Buxoro davlat universiteti




Download 4.25 Mb.
bet8/63
Sana13.06.2021
Hajmi4.25 Mb.
#14998
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63
Masofaviy ta’lim - o’quvchining ta’lim muassasasi va o’qituvchidan ma’lum masofada turib mustaqil o’qish jarayoni.

Talaba va o’qituvchi orasida masofa va vaqt deganda nima tushuniladi?. Buning ma’nosi nima (bu nima degani)?

Geografik jihatdan uzoqligi.

Nosinxronlik. Bir-biri bilan har xil, har birining o’ziga qulay bo’lgan vaqtda muloqot qila oladilar.

Ya’ni o’qituvchidan fazo va (yoki) vaqt nuqtai nazaridan masofa bilan ajralgan, ammo shu bilan birga ixtiyoriy ravishda telekommunikastiya vositalari yordamida muloqot qilish imkoniyatlariga ega bo’ladilar.

Muloqot on-line hamda off-line tarzida amalga oshirilishi mumkin.


Bu nima degani va ularning orasida nima farq bor?

On-line sinxron ravishda - telekonferenstaloqa, videokonferentsiya (qimmatbaoho), telefon orqali hozirgi vaqtning o’zida muloqot qila olish. Sinxron usuli o’qituvchi va talabalarning bir vaqtning o’zida qatnashib, muloqotning shu vaqtning ichida olib borilishini taqozo etadi. Bu usulda ma’lumot eltish vositalari, ya’ni interaktiv televideniya va videokonferentsiyadan foydalaniladi.

Off- line nosinxron – elektron pochta. Nosinxron usullar, sinxron usulidan farqli o’laroq, moslashuvchanlik bilan ajralib turadi xamda talabalarga kurs materialini o’zlashtirish uchun o’zlari uchun qulay bo’lgan vaqtni tanlash imkonini beradi. Nosinxron muloqot usullaridan foydalanuvchi dasturlar internet, elektron pochta, videokasetalar va oddiy pochta vositalaridan foydalanishni taqozo etadi.

Masofaviy ta’lim – mutlaqo yangi narsa emas – sirtqi ta’lim hamda televizion o’quv dasturlari ilgaridan mavjud bo’lgan.

Masofaviy ta’lim azaldan mavjud bo’lib kelgan. Axborot texnologiyalari va internet tarmoqlari rivojlanishidan ilgarigi davrda u asosan sirtqi ta’lim ko’rinishida oliy o’quv yurtlarida tarkib topgan. Bunda talabalarga o’quv materiallarni eltib berish uchun oddiy pochta xizmatidan foydalanilgan.

Zamonaviy masofaviy ta’lim axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan:

Ikki omil masofaviy ta’limni o’zgartirib, uni dunyoda haqiqiy samarali vositaga aylantirdilar.

Personal kompyuterlarning keng tarqalishi;

Internet tarmog’ining rivojlanishi.

Kompyuter texnologiyalarini masofaviy ta’limda qo’llash quyidagi imkoniyatlarni yaratdi.

O’quv jarayonida Rich-media vositalarini (video, audio, animastiya, foydalanuvchi bilan muloqot) qo’llash.

Testlash va natijalarni tahlil qilishning qo’shimcha imkoniyatlari.

O’quv jarayonini nazorat qilish.

O’qituvchi bilan on-line hamda off- line tarzda muloqot qilish.



  1. O’qitish jarayoni talabaning mustaqil bilim olish faoliyatiga qurilgan, talabaning mustaqil o’rganish tamoyili, talabaning mustaqil ishi.

  2. Talabaning bilim olish (o’rganish) faoliyati aktiv tarzda, ya’ni faol tarzda bo’lishi kerak.

  3. Faol ishtirok ichki ishtiyoq (yoki motivatsiya), ya’ni o’qishga bo’lgan intilishi bilan aniqlanadi. Talabaning yuqori darajadagi ishtiyoqi (yoki motivatsiyasi).

  4. Masofaviy ta’lim shaxsga yo’naltirilgan bo’lishi shart. Ushbu tamoyil masofaviy ta’limning individuallik ko’rinishini belgilaydi. “Shaxsga yo’naltirilgan o’qitish” tushunchasi o’qitishni differentsiallangan (ajralgan holda) hamda individuallashtirilgan, ya’ni o’quvchining psixologik-pedagogik xususiyatlariga mos ravishda, har kimning o’ziga moslashtirilgan holda olib borishni taqozo qiladi.

O’quv jarayonida talaba rolining muhimligi.

Talabani qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish, tyutorlik.

O’qituvchining yangicha roli qo’shimcha vazifalar yuklanadi:

O’quv jarayonini muvofiqlashtirish, o’qitilayotgan fanni korrektirovka qilish,

individual (shaxsiy) o’quv rejasini tuzishda maslahat berish va hokazo.


  1. O’quv yoki resurs materiallari yanada sinchkovlik bilan ishlab chiqilishi kerak – o’quv materiallarining sifatiga talabning ortishi.

  2. Modullik. Masofaviy ta’limda o’quvchilarga o’quv materiallari modul ko’rinishida taqdim etiladi, ushbu modul kunduzgi ta’limda qo’llaniladigan chop etilgan darslikning analog turi ko’rinishida bo’ladi. Bu usul bir necha ajralgan modul-kurslardan shaxsning individual yoki bir guruhning talablariga muvofiq yaxlit o’quv dasturini shakllantirishga imkon beradi.

  3. Interfaollik. (Bu nima degani? Vopros auditorii) Ma’lumotni ikki tomonlama almashinuvi, masofaviy ta’lim tizimi bilan ikki yoqlama muloqot, talabalarni o’zaro muloqoti, masofaviy ta’lim jarayonida talabalar o’rtasida o’zaro ma’lumot almashinuvi jadalligi talaba va o’qituvchining orasida ma’lumot almashinuvidan ko’ra yuqoriroq, shuning uchun o’quv jarayonining barcha ishtirokchilariga elektron manzillarini ma’lum qilish lozimdir.

O’quvchilarda boshlang’ich-asosiy bilim va ko’nikmalarni mavjud bo’lishining zarurligi, ya’ni dastlabki tayyorgarlik bo’lishi zarur.

1. Kompyuterdan foydalana olishi.

2. Internetdan foydalana olishi.

3. Mustaqil o’qish ko’nikmasiga ega bo’lishi.

4. CD-ROM yoki veb-sahifalarda joylashtirilgan o’quv materiallarini mustaqil o’zlashtira olishi.

5. O’z vaqtini tashkillashtirishni bilishi.

6. Buning uchun kirish nazoratini o’tkazish mumkin.

6. Texnikaviy ta’minoti – kompyuter va Internet.

Masоfaviy o’qitishda asоsiy e’tibоrni o’quv-uslubiy matеriallarni tayyorlashga qaratiladi. Chunki o’quv-uslubiy matеriallarning sifati masоfadan o’qitish sifatining eng asоsiy оmillaridan biridir. O’qish tartibi quyidagicha. O’qituvchi kurs bilan tanishtiradi va tоpshiriqlar bеradi. O’quvchi ko’rsatilgan manbalar bilan ishlab tоpshiriqlarni bajaradi va o’qituvchiga yubоradi. O’qituvchi uni tеkshiradi, zarur hоlda ko’rsatmalar bеradi. Shu tartibda kurs mavzulari o’rganiladi. Muzоkara intеrnеt хizmatlari оrqali amalga оshiriladi. O’qish jarayonida talaba elеktrоn darsliklardan, elеktrоn kutubхоna va fоrumlardan, vidеоkоnfеrеntsiyalardan, on-line kurslaridan va web-sahifalardan fоydalanadi. Bu individuallik o’quvchida qiziqish uyg’оtadi va uni o’qishda faоllikka, ijоdiy yondashuvga rag’batlantiradi. Ularni to’g’ri tashkil etish, o’qitish sifati va samarasini bеlgilaydi.



Download 4.25 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63




Download 4.25 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universiteti

Download 4.25 Mb.