoyillaridan yana biri didaktik vositalar majmuasini loyixalayotganda vositalardan foydalanishning xajmiy me’yorini inobatga olishdir.

    O’quv jarayonida didaktik vositalarni tanlaganda va ularning majmuasini loyihalayotganda yana quyidagilarga ham e’tibor berish kerak. Majmuani tashkil etuvchi didaktik vositalarni auditoriyada shunday joylashtirish kerak-ki, ular o’qituvchi yoki talabalarga xalal bermasligi, foydalanish uchun qulay bo’lishi va auditoriyada ko’p joyni egallamasligi kerak. Jixozlar va didaktik vositalar majmuasi barcha talabalarga ko’rinadigan joyga quyilishi, laboratoriya stollari va o’tish yo’laklari orasidagi masofa 1-1,5 m bo’lishi, ish joyiga yoki stolga tabiiy yorug’lik chap tomondan, sun’iy yorug’lik yuqoridan tushishi kabi talablarga javob berishi kerak. Majmua loyixalanayotganda sanitariya normalari xisobga olinishi ham maqsadga muvofiqdir. Demak didaktik vositalar majmuasini loyixalayotganda vositalarni joylashtirish yoki komponovkalashga ham e’tibor berish kerak. Bu qayd etib utilgan tamoyillar zamonaviy loyixalashda qo’llaniladiganlarining asosiylaridan hisoblanadi. Umuman olganda zamonaviy loyixalashda aniq reglametga yozib quyilgan tamoyillarga rioya qilish talab qilinmaydi. Asosiysi loyixalanayotgan majmua yaxshi samara berishi kerak. Bundan kelib chikadi-ki, har bir o’qituvchi o’z tajribasi, ijodiy qobilyati va sharoitiga qarab yuqorida keltirilgan tamoyillarga tayanib didaktik vositalar majmuasini loyixalashi mumkin.





    Download 0.85 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38




    Download 0.85 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    bob. 1.1 O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim To‘g‘risida”gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘risida»gi qonunlarining mazmun mohiyati

    Download 0.85 Mb.