Buxoro davlat universiteti




Download 1.65 Mb.
bet3/19
Sana09.02.2021
Hajmi1.65 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19

KIRISH.


O`zbekiston Respublikasida ,birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning 2013-yil 1-mart «Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari» to`g’risidagi farmoni va «Xalqaro quyosh energiyasi institutini tashkil etish» to`g’risidagi qarori O`zbekistonda muqobil energiya manbalarini rivojlantirish issiq suv va issiqlik ta`minoti uchun past potensialli qurilmalarni yaratish, elektr quvvati olish uchun fotoelektrik va termodinamik o`zgartkichlar, maxsus materiallar sintezi texnologiyalarida, materiallar va konstruksiyalarga termik ishlov berishda quyosh energiyasidan foydalanish bo`yicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari ayniqsa faol va samarali olib borilishida muhim ahamiyat kasb etadi. O`zbekistonda muqobil energiya manbalaridan, eng avvalo quyosh energiyasidan foydalanish sohasida ilmiy va eksperimental tadqiqotlar olib borish borasida salmoqli tajriba to`plangan bo`lib, ular yuzasidan bir qancha o`n yillar mobaynida ishlanmalar olib borilmoqda.

Issiq suv va issiqlik ta`minoti uchun past potensialli qurilmalarni yaratish, elektr quvvati olish uchun fotoelektrik va termodinamik o`zgartkichlar, maxsus materiallar sintezi texnologiyalarida, materiallar va konstruksiyalarga termik ishlov berishda quyosh energiyasidan foydalanish bo`yicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari ayniqsa faol va samarali olib borilmoqda.

Mustaqil Respublikamiz sharoitida issiqlik energetikasi sanoat va qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning yetakchi omili hisoblanadi.Yer yuzida aholi sonining ortib borishi qo’shimcha energetik, ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni vujudga kelishiga sabab bo’lmoqda. Hozirgi vaqtda energetika ta’limida ekologik toza energiya quyosh,shamol,daryo,dengiz va okean suvlari manbalaridan foydalanishni taqozo etmoqda.

Quyosh barcha energiya manba’lari bilan taqqoslanganda yangilanadigan bitmas-tuganmas energiya manbai sifatida ajralib turadi. Quyoshdan elektr energiyasi olishning ham bir necha usullarisinovdan o’tkazilgan. Bulardan iqtisodiy jihatdan eng qulayi quyosh issiqlik elektr stansiyalari. Bunda qo’rgon tepasiga o’rnatilgan qabul qiluvchiga qator gleostad oynalar to’plangan quyosh energiyasini uzatadi. Quyosh energiyasi suvni qizdiradi, hosil bo’lgan bug’ esa oddiy bug’ trubinasiga jo’natiladi. Bu qurilmalar joyning iqlim sharoitiga hamda kecha va kunduz sikliga bevosita bog’liqdir. O’rta Osiyo Respublikalari teretoriyalarining 37-42 kengliklarida joylashgan shu joylarda quyosh energiyasidan amaliy maqsadlarda foydalanish mumkin. Surhondaryo viloyati 37 kenglikda joylashganligi quyosh energiyasidan turli soxalar masalan suvni isitish, geliotiplitsalar, meva quritish, elktr energiyasi, uylarni isitish va boshqa maqsadlarda foydalanish yaxshi natija beradi. Termiz sharoitida qurilgan passiv sistemali quyosh uylaridan olingan natijalar shuni ko’rsatadiki uyni isitish mavsumida 60-65% energiyani tejash mumkun. Bahor, yoz, kuz paytlari ehtiyoj uchun uyni issiq suv bilan taminlash mumkunligi aniqlandi.



O`zbekiston Fanlar akademiyasining "Fizika-Quyosh" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi selektiv qoplamalar va quyosh issiqlik qurilmalari laboratoriyasida bunday vazifalar echimini topishga xizmat qiladigan noan`anaviy, qayta tiklanuvchan va ekologik toza quyosh energiyasidan issiqlik manbai sifatida foydalanuvchi qurilmalar majmuasi yaratildi. O`zbekiston energetiklarining bu 
borada qo`lga kiritgan yutuqlari quyosh energiyasidan issiqlik ta`minoti tizimlarida keng foydalanish imkonini beradi. Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan 65 million tonna shartli yoqilg`ining uchdan bir qismi aholining issiqlik energiyasiga bo`lgan ehtiyojini qoplash uchun sarflanadi. Agar uning 25 foizi quyosh energiyasi hisobiga qoplansa, talab qilinadigan an`anaviy yoqilg`i miqdori sezilarli kamayadi, atrof- muhitga yetkazilayotgan zararning oldi olinadi. Quyosh energiyasini issiqlik energiyasiga aylantiruvchi qurilma quyosh kollektori deb ataladi. Iste`molchilarning issiqlik energiyasi yoki issiq suvga bo`lgan ehtiyojini istalgan vaqtda qondirish uchun yana qo`shimcha issiqlik energiyasi akkumulyatorlari talab etiladi. Hozirgi paytda olimlarimiz shunday qurilmalarning keng ko`lamda foydalanishga mo`ljallangan nusxalarini ishlab chiqib, amaliyotga tatbiq etish borasida izlanmoqda. Quyosh energiyasidan amalda foydalanishning yana bir muhim yo`nalishi uni fotoelektrik batareyalar yordamida elektr energiyasiga aylantirish va markazlashgan elektr tarmoqlari etib bormagan joylardagi iste`molchilarni ta`minlashdir. Bu borada jahonning rivojlangan mamlakatlarida samarali usullar yaratilgan.Quyoshdan olinadigan elektr energiyasi narxini yanada pasaytirishning istiqbolli yo`llaridan biri termodinamik usuldir. Bunda dastlab quyosh energiyasi harorati 300-350 daraja bo`lgan issiqlik energiyasiga aylantiriladi, keyin undan an`anaviy bug`-kuch qurilmalari yordamida elektr energiyasi hosil qilinadi.Bu usulda ishlab chiqilgan har bir kilovatt-soat elektr energiyasining narxi O`zbekiston iqlimi sharoitida 0,1 AQSh dollarigacha pasayishi mumkin.Tabiiyki, markaziy elektr tarmoqlaridan uzoqda joylashgan kam quvvatli energiya talab qiluvchi iste`molchilarni an`anaviy usulda elektr energiyasi bilan ta`minlash iqtisodiy jihatdan murakkab jarayon. Ilmiy izlanishlar natijasida yaratilgan yangi qurilma bunday muammoni bartaraf etishda nihoyatda qo`l keladi. 
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yurtimiz iqlim sharoitida quyosh, suv, shamol, biogaz singari noan’anaviy energiyalardan foydalanishning ulkan imkoniyatlari mavjud. Respublikamiz hududida yilning qariyb 350 kuni quyoshli bo‘ladi, doimiy shamol esib turadigan ochiq maydonlar ko‘p. Bunday tabiiy salohiyat bugungi kunda jahon miqyosida tobora ommalashib borayotgan yuqori samarali qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishda juda qo‘l keladi. Quyosh energiyasidan foydalanishning ilmiy-amaliy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasa hisoblangan O‘zbekiston Fanlar akademiyasining «Fizika-Quyosh» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga qarashli Fizika-texnika institutida yaratilayotgan ilmiy ixtirolar bunga misoldir.



Download 1.65 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Download 1.65 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universiteti

Download 1.65 Mb.