IX. Mantiqiy masala-topshiriqlar




Download 0.51 Mb.
bet23/38
Sana13.06.2021
Hajmi0.51 Mb.
#14990
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38
IX. Mantiqiy masala-topshiriqlar.

Bunday o’quv topshiriqlari o’quvchi tafakkuriga mo’ljallangan bo’lib, o’quvchining biluv faoliyatining rivojlanishiga katta yordam beradi.

«Bilishning hissiy va mantiqiy bosqichlari mavjud. Insonning hissiy bilishi uning sezgi, idrok, tasavvurlarida o’z ifodasini topadi. Hissiy bilish shakllari bo’lmish sezish, idrok qilish va tasavvur birinchi signallar sistemasining ta’sirida yuzaga keladi. Insonning mantiqiy bilishi uning tushuncha, hukm, xulosalarda o’z ifodasini topadi. Bu birinchi va ikkinchi signallar sistemasining birgalikdagi faoliyati mahsulidir».

O’quvchi mantiqiy topshiriqlarni bajarar ekan, topshiriq yuzasidan mushohada yuritib, ma’lum hukm va xulosalarni chiqaradi. Mulohazaning real (chin) yoki yolg’on ekanligini aniqlaydi.

Quyidagi ko’rinishdagi mantiqiy topshiriqlarni I-IV sinf o’quvchilari bilan matematika darslarida bajarish tavsiya etiladi.

1-topshiriq: Xo’roz tarozida ikki oyog’ida turgan holda o’lchanganda 4 kg chiqdi. Xo’roz bir oyoqda turgan holda o’lchanganda necha kilogramm keladi? (Javob: 4 kg)

2-topshiriq: Daraxt shoxida 7 ta chumchuq qator turibdi. To’rtinchi chumchuq uchib ketdi. Daraxt shoxida nechta chumchuq qoldi? (Javob: 6 ta)

3-topshiriq: 300 metr masofaga yugurish musobaqasida 3 ta sportchi qatnashdi. Har bir sportchi qancha masofaga yugurgan? (Javob: 300 m)

4-topshiriq: Nodirning opa-singillari nechta bo’lsa, shuncha akalari bor. Uning singlisi Umidaning akalari opalaridan uch marta ko’p. Oilada nechta o’g’il va qiz bor?

Ushbu ijodiy topshiriqni o’quvchi faqatgina mantiqan fikrlab yecha oladi. O’quvchi quyidagicha mushohada qilishi mumkin. Nodirning opa-singillari soni uning akalari soniga teng. Uning singlisi Umidaning akalari soni opasi sonidan uch marta ko’p. Demak, Umidaning 1 ta opasi va 3 ta akasi bor ekan. Oilada 3 ta o’g’il va 2 ta qiz bor.

Hayotdan olingan turli mantiqiy masala-topshiriqlar o’quvchiga zavq bag’ishlaydi. Topshiriqni yechish yo’llarini qidiradi. Bunday topshiriqlar o’quvchining nafaqat matematik bilim va malakalarini mustahkamlaydi, balki uning mantiqiy tafakkurini o’stiradi, o’quvchini izlanishga, topqirlikka, maqsad sari intilishga da’vat etadi.



Download 0.51 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38




Download 0.51 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



IX. Mantiqiy masala-topshiriqlar

Download 0.51 Mb.