Masofaviy ta’limni qo’llab-quvvatlovchi tizimlar va ularning texnik asoslari




Download 4.25 Mb.
bet13/63
Sana13.06.2021
Hajmi4.25 Mb.
#14998
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   63

1.2.Masofaviy ta’limni qo’llab-quvvatlovchi tizimlar va ularning texnik asoslari.


Masofaviy o`qitish tizimi – masofaviy o`qitish shartlari asosida tashkil etiladigan o`qitish tizimi. Barcha ta’lim tizimlari singari masofaviy o`qitish tizimi o`zining tarkibiy maqsadi, mazmuni, usullari, vositalari va tashkiliy shakllariga ega.

Ta’limda erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minotlar tahlili.


Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim jarayonida (xususan, masofaviy ta’lim jarayonini) qo‘llash asosan ikki xil ko‘rinishda amalga oshiriladi. Birinchi sharti bu texnik jihozlar bo‘lsa, ikkinchi sharti esa maxsus dasturiy ta’minotlar bilan ta’minlanganligidir.

Texnik jihozlar bilan ta’minlanganlik. Kompyuterlar, tarmoq qurilmalari, yuqori tezlikdagi internet tarmoqlari, videokonferensiya jihozlari va hokazo.

Dasturiy ta’minotga esa mavjud qurilmalarni ishlatadigan dasturiy ta’minotlardan tortib shu soha uchun mo‘ljallangan dasturlar to‘plami kiradi.

Internet yoki intranet tarmog‘i orqali elektron shakldagi ta’lim turi Elearning (elektron ta’lim) atamasi, so‘nggi yillarda G‘arb ta’lim tizimini boshqarishda qo‘llanilib kelinayapti. Elektron ta’lim — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosidagi ta’limning turli ko‘rinishlarini anglatuvchi keng tushunchadir. Elektron ta’limni tashkillashtirishning ko‘pgina manbalari orasidan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin. Ichki kontentni boshqaruvchi tizimlari CMS (Content Management Systems), virtual ta’lim jarayonini boshqaruvchi tizimlar LMS (Learning Management Systems), mualliflik dasturiy mahsulotlari (Authoring tools).






Download 4.25 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   63




Download 4.25 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Masofaviy ta’limni qo’llab-quvvatlovchi tizimlar va ularning texnik asoslari

Download 4.25 Mb.