Sistemali snnashuv va "I-M-M" sistemasi




Download 1.34 Mb.
bet8/38
Sana26.06.2021
Hajmi1.34 Mb.
#15179
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38
Sistemali snnashuv va "I-M-M" sistemasi. Bugungi kunda o’quv jarayonida qo’llaniladigan didaktik vositalar majmuasi loyixalanayotganda inson omili va loyixalanayotgan majmuaning ishlash muhiti inobatga olinishi kerak. Shuning uchun o’quv jarayonida sistemali yondashuv va "I-M-M" sistemasining ahamiyati juda katta. Tuzilma loyixalanayotganda inson omili, ya’ni undan foydalanuvchi o’qituvchi va o’quvchilarga qo’yiladigan shartlar va talablar, foydalanuvchilar uchun beriladigan kulayliklar va imkoniyatlar, xisobga olinishi kerak. Avvalo o’quv jarayonida ko’zda tutilgan maqsadga erishish uchun o’qituvchi majmuaning imkoniyatlaridan maksimal foydalanishi kerak, majmua foydalanish uchun qulay bo’lishi, ko’p vaqt, mexnat va malaka talab qilmasligi kerak. O’quvchilarga o’quv materialni tushunarli tarzda yetkazish, bilimlarni o’zlashtirish, malakalarini oshirish uchun maksimat imkoniyat bera olishi kerak.

Majmuaning muvaffaqiyatli ishlashida ish o’rnini loyixalash ustuvor omil hisoblanadi. Ish o’rni qo’llanilayotgan majmuaning asosiy qismi hisoblanadi. Loyihalanayotgan majmualar murakkabligi va bajaradigan ishiga qarab bir yoki bir nechta ish o’rinlariga ega bo’ladi. Masalan oddiy majmualardan bo’lmish, videoyozuvlarni saqlash va bo’lajak dars uchun saralash statsionar shkaf-modulidan faqat o’qituvchining o’zi foydalangani uchun unda birta ish o’rni loyixalangan. Misol uchun murakkab majmualardan bo’lmish "Malaka darajasini berish markazi"da bajariladigan ishlarning ko’lami va tashkil etilgan bo’limlarning soniga qarab kamida beshta ish o’rni loyixalanadi. Lekin loyixalangan majmuaning muvaffaqiyat bilan ishlashi, undagi ish o’rinlarining soni qanchaligidan qat’iy nazar, ish o’rni yoki o’rinlarining qanchalik qulay, universal va ko’p imkoniyatlarga ega qilib loyixalanishiga bog’liq. Bunga biz, keyingi mavzularimizda alohida majmualar bilan tanishganimizda xam amin bo’lamiz.





Download 1.34 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38




Download 1.34 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sistemali snnashuv va "I-M-M" sistemasi

Download 1.34 Mb.