-bob bo’yicha qisqacha qulosa




Download 0.54 Mb.
bet18/19
Sana13.06.2021
Hajmi0.54 Mb.
#14988
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
2-bob bo’yicha qisqacha qulosa.

Ishlab chiqarish korxonalarida, ilmiy-tadqiqot ishlarida qo’llaniladigan ko’pgina ma’lumotlar tajribalar, o’lchovlar natijasida olingan bo’ladi. Ana shu olingan tajriba ishlari asosida olingan natijalar, ma’lumotlar asosida ular orasida bog’lanish qonuniyatlarini aniqlashni, hamda bu qonuniyatlarda ishtirok etuvchi asosiy omillarni ajratib olish, topilgan bog’lanish asosida bashoratlar qilishni bilishlari kerak.

Tajriba nuqtalari asosida topiladigan ana shunday bog’lanishlar turli ko’rinishdagi funksiyalar ko’rinishida topiladi. Ushbu ishda ham tajriba nuqtalari asosida ana shunday regressiya tenglamasi ko’rinishini aniqlash algoritmi va Delphi vositasida dasturi keltirildi. Ushbu algoritm va dasturdan o’quv yurtlarida matematik modellashtirish kurslarida, amaliy faoliyatda foydalanish mumkin.
XOTIMA
Matematik usullardan keng foydalanish nazariy tadqiqotlarning umumiy darajasini oshirishga va ularni tajribaviy tadqiqotlar bilan chambarchas aloqada olib borishga imkon beradi. Matematik modellashtirishga nazariya hamda tajribaning ko’plab yutuqlarini o’zida mujassamlashtirgan anglash, qurish, loyihalashtirishning yangi usuli sifatida qarash mumkin. Ob’ektning o’zi bilan emas, uning modeli bilan ishlash uning mavjud holatlardagi hatti-xarakatini tez va sarf -harajatlarsiz o’rganishga imkon beradi. Ayni paytda ob’ektlarning modellari ustida o’tkazilgan hisoblash (kompyuter, imitastiyaviy) tajribalari zamonaviy hisoblash usullarining quvvati va informatikaning texnik vositalariga tayanib, ob’ektlarni nazariy yondashuvga qaraganda to’laroq va chuqurroq o’rganiladi.

Tajribaviy va nazariy tadqiqotlarni rivojlantirmasdan turib matematik usullarning o’zigagina tayanib bo’lmaydi. Matematik usullarni samarali qo’llash uchun, avvalo, o’rganilayotgan jarayon yoki hodisani chuqur anglash, amaliy sohadagi mutaxassis va matematik bo’lish talab etiladi.

Ushbu malakaviy bitiruv ishida qo’yilgan vazifalarni bajarish mobaynida men avvalo shu mavzuga oid bir qancha yangi adabiyotlar bilan tanishdim. Ayniqsa yaqindagina Respublika miqyosida Toshkent shahridagi ’’Turon-Iqbol’’ bosmaxonasida chop etilgan Buxoro muxandislik texnologiyalari instituti Informatika va AT kafeddrasi professori Sh.R.Mo’minovning ‘’Matematik modellar va usullar’’ o’quv qo’llanmasi menda yaxshi taasurot qoldirdi. Qo’llanmada mavzular ketma-ketligi ravon, deyarli har bir mavzudagi materillar bo’yicha EXCEL elektron jadvalida yoki Paskal tilida dasturlar keltirilgan. Ushbu qo’llanmaning Respublika tanlovida g’olib bo’lganini eshitib mamnun bo’ldim.

Shuningdek Buxoro muxandislik texnologiya institute ’’Informatika va AT’’ kafedrasi katta o’qituvchisi M.J. Yunusovaning ’’Tajriba natijalarini qayta ishlash’’ fani bo’yicha ma’ruza matnlari va laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish bo’yicha uslubiy qo’llanmasidan ham foydalandim. Buning uchun ularga minnatdorchilik bildiraman.

Tajriba natijalarini qayta ishlash usullarini ishlab chiqishning ahamiyati beqiyos ekanini bildim binobarin, tajribalar faqat tabiiy va texnik fanlarning hamma sohalari bo’yicha yangi bilimlar olishni quvvatli vositasi bo’lib qolmasdan balki iqtisod, sosiologiya, siyosat , harbiy ishda, ishlab chiqarishni rivojlantirishda va yangi texnikadan foydalanishni takomllashtirishda ham zaruriy shart bo’lib hisoblanadi.

Har qanday tajribaning asosiy bosqichlaridan biri tajriba ma’lumotlarini qayta ishlashdir. Bu bosqichda o’rganilayotgan ob’ekt yoki hodisaning matematik modeli yaratiladi.

Ushbu ishda ana shu ketma-ketlikning asosiy bosqichlari keltirilgan. Ularning tajriba ma’lumotlarini qayta ishlashda ’’Matematik modellashtirish ’’ kurslarini o’qitish mavzularida foydalanish mumkin. Mening o’zim ham ushbu materiallardan maktabda, lisey yoki kollejda o’z mehnat faoliyatimda albatta foydalanaman.



Download 0.54 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Download 0.54 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob bo’yicha qisqacha qulosa

Download 0.54 Mb.