• I. O’quvchilar tomonidan misol va masalalar tuzish hamda ularni o’zgartirishga doir topshiriqlar.
  • II BOB. BOSHLANG’ICH SINF UCHUN MATEMATIKA TA’LIMIDA KOMPYUTERLI IJODIY TOPSHIRIQLARNI TADBIQ ETISHNING METODIK ASOSLARI




    Download 0.51 Mb.
    bet15/38
    Sana13.06.2021
    Hajmi0.51 Mb.
    #14990
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38
    II BOB. BOSHLANG’ICH SINF UCHUN MATEMATIKA TA’LIMIDA KOMPYUTERLI IJODIY TOPSHIRIQLARNI TADBIQ ETISHNING METODIK ASOSLARI
    2.1. Boshlang’ich sinf matematika ta’limida tadbiq etiladigan ijodiy topshiriqlar tasnifi

    Metodik adabiyotlarni o’rganish, ilg’or pedagogik tajribalarni tahlil qilish, boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish sharoitida ijodiy topshiriqlarning quyidagi turlarini ajratish lozimligini tasdiqladi.



    I. O’quvchilar tomonidan misol va masalalar tuzish hamda ularni o’zgartirishga doir topshiriqlar.

    Bunday o’quv topshiriqlarini bajarishda o’quvchilar misollar mazmuni ustida o’ylash va nazariy savollarga javob izlashga majbur bo’ladilar. Bu xil topshiriqlarning muhim xususiyatlaridan biri o’quvchini mustaqil fikrlash, izlanish, ishga ijodiy yondashishga undaydi.

    1-sinfning I choragidan o’quvchilarni …+…=…, …–…=… ko’rinishdagi sxemalar asosida misollar tuzishga o’rgatib borish lozim. O’quvchida son tarkibi, natural sonlarning hosil bo’lishi, jadvalli qo’shish va ayirish to’g’risida bilim, malakalar hosil qilishda bunday ish yaxshi samara beradi. Raqamli kartochkalardan foydalanib, misollar tuzishga oid quyidagi topshiriqlarni o’quvchilarga havola qilish mumkin:

    1. Javobi 5, 7, 8, 9, 10 bo’ladigan qo’shish va ayirishga doir misollar tuzing.

    2. Javobi 2, 4, 6, 8, 10 bo’ladigan bir xil qo’shiluvchilardan tuzilgan qo’shishga doir misollar tuzing.

    3. Ikkinchi qo’shiluvchi 1 ga teng, birinchi qo’shiluvchi o’rniga turli raqamlarni qo’yib, misollar tuzing. Qanday qonuniyatni ko’ryapsiz?

    4. 7+…=10, …+3=10 misolni bo’sh o’rinni to’ldirgan holda yozib oling. YOzilgan misollarni taqqoslang. Nimani kuzatdingiz?

    Bunday topshiriqlarni bajarish orqali, birinchidan, o’quvchi jadvalli qo’shishni bilgan holda misolni bajaradi, ikkinchidan, qo’shish amali komponentlarini eslaydi, misollarni taqqoslaydi, uchinchidan, “qo’shiluvchilarning o’rnini almashtirganda yig’indi o’zgarmaydi” degan qo’shish amalining o’rin almashtirish xossasini keltirib chiqaradi. Quyidagi topshiriqni 3-sinf o’quvchilari qiziqish bilan bajarishadi:

    5. Misol to’g’ri yechilgan bo’lishi uchun nuqtalar o’rniga qanday raqamni qo’yish kerak? …2+433=775 …6+6=…2

    3…2-115=197 27+…=…0

    Ushbu topshiriqlardan 1-ustundagilari bir yechimli, 2-ustundagilari esa ko’p yechimlidir.

    Misol tuzish o’quv topshiriqlarini boshlang’ich ta’limning barcha sinflarida ma’lum ketma-ketlikda bajartirish o’quvchida o’quv materiali bo’yicha chuqur bilim, malaka hosil qilinishi bilan birga unda ijodiy faoliyatning rivojlanishiga ham yordam beradi.

    Boshlang’ich sinf o’quvchilarini mustaqil masala tuzishga o’rgatish orqali ularning mantiqiy fikrlashlari, matematika faniga bo’lgan qiziqishlari ortadi, matematik nutqi o’sadi, ijodiy faoliyat shakllanadi.



    Download 0.51 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38




    Download 0.51 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    II BOB. BOSHLANG’ICH SINF UCHUN MATEMATIKA TA’LIMIDA KOMPYUTERLI IJODIY TOPSHIRIQLARNI TADBIQ ETISHNING METODIK ASOSLARI

    Download 0.51 Mb.