• 2.3. “Buxoro ko’chalari ” kompozitsiyasini tasvirlash bosqichlari
  • 2.4. Buxoro qadimiy yodgorliklar tarixidan (Buxoroning o’n ikki darvozasi tarixi)
  • OBIDALARNING IKKINChI UMRI
  • Foydalanilgan adabietlar
  • Buxoro hududidagi qadimgi ko’chalar va ularning nomlanishi




    Download 115.59 Kb.
    bet2/2
    Sana04.04.2017
    Hajmi115.59 Kb.
    1   2

    2.2. Buxoro hududidagi qadimgi ko’chalar va ularning nomlanishi.
    Joy nomlari jamiyat hayoti bilan chambarchas bog’langan ma’naviy ehtiyojdir. Darhaqiqat, insoniyat taraqiyot davomida, o’z ehtiyojini qoldirish uchun tobora qulaylik yaratadi. Har bir yaratilgan qulaylik (g’oya ) esa bugungi va ertangi kunimizning o’zgarishiga sabab bo’ladi. Faraz qilaylik, kutilmaganda shahar, tuman, qishloq, ko’cha, maydon yoki xiyobonlarning nomi tasodifan go’ib bo’lib qoldi.

    Maydon - ochiq, meʼmoriy jihatdan tartibga keltirilgan, atrofi bino, inshootlar yoki daraxtlar bilan toʻsilgan keng satq. Toʻrtburchakli, temperaturapetsiyasimon. doirasimon, tuxumsimon (oval) va boshqa shakllarda yopiq yoki ochiq holda boʻladi.

    Shunday paytda odamlarning holatini bir ko’z o’ngingizga keltiring. Pochta, telefon, telegraf xizmati o’sha ondayoq to’xtab qoladi. Transportlarning yurishi izdsan chiqadi. Uyingizga chaqirilgan “tez yordam” mashinasi borar manzilini bilmay ovora bo’lib qoladi. Shunga o’xshash yuzlab muammolar girdobida odamlar sarson sargardon bo’ladi. Shu farzning o’zidan odamlarniong kundalik ehtiyoji uchun joy nomlarning nechog’lik zarurat ekanligini tasavvur qilish mumkin.

    Joy nomlari kundalik ehtiyojdan tashqari ma’naviy ehtiyoj hamdir. Ularning nomlanishida xalqimizning tarixi, urug’- ajdodi, madaniyati, tili, kasb-kori, iqlimi, tabiiy –geografik sharoiti o’z ifodasini topgan.

    Iqlim tushunchasi oʻz ichiga muayyan hududda uzoq vaqt davomida yigʻilgan harorat, namlik, atmosfera bosimi, shamol, yogʻin va boshqa meteorologik parametrlar statistikalarini oladi. Ushbu parametrlarning uzoq vaqt emas, balki muayyan vaqtdagi holatlariga ob-havo deyiladi.

    “Bugungi kunda yoshlarimizning ko’cha va xiyobonlari, metro va avtobus bekatlari, katta- katta maydonlar, binolarni bezab turgan o’bekona nomlar, shior va lavhalarni ko’rib, bularning barchasini odatiy bir hol sifatida qabul qiladi. Vaholanki, yaqin tariximizga bu manzara butunlay boshqacha ko’rinishga ega edi ” (I.A.Karimov (Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch’).

    Butun respublikamiz bo’lgani kabi, sobiq kamunistik tuzum davrida Buxoro shaxridagi ko’plab ko’chalarning tarixiy nomlari asossiz ravishda o’zgartirildi. Ularning o’rnini Ilya , Ulyanov, Lenin,Frunze, Krunskaya, Komuna, Sovetskaya, Dekabristov,Aktyabrskaya, Kommunistecheskaya kabi nomlar egalladi. Qadimiy shahar ko’chalarining peshtoqasiga yopishtirilgan bunday nomlar sho’rolar hokimiyatining xalqimiz ma’naviy ildiziga bolta urish uchun maxsus o’ylab yuritgan siyosatining bir ko’rinishi edi.

    Ollohga beadat shukronalar bo’lsinkim, mustaqillik shaxar qishloqlarimizning asl qiyofasini qaytarib berdi. Ularning yuzidan nomunosib nomlar yulib tashlandi. Buxoro shaxrining shox- ko’chalariga Abduxoliq G’ijduvoniy,Ibn Sino, Abu Xafs Kabir, Bahovuddin Naqshband, Shox Axsi nomlari qo’yildi. Bu har bir vatandoshimiz ongi va qalbida vatanga sadoqat, milliy iftixor hissi joy olganligining yorqin ifodasidir.

    20 asrning buyuk allomasi Xoja Ismatullo Buxoriy shunday degan edi:

    Chun zor hohyo kushtanam, az kuy xud duram marom,

    Man bulbuli betoqatam, duram zi gulzoram makum.

    Buxoriy, Imom al-Buxoriy (asl ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al Buxoriy) (810.21.7, Buxoro - 870.31.8, Samarqand yaqinidagi Hartang qishlog‘i) - islom olamining yirik mutafakkiri, buyuk fors muhaddis.

    (zorliqda meni o’ldir, men rozi man, lekin vatandan meni judo aylama.

    Men betoqat bulbul man, gulzorimdan uzoqda o’dirmagin)

    Xoja Ismatulloh Buxoriyning nomi sho’rolar davrida o’ yurtida unutilga, ziyoratgohlari esa xarobaga aylangan edi. Istiqlol sharofati bilan o’z yurtining shaydosi bo’lgan shoirning ziyoratgohlari obod bo’ldi va u mavze shoirning nomini oldi. Buxoro shahri ichidagi Shox Axsi masjidi atrofidagi guzar nomi ham Shox Axsi deb ataladi. Bu labi hovuzdan Samarqand darvozasiga qarab boraverishida joylashgan.

    Hazrat Poyanda Muhammad Shox Axsi naqshbandiya tariqatining rivojiga muhim hissa qo’shgan shayx, o’z zamonasining murshidi sohib karomad avliyo, ulug tarbiyachi bo’lganlar.

    Bu zot sharif Ahsikat shahrida tug’ilgan. Ahsikat 20 asrgacha Farg’ona viloyatining markazi bo’lib bu shaharda ilmu irfon, san’atu ma’naviyat rivoj topgan. Ipak yo’lining chorraxasida joylashgan bu shahar keyin xarobaga aylandi. Ayni shu kunlarda qadimiy Axsikat namangan viloyati To’raqo’rg’on tumani hududidadir.

    Namangan viloyati - OʻzR tarkibidagi viloyat. 1941 yil 11 martda tashkil etilgan (1960 yil 25 yanvarda Andijon va Fargʻona viloyatlari tarkibiga qoʻshib yuborilgan. 1967 yil 18 dek.da kayta tashkil etildi).

    Professor Homidjon Homidovning yozishicha, Hazrat Poyanda Ohund Axsikarti Toshkent, Samarqand, Buxoro madrasalarida ta’lim oldilar. So’ng Balxga borib, Shayx So’fiy Xirad Axsikartiyadan irshot xati oladilar.

    Balx - Shim. Afgʻonistondagi koʻhna shahar, hozirgi Mozori Sharif shahrining gʻarbida. Miloddan avvalgi 7- a.dan maʼlum. B. tarixda Umm ul-bilod (Shaharlar onasi) deb yuritilgan. Yunonlar uni Baqtra deb ataganlar.

    Muhammad Mutribiy ‘Tazkiratush Shuaro’ kitoblarida Hazrat Axsikatiyadan she’riy me’ros qolganini bayon etgan.

    Olim Komilxon Kattayevning yozishicha, Hazrat Poyayanda Muhammad Shoh Axsi tariqat sabog’ini Mahmud A’zam nomi bilan mashhur bo’lgani Hazrat Sayid Ahmad Jaloliddin Kosoniydan olganlar.

    Poyanda Muhammad to’liq isimlari Muhammad bin Mir Darvesh Muhammad bin Mir Obid al Husayn al Axsikatiy al Abosiydir.

    Mavlono Poyanda Muhammad Shoh Axsi Hazrat Maxdumi A’zamning ko’rsatmalariga muvofiq Buxoroga keladilar va shu yerda naqshbandiya tariqatidan saboq berib turg’un bo’ladilar.

    Buxoro Amirlari, ulamoyu kosiblari Hazrat Shoh Axsining muridlari bo’lib,bu zoti sharif maslahatlariga amal etgan.

    ‘Naqishbandiya tariqatiga oid qo’lyozmalar fihristida’da quyidagi muhim ma’lumotlar bor: “Boqiy Muhammad shikoriy Fanoiy al Buxoriy hazratlari Poyanda Muhammad shogirdlari bo’lib, bir necha asarlar ijod qilgan.Boqiy Muhammad Shikoriy “Maqomatul orifin”(Ma’rifat egalarining maqomati”) nomli asarning muallifi hisoblanadi”.Asarda muallfning ustozi va piri shayx poyanda Muhammad ibn Mir Darvesh Muhammad ibn Miri Obid al Husayn al Axsikatiy al Abosiyning targimai holi yoritilgan.Bundan tashqari, unda fors-tojik adabiyotida uchraydigan tasavvufga oid majoziy iboralar lug’ati va izohi berilgan. Asar 1607-yilda yozilgan.

    Boqi Muhammad shikoriy al Buxoriyning “Jazabotul oshiqin” nomli kitoblari ham bor.

    Hazrat Shox Axsi Buxorning Fayzobod mavzesida ulkan xonaqoh qurdirganlar.Xonaqoh milodiy 1596-yil qad ko’targan.Shuningdek, Buxoro shahri Samarqand ko’chasida Hazrat poyanda Muhammad katta jonu masjidi, ikki qavatli maktab,gumbazli taxoratxona ham qurdirgan edilar.Bu obidaning nomi Shoh Axsi jomesidir.

    Sharafiddin Roqimiyning “Tarixi tomm” kitobida yozilganki, Hazrat Maxdumi A’zamning o’g’illari, piri murshid Xoja Abdulxoliq va Mavlono Poyanda Muhahammad Shox Axsi bir yilda vafot qiladilar.Boqi Darzi Buxoriy ularning har ikkisi vafoti tarixini bildiruvchi qit’ani yozgan:

    Du murshid az jahon raftand, burdand

    Qaroru sabr az dilho sarosar.

    Bar vay sinaho az bahri tarix.

    Raqam kardand:”Oh dili muqarrar”.

    Mazmuni: Jahondan ikki murshid o’tdilaru

    Sabru qaror dildan ketdi.

    Ularning vafot tarixi “Oh dili muqarrar” bo’ldi.

    “Oh dili muqarrar ”dan hijriy 1010 yil hosil bo’ladi.Xudi shu kitobda Hazratning qabr joylari haqida ham ma’lumot keltirilgandir:

    Dar Buxoro ast on rofe maqom

    Xoki o’ majai xosu om

    Har bahoriston makon obod

    On zaminro hast nom Fayzobod

    Mazmuni: Bu oily maqom joy Buxorodir.U yerda xosu avomning ziyoratgohi hisoblanadi.

    Juda ham obod bo’lgan bu joyning nomi Fayzoboddir.

    “Tuhfat az zoirin” kitobida yozilgaki, Hazrat Poyanda Muhammad Shox Axsi qabirlari Fayzobod mavzesidir.Buxoro shahri ichidagi Shox Axsi masjidi atrofidagi guzarning nomi ham Shox Axsi deb ataladi.Fayzobod mavzesidagi Hazrat qurdigan xonaqoh Shox Axsi xonaqohi deb atalgalmoqda.Mazkur xonaqohning kunchiqar tomonida mozoriston bor. Ushbu mozorda Hazrat dafn qilinganlar.”Tuhfat az zoirin ” da Hazrat Shox Axsining murid, shogird, ashobalari haqida ham ma’lumot bor.Ular quyidagi avliyo, allomalardir: Hazrat Mavlono Masti, Mavlono Oxund Kamoliddin Vag’anzaviy, Mavlono Muhammad Qosim al Buxoriy Darvozai Obi, Mavlono Shoh Muhammad Sarrof va boshqalar.

    Shuni ham takidlash joizki, sobiq ittifoq zamonida Axsi jome’sida (bu shahardagi Samarqand ko’chasidir) poyafzal ombori, xonaqohda esa jamoa xo’jaligi ombori joylashgan edi. Ayni shu kunlarda jome’ ham xonaqoh ham namozxonlar ixtiyoriga berilgandir. Fayzoboddagi Hazrat Shox Axsi ziyoratgohlari obod etilgan.

    Ayniqsa berilayitgan yangi nomlarning milliy istiqlol g’oyasiga mos bo’lishi, doimiy diqqat-e’tiborda bo’ldi. Shahar tuman va qishloqlarimizning go’zal binolari peshtoqasini O’zbekiston, Mustaqillik, Istiqlol, Istiqbol, Umid, Shodiyona Hayot obod nomlari bezab turibdi.

    2.3. “Buxoro ko’chalari ” kompozitsiyasini

    tasvirlash bosqichlari
    “Buxoro ko’chalari ” mavzusida rasm ishlash uchun avvalo uning tarixini qanday qurilganligi haqida tasavurga ega bo’lish lozim.

    Ma’lumki Buxoro boy tarix madaniyatga ega bo’gan. Buxoro hududida olib borilgan arxeologik qazilma ishlari buning yaqqol misolidir. Varaxsha – Buxoro shahridan 40 kilometr g’arbda joylashgan qal’a xarobasi hozirda bu joy cho’lga aylangan. Arxeologik qazilmalar shuni ko’rsatadiki bu erda miloddan 1000 yil oldin odamlar bu joyda yashagan va ularda tasviriy san’at yaxshi rivoj topgan. “Buxoro ko’chalari ”mavzusida ishlash jarayonida biz “Shox Axsi” guzari ya’ni ko’chani misol sifatida chizishga qaror qildik. “Shox Axsi” Buxoroning Labi havzdan Samarqand darvozasiga boraverishda joylashgan. Biz u kishining hayotlari va nima uchun bu ko’chaning nomi u kishining nomlariga qo’yilgani to’g’risida o’rganib chiqdik. U ko’chadagi past baland uylar, cho’p kori imoratlar machitu madrasalar madrasa o’ziga xos manzarani yaratadi va o’sha tarix zarvaraqalari xotirasiga qolgan ota bobolarimizning mashaqatli mehnati ko’z o’ngimizda qaytib jonlanganday bo’ladi.

    Rasm chizish jarayonida qalam orqali bir qator murakkab vazifalarni bajarishag to’g’ri keladi. Qog’oz tekisligida hajmiy shaklarini tasvirlash uchun tasvirlovchi uning atrof muhitdagi holatini, hajmini soya yo’rug’ orqali ifodalash zarurligi hamda umulashtirishi qolaversa tipik tomonlarini ajratishi shu kabi vazifalarni yechishi kerak. Yuqoridagi faktorlar ishning badiiy tasirchanligini taminlashini unutmaslik lozim. Demak rasm chizishda ma’lum bir ketma-ketlik saqlanmasa mazkur vazifalar yechimi rassom uchun ancha murakkab hisoblanadi.

    Tasviriy san’at o’qitish uslubiyoti zamonaviy pedagogika fani yutuqlariga asoslangan. Mazkur fanning dedaktik asoslaridan barcha o’quv vazifalari ma’lum bir ketma- ketlik bilan yechilishidir. Shunday qilib rasm bajarish jarayoni o’zinig boshlanishi , davomi va yakuniga ega. Boshqqacha qilib aytganda, narsaning o’ziga qarab rasm chizishning bosqichlari mavjud. Bular quyidagilar: rasm chizish jarayoni joy tanlashdan boshlanadi. Tanlangan joy, ya’ni ko’rish nuqtasi qo’yilgan, yoki ko’rinayotgan nuqtaning ko’rinayotgan shaklini, hajmini to’la namoyish etishi kerak.

    Ko’rish nuqtasi to’g’ri tanlanganligi naturani ancha hajmli aniq, ifodalanishini ta’minlaydi. Ishning birinchi bosqichida chizilayotgan narsani qog’oz tekisligiga kompozitsiaya nuqtai nazaridan to’g’ri joylashtirishi kerak.

    Rasm qog’oziga nisbattan juda katta yoki juda kichik, o’ng yoki chap tomonga surilgan bo’lmasligi kerak. Joylashtiriah tajribasiga ega bo’lmagan talabalar o’rganish jarayonida (vida iskatel) dan foydalansalar maqsadga muvofiq bo’lardi. Rasmning kompozitsiyasini tuzganda yorug’lik tushushini, binoni soya yorug’ligini ketma-ketlik bilan ufq chiziqqa nisbattan qanday joylashganligini hisobga olinadi.

    Tajribasiz musavvir tipik xatosiz chizish uchun ko’rinayotgan ko’chani har bir jihatini alohida jizmoqchi bo’ladi. Tabiiyki, rasm qog’ozga sig’may qoladi. Shuning uchun yengil chiziqlar bilan rasmningumumiy ko’rinishi qog’oz tekisligida belgilanadi, umumiy eni, balandligi, uzoq yaqinligi so’ng ko’chani tasvirlayotganda mavjud narsaning bir biroviga nisbattan o’lcham munosabati aniqlanadi. Albatta ufq chiziqi sedan chiqmasligi kerak.

    Buxoro ko’chalarini tasvirlashda qog’oz tekisligida umumiy chegaralari aniqlab qo’yilsa, rassom shu bilan o’ziga aniq kompozitsion vazifa qo’ygan bo’ladi. Shu bosqichdan boshlab kompozitsiya ichida joylashgan va ko’rinayotgan devor, ko’cha daraxt va shu kabi bir biriga bo’gan nisbatlarni topgan holda chizish boshlanadi. Bajarilgan rasm aniq, ifodalangan bo’lishi uchun rasm chiziqlariga katta e’tibor berilishi kerak.

    Darhaqiqat, grafikada chiziqning roli katta. Nafis chiziq, rassomga ko’p plastic va fazoviy vazifalar yechimi ta’minlaydi.

    2.4. Buxoro qadimiy yodgorliklar tarixidan (Buxoroning o’n ikki darvozasi tarixi)

    O’zbekiston istiqlolga erishganidan so’ng o’tgan 20 yil ichida mamlakatimiz, jumladan viloyatimiz iqtisodiy-ijtimoiy hayotining barcha jab¬halarida, jumladan, ajdodlarimizdan meros qolgan tarixiy yodgorliklarni ko’z qorachiғidek asrash, ularni qayta ta’mirlab, kelajak nasllarga etkazish borasida asrlarga tatigulik ulkan ishlar amalga oshirildi.

    Jumladan, Prezidentimiz I. Karimov qarori asosida Buxoroning 2500 yilligiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish bo’yicha belgilangan tadbirlar doirasida Kalon me’moriy majmui, Mir-Arab, Uluғbek madrasalari, Ark qal’asi, Somoniylar maqbarasi, Labihovuz majmui va boshqa ko’plab yodgorliklar asl holiga keltirildi. Abdulxoliq Ғijduvoniy, Bahouddin Naqsh¬band, Sayyid Mir Kulol va boshqa tasavvuf allomalarining qadamjolari yangidan qurildi, asrlar silsilasi va qarovsizlik oqibatida nuray deb qolgan Chorbakr me’moriy majmui qayta qad rostladi.

    Buxoroi sharifni o’rab olgan qadimiy qal’a va undagi darvozalar asrlar davomida bu ko’hna zamin shaharsozligi va me’morchiligining ajralmas qismi bo’lib kelgan. Ammo 1920 yilning kuzida qizil qo’shinlarning Buxoroga bosqini choғida shahar qal’asi va darvozalarining to’plardan o’qqa tutilgani, bombardimon qilingani, sostialistik shaharsozlikda milliy qadriyatlar va an’analarga umuman e’tibor berilmagani, yurtimiz obidalarini ta’mirlashga davlat byudjetidan etarli miqdorda mablaғning ajratilmagani sababli 12 kilometr uzunlikdagi qal’aning bir necha o’n metri, qadimiy darvozalardan atigi 2 tasining qolgani bu ko’hna zaminning o’ziga xos me’moriy qiyofasi yo’qolib borishiga olib kelishi mumkin edi. Viloyat hokimi S.

    Hokim ( Oʻzbekiston)da - viloyat, tuman, shaharda oliy mansabdor shaxs. U mahalliy vakillik va ijro etuvchi hokimiyat boshligʻi. H. lavozimining joriy etilishi oʻzbek milliy davlatchiligi anʼanalari va tarixiy tajribalarga asoslangandir.

    Husenov ana shuni hisobga olib, bir necha yil muqaddam bir guruh olihimmat homiylar, iste’dodli me’morlar va ta’mirlovchi ustalar ko’magida qadimiy qal’aning bir qismini, shahar darvozalarini qayta qurishdek xayrli ish tashabbuskori bo’ldi. Gazetamizning 3-sahifasida e’lon qilinayotgan materiallar ana shu yo’nalishda olib borilgan ilmiy, ijodiy izlanishlar, sidqidil mehnat samaralariga baғishlanadi.

    O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati Olim Abdiev (suratda) boshchiligidagi ta’mirlovchi ustalar guruhi XVI asrda Buxoro hukmdori Abdulazizxon tomonidan Buyuk Ipak yo’li yoqasida qurdirilgan Samarqand darvozasining poydevori o’rnida 2009 yilda me’mor Mahmud Ahmedov loyihasi asosida bu muhtasham obidani yangidan bunyod etdi.

    OBIDALARNING IKKINChI UMRI

    Shu kunlarda Buxoroning eski shahar qismiga borgan kishi Labihovuz me’moriy majmuidagi obidalarni ta’mirlash, yo’laklarga bezakli plitalar yotqizish, ko’chalarni obodonlashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko’lamining naqadar kengligidan ¬hayratga tushishi aniq. Viloyatdagi barcha ta’mirlovchi ustalar, qurilish tashkilotlari mutaxassislari, tumanlardan jalb etilgan hasharchilar ikki smenada ishlab, shaharni Buxoroda o’tadigan "Asr¬lar sadosi" madaniyat festivaliga, yangi sayyohlik mavsumiga tayyorlamoqdalar.

    Hayotimning qariyb yarim asrini yodgorliklarni muhofaza qilish, obidalarni ta’mirlash ustalari ishini tashkil etishga rahbarlikka baғishlagan bo’lsam ham istiqlolgacha davrda hozirgidek mehnat ko’tarinkiligini, madaniy merosni saqlashga ulkan ғamxo’rlikni sira ko’rganim yo’q,—deydi keksa me’mor Ismat aka Muhsinov.—Sho’rolar davrida yodgorliklarni buzilishdan saqlashga davlat byudjetidan ajratilgan mablaғ nihoyatda kam bo’lgani sabab 1000 dan ziyod tarixiy obidaga ega viloyatimizda yiliga atigi bitta yoki ikkita masjid-madrasa engil-elpi darajada ta’mirlanardi, xolos. Ochil Bobomurodov, Aminjon Salomov, Ahror Asrorov singari o’nlab qo’li gul ustalar 1960-1970 yillarda yodgorliklarni ta’mirlash o’rniga tirikchilik vajidan fuqarolarning uylarini qurishga majbur bo’lgan edilar. So’nggi 14 yil ichida viloyatimizda obidalarni ta’mirlash ishlari ko’lamining keskin kengaygani tufayli nafaqat buxorolik naqqosh va o’ymakorlar, ganchkorlar o’z sohalari bo’yicha ish bilan ta’minlandilar, balki sharif shahardagi qadimiy qal’aning bir qismini qayta tiklash, ziyoratgohlarni obodonlashtirishdek xayrli yumushlarga Xorazm, Qoraqalpoғiston, Qashqadaryo, Samarqanddan va Farғona vodiysidan ustalar ham jalb qilindilar.

    Xorazm, Qadimgi Xorazm - Turon va Eron mintaqalari oraligʻida joylashgan tarixiy oʻlka va qadimgi davlat. Xorazm hududi qadimda Amudaryo adoqlaridan janubga tomon Murgʻob va Tajan daryolarining yuqori oqimlarigacha choʻzilgan.

    Buxoro shahar darvozalarini qaytadan qurish boshlangani keksa me’mor qalbini quvonchga to’ldirish barobarida uni ta’mirlovchilik sohasidagi boy bilim va tajribasini yosh mutaxassislar va ustalarga o’rgatish, ularga maslahatlar berish bilan bu jarayonda ishtirok etishga da’vat qildi. Ismat Muhsinov me’morchilik borasida uzoq yillar olib borgan tadqiqotlari, arxiv materiallari va eski fotosuratlarga tayanib, rus olimlari tayyorlagan sxemalarga aniqlik kiritib, Buxoro darvozalari ko’pgina adabiyotlarda qayd etilganidek 11 ta emas, balki 12 ta degan fikrni ilgari surdi va hamkasbi Komil Ikromov bilan birgalikda VIII-XIX asrlarda Buxoro shahar darvozalari joylashgan hududlar xaritasini yaratdi. Otaxon har bir darvozaning tarixini yozib, ularni fotosurati bilan matbuotda e’lon qildi. Bu materiallar bugun-erta alohida kitob holida chop etiladi.

    —Biz Ismat aka va boshqa mutaxassislarning konstruktiv taklif-mulohazalarini inobatga olishga harakat qilamiz. Shayx Jalol, Samarqand, Hazrati Imom va Sallohxona darvozalari qurilishini loyihalashtirganda bu obidalarning azaliy joyida, qadimiy ko’rinishida qad ko’tarishini ta’minlash barobarida ma’lum hudud chiroyiga uyғunlashib ketishi hamda ularning shunchaki dekorativ inshoot bo’lmay buxoroliklarga xizmat qilishi maqsadlarini ko’zladik,—deydi ushbu loyihalar muallifi, qator xalqaro va respublika tanlovlarining sovrindori, taniqli me’mor Mahmud Ahmedov.—¬Chunonchi, Shayx Jalol dar¬vozasining yangidan tiklangan shahar qal’a devoriga va Xo’ja Ismat Buxoriy ziyoratgohiga, yoxud Hazrati Imom darvo¬zasining Abu Hafs Kabir ¬me’moriy majmuiga uyғunlashib ketgani bu boradagi ijodiy izlanishimizning dastlabki samarasi bo’ldi. Samar¬qand darvozasi yonida hunarmandchilik markazining bunyod qilinishi, qurilishi poyoniga etgan Sallohxona ¬darvozasiga tutash hududda yaqin orada barpo etiladigan uluғ avliyo Boboyi Porado’z qadamjosi ham Buxoroi ¬sharifning ko’rkiga ko’rk qo’shadi.

    Hunarmandchilik, hunarmandlik - milliy-anʼanaviy mayda tovar ishlab chiqarish, oddiy mehnat qurollari yordamida yakka tartibda va qoʻl mehnatiga asoslangan sanoat turi; shunday mahsulotlar tayyorlanadigan kasblarning umumiy nomi.



    HAQRAHNI TIKLAGAN USTA

    Uning dadasi va akasi mohir ta’mirlovchi usta bo’lishsa ham bu kasb sirlarini Muzaffarga o’rgatishmadi. "Bizga orqa qilib, qo’l uchida ishlashi mumkin", degan fikrda yoshlarga nisbatan qattiqqo’l va talabchan usta, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Rabijon Qurbonovga shogirdlikka berishdi. O’sha kezlar 9-sinfda o’qiyotgan Muzaffar har kuni dars tugashi bilan yo’l-yo’lakay tushlik qilib, ustozining oldiga yugurardi. Qurilish chiqindilarini tashish, loy yoki ganch qorish, ustaga terish uchun ғisht uzatib turish singari oғir yumushlardan qochmadi, sabr-toqat bilan hunar o’rgandi. Hali maktabni bitirmay turib, Usto Shirin Murodov nomidagi yodgorliklarni ta’mirlash ilmiy-ishlab chiqarish ustaxonasi ishchisi bo’ldi.

    Muzaffar Mirzaev binokorlik sirlarini yanada chuqurroq o’rganish maqsadida 1970 yilda Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi instituti qurilish fakultetining kechki bo’limiga o’qishga kirdi. Kunduzlari taniqli usta Ochil Bobomurodov brigadasida ishlab, qator masjid va madrasalarni ta’mirlashda ishtirok etdi. Bu orada harbiy xizmatga chaqirildi. Armiyadan qaytgach, qadimiy yodgorliklarning yillar o’tishi bilan turli xil ta’sirlar oqibatida qiyshaygan minoralarini tros simlari bilan tortib rost¬lash hamda poydevorini mustahkamlash, yangilarini barpo etish texnologiyasini o’rgandi. Gavkushon madrasasi, Bolohovuz masjidi yonidagi oғayotgan minoralarni tiklash, Sayyid Mir Kulol me’moriy majmui va Sayfiddin Boxarziy masjidi oldida yangidan qurilgan naqshinkor kichik minoralar Muzaffar Mirzaev va uning shogirdlari zargarona mehnatining samarasi bo’ldi.

    U 1997 yilda "Usto Mirzo" xususiy firmasini tashkil etgach, ta’mirlovchilik kasbiga mehri baland o’ғillari Ma’mur va Bahodir, shuningdek, Sharif Rahimov, Shuhrat Obidov singari hamkasblari va qator shogirdlaridan iborat 17 kishilik jamoaga boshchilik qildi. Bu firma ahli Abdullaxon timi, Xalifa Xudoydod, Volidai Abdulazizxon madrasalari, Chorbakr, Bahouddin Naqsh¬band me’moriy majmualarida olib borilgan ta’mirlash ishlarida faol ishtirok etdi.

    2008 yilda Buxoroda shahar qal’a devori va qadimiy darvozalarini tiklash bo’yicha sa’y-harakatlar boshlanganda Muzaffar Mirzaev boshliq ta’mirlovchilarga sho’rolar davrida — XX asrning 60-yillarida batamom buzib tashlangan Shayx Jalol darvozasini qayta qurish vazifasi topshirildi. Usta bu murakkab ishga kirishishdan avval me’morlar va tarixchi olimlar bilan birgalikda ko’hna darvozaning avvalgi joyini aniqlab, obidaning 30-yillarda aeroplan yordamida olingan fotosuratlarini, arxiv materiallarini qunt bilan o’rgandi. Shundan so’nggina qurilish ishlari boshlandi. "Usto Mirzo" firmasi ta’mirlovchilarining shijoatli mehnatlari tufayli tez orada Shayx Jalol darvozasi ko’kka bo’y cho’zib, boshqa ustalar qayta tiklagan ko’hna qal’a hamda Xo’ja Ismat Buxoriy me’moriy majmuasi chiroyiga uyғunlashdi.

    Abu Hafs Kabir tarixiy-me’moriy majmuini barpo etish loyihasida bu allomaning islom dini ravnaqi yo’lidagi xizmatlari e’tirofi hamda xotirasiga ehtirom sifatida uluғ fiqhshunos olim va ulamo dafn etilgan qabristonga tutash hududda qurilgan Hazrati Imom darvozasini yangidan tiklash ko’zda tutilgan edi.

    Islom (arab. - boʻysunish, itoat etish, oʻzini Alloh irodasiga topshirish) - jahonda keng tarqalgan uch dindan ( buddizm va xristianlik bilan bir qatorda) biri. Islom diniga eʼtiqod qiluvchilar arabcha "muslim" ("sadoqatli"; koʻpligi "muslimun") deb ataladi.

    Bu ish ham viloyat rahbariyati tavsiyasiga ko’ra "Usto Mirzo" firmasi ta’mirlovchilariga topshirildi.

    VIII asrgacha Xufra, Darvozai Nav nomlari bilan yuritilgan bu obidaga tutash qabristonga Abu Hafs Kabir dafn etilgandan so’ng buxoroliklar uni Hazrati Imom darvozasi deb atagani ko’pgina manbalarda qayd qilingan. Shuningdek, el orasida bu darvozaning Haqrah degan nomi ham bor. Chunki o’tmishda ko’pgina kishilar shaharning aynan shu darvozasidan chiqib, mushkullariga najot so’ragani Abu Hafs Kabir huzuriga yo’l olganlar. Avliyo bergan fatvolar to’ғri bo’lgani bois odamlar allomani Imomi Hojatbaror, ziyoratgohga borgan qayroq yo’lni Haqrah — Haqiqat yo’li deb ataganlar.

    Abu Hafs Kabir me’moriy-yodgorlik majmuasi loyihasini tayyorlagan arxitektor Mahmud Ahmedov ana shu jihatlarni hisobga olib, qayta quriladigan Hazrati Imom darvozasini qutluғ ziyoratgohning boshla¬nish joyi sifatida belgiladi.

    Darvozaning har biri diametri 8,5 metrni tashkil etgan ikki guldastasi poydevorini mustahkamlashda o’tmish ustalarining qadimiy usullaridan foydalanildi. Chunonchi, xarsangtoshlar ustiga avval qurigan qamish, keyin ohaktosh va yana qamish qatlamlari yotqizilgandan so’nggina ustalar loyihaga asosan ғisht terishga kirishgani yangi obidani zax suvlar va sho’r ta’siridan saqlash imkonini berdi. Balandligi 11, 10 metr, devorlari qalinligi 1,56 metr bo’lgan, 23 ta gultojdan iborat uch qavatli bu darvoza chizmalarini ko’zdan kechirgan Muzaffar Mirzaev uni tiklash uchun 365 ming dona oddiy salloti va 52 ming dona obi ғisht, 65 ming kubometr beton ketishini o’zicha hisob-kitob qilib berdi.

    Ob’ekt nihoyasiga etgach, nafaqat uni barpo etishda qatnashgan Homid Jo’raev, Olim Sultonov, Shukur Jo’raev, Ma’mur va Bahodir Mirzaevlar, balki me’moriy majmua qurilishiga jalb etilgan barcha binokorlik tashkilotlari rahbarlari va muhandis-texnik xodimlar ham ustaning hisob-kitoblari naqadar to’ғri kelganiga hayratdan yoqa ushladilar.

    Bu shunchaki Muzaffar Mirzaev (suratda) bashorati yoki tavakkaliga aytgan raqamlarning sarflangan qurilish ashyolari hajmiga to’ғri kelgani emas, balki uning ta’mirlovchilik sohasidagi 40 yillik mehnat tajribasining hosilasi edi. Balki muqaddas qadamjolarni obod etgan ustalarga Yaratganning o’zi ana shunday ғayritabiiy xislatlarni ato etar...

    Kuxna tarix saxifalarini varoklar ekanmiz , kuz oldimizdan mo’jiza kabi ajoyib memorchilik obidalari utadi. Qadimiy imoratlar , inshootlar xar biri inson qo’li bilan tiklangan. ,uning xar bir g’ishtida bobolar nafasi seziladi. Yuksak maxorat , Yorqin daxo bilan ijod etilib barpo bulgan yodgorliklar xalkimizning madaniy boyligi faxri va g’ururidir . Ana shunday sanat durdonalarini yaratgan memorlarga , xalq farzandlariga oddiy ustalarga taxsinlar aytamiz Minorai kolonni eslaylik .Necha necha vokealar shoxidi, aziz va mutabar bobolarimiz kurgan tabarruk yodgorlik Minora 1127 yilda Arslonxon farmoni bilan kurilgan. Yaqinda memor nomi xam aniqlandi. G’ishtning bezaklar orasiga ustobako deb ezilgan ekan.

    Buxoro minorasi memor Bako daxosining yuksak parvozidan darak beradi.

    Buyuk allomalar katorida memorlar buned etgan edgorliklar kuxna tarix zaminida turli davrlarning ajoyib xaykalidir.

    O’zbekistonning eng ko’hna va yodgorlik obidalariga boy bo’lgan shaxarlardan biri Buxorodir.

    Buxoro ko’hna shaxar shoxidir, ajoyib obidalar shaxri xakida eshitmagan biror kimsa bulmasa kerak. Buxoro shaxri eng qadimiy shaxarlardan biri bo’lib , madaniyat markazi , din maskani va geografik jixatdan karvon yo’llari o’tadigan azim shaxar xisoblanadi. Buxoro fakat obidalar shaxrigina emas , bugungi Buxoro o’z kelajagini yarataetgan bunedkor shaxar Uzbekistonda sanoat va kishloq xujaligi rivojlangan yirik viloyat markazidir.



    Buxoro –bir necha asrlarning( !X-XX ) arxitektura yodgorliklarini saklab kelayotgan shaxarldardan biridir. Bu erda o’sha davrda qurilgan binolarning deyarli xamma turlari bor. Memorchilikning ajoyib namunalari shu kunlarda xam xozirgi zamon arxitekturasi uchun xam kupgina kimmatli narsalar beradigan manba bulib xizmat kilmokda . Moddiy va madaniy yodgorliklari, memoriy durdonalari Buxoroga kelgan kuplab MXD va chet el turistlarini o’ziga oxangrabo kabi jalb etadi, ular moxir memor va ustalarning fayzli ijodkorlarini kurishga oshikadi.

    Qadimiy Buxoroning xar bir g’ishtida utmish vaqt asari ko’zga tashlanib turadi.Buxoro musulmon olamida aloxida urin egallagan. Uzok yillar davomida shaxarda diniy obidalar xukm surib , jaxolat zulmatida saqlanib kelingan . Shuning uchun xam Buxoroning eng yirik diniy bilim dargoxlaridan biri bulgan Mir Arab madrasasi (1530-1536) bulakcha rejalashtirilgan. Ulkan kompozistili bino kurilishi xarakterli timsoli bulib ,xovlisi turt ayvonli va old tomoni yuksak peshtoklidir. Abdulazizxon madrasasi esa (1652) bezaklarining serxashamligi bilan ajralib turadi.

    Musulmon (arab.: مسلم; fors.: Muslim; urdu.: مسلمان; turk.: Müslüman, „oʻzini Allohga topshirgan“) - Islom dinini qabul qilgan kishilarga nisbatan qoʻllaniluvchi umumiy atama boʻlib, erkak jinsiga nisbatan „musulmon“, ayollarga nisbatan esa muslima soʻzi ishlatiladi.

    Abdulazizxon madrasasi - Buxorodagi me’moriy yodgorlik. Qo‘sh imorat ansamblning jan. tomonida me’-mor Mimxoqon ibn Xo‘ja Muhammadamin tomonidan 1652 yilda qurilgan. Ulug‘bek madrasasining (1419) qershisida.

    Monumental Kukaldosh madrasasi (1568-1569) , Nodir Devonbegi madrasasi (1568-1622) xamda xonakoxni 16-20 uz ichiga olgan Labi xovuz ansambli shaxarning eng kurkam va ekimli joylaridan biri bulib kolgan 16 asrning boshlarida Buxoroni uzbeklarning ikkita kichik uruglaridan tashkil topgan dinastiyasi bosib olgan. Ular xukumronliklarinng birinchi yillari Samarkandni markaz kilib oldi. Bir necha vakt Buxoro uzining siesiy mavkesini yukotib kuydi,lekin 16 asrning ikkinchi yarmida Abdullaxon Xukmronligi davrida (1557-1598) Buxoro yana siesiy markaz bulib. “Buxoro” nomi bilan yurishlar boshlandi. 16 asrning ikkinchi yarmida savdo-sotik va mol ayirboshlash avj olib ketdi. Buxoro xoni Abdulloxon Maskvada beshta elchisini savdo-sotik va diplamatik alokalar urnatishi uchun yubordi. Bundan tashkari kelgindi ruslar uchun mexmonxona tarikasida katta saroy kurdirdi.16-17 asr Buxoroning gullanish davri buldi. Shaxar kayta kurildi desa xam buladi. Uning kiefasi uzgardi. Yangi ansambllari paydo buldiki ular bizgacha etib keldi.Maxobashli arxitektura edgorliklari dalolash beradiki. Shaxarda me’morchilik maktabining gullagan davri bulgan Koraxoniylar sulolasining vayrona madrasa masjidlari urniga masjidi kalon (1514), MirArab madrasasi (1530-1536) undan keyin machiti Baland va Xuja Zayniddin Xonakosi kad kutardi.

    Ruslar yahudiylar bilan - xalq, Rossiya Federatsiyasining asosiy aholisi (taxminan 120 mln. kishi). Ukrainada 11,35 mln. kishi, Qozogʻistonda 6,23 mln. kishi, Oʻzbekistonda 1,65 mln. kishi, Belorussiyada 1,34 mln.

    Masjidi kalon (fors. - katta masjid) - Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. 12-asrdagi qadimiy imorat qoldiqlari ustiga 14-15-asrlarda qurila boshlanib, 16-asr boshlarida taʼmir etilgan. (masjid hovlisi va atrofida olib borilgan arxeologik tekshirishlar natijasida aniqdangan).

    Eski Buxoroning oldingi ansambllari remon kilindi, kupchiligi kayta kurildi. Shaxar chetida maxobatli Baxovuddin va chor bakr ansambllari kad kutardi. Buxoroda xalk me’morchiligining eng qadimiy arxitektura edgorliklari saklanib kolgan shaxarning eng qadimiy arxiologik edgorliklaridan biri Arkdir. U 20 metr baland tepalikustida kurilgan Ark maydoni 4,2 gektar keladi. Rejaga kura Arke pik kup burchak shaklidagi inshootdir. Uning tik devori bir vaktlar eppasiga blok bilan maxkamlangan edi. Qadimiy devorning kanday kurilganligi usti sal ochiklik kolgan shimoliy tomonidan yaxshirok kurish mumkin. Bu erda xar xil xayvonlarning suyak koldiklari, idish-tovok siniklari va boshka narsalar aralashgan tuprok katlamlari kurinib turibdi. Ark devori kup marta kayta kurilgan va remont kilingan . Arkning shimoliy devori unga mustaxkam emas. Bu devorda keyingi yillarda kup marta kayta kurilgan va remont kilingan joylarni kurish mumkin. Arablar jilolasiga kadar Arkda shaxar xokimlari Buxoro xudotlari yashagan. Samoniylar davrida (!X-X) Ark kaytadan kurilgan xamda devor va mezonlar bilan mustaxkamlangan. Koraxoniylar sulolasi davrida (X!-XP) asrlar va mugillar boskinchiligi davrida (XSh) asr Ark bir necha bor vayron kilingan. Arkning xozirgi kiefasi Shayboniylar sulolasi davrida tiklangan.

    Mezon (arab. - tarozi) - 1) zodiak yulduzlar turkumi (Libra). Ung yorugʻ yulduzi 2,6 vizual yulduz kattaligida Ilon, Ilon eltuvchi, Aqrab, Sunbula yulduz turkumlari orasida joylashgan. Oʻzbekistonda qish oxiri, bahor va yoz boshlarida koʻrinadi;

    Shayboniylar - Buxoro xonligini boshqargan sulola (1500-1601). Shayboniyxon asos solgan. Shayboniyxon 15a. oxiri va 16-a. boshlarida tojtaxt uchun oʻzaro kurashayotgan temuriy shahzodalar (q. Temuriylar)nhht oʻzaro nizolari oqibatida Movarounnahrning asosiy shaharlari: Samarqand va Buxoroni osonlik bilan egallab, yangi davlatga asos solgan.

    Ark peshtoki e’tiborga sazovor va arxitektura jixatidan ustunsimon ikkita Xazina bulib,yukori kismi gamreya bilan birlashgan va ustiga ayvonli bino solingan. Bu erda amrining matoklari va shaxar korovuli turgan. Arka kiraverishdagi yul asta-sekin kutarilib borib, uzun yulakdan iborat . Arkdagi binolar XUP-XX asrlarga ya’ni Ashtarxoniylar va mangitlar sulolasiga doirdir. Usha vaktlarda Ark shaxar xokimlari keyinchalik xonlar, amirlar mansabdor va kukushin boshliklari yashaydigan joy bulib kolgan. XX asr boshlarida Ark axolisi taxminan uch ming kishiga etgan.

    Juma majiddan (1919y) boshlangan tor tor kucha kushbegi xovlisi oldidan, kichkina gumbazga – chorsuvga olib chikadi. Bu erdan salomxonaga kiriladi. Salomxonada amir uz amaldorlarini va kelgan kishilarni kabul kilgan. Chorsuvning ung tomonida amirning oshxonalari bulgan . Chorsuvning chap tomonida tosh etkizilgan katta xovli kurinish xona bor. Bu erda elchilarni kabul kili shva amirlarni taxtga kutarish marosimlari utkazilgan xovlining uch tomoni ayvon kiraverishda nakshli peshtok bor. (1605) xovlining shark tomonidagi taxtiravon tagida marmar taxt turgan. U nurato marmar toshidan kilingan ekan, Arkning butun Sharkiy kismi vayron kilingan shaxarchaga uxshaydi.

    1X asrdan to xozirgi vaktgacha barcha tarixiy davrlarning edgorliklari bor. Shuning uchun Buxoroni «arxitektura muzey» shaxri deb atalishi bejiz emas. 1X asrda Buxoroda bolshevik katta er egalari –Samoniylar xukmronlik kila boshlaganlar. Bu sulolaning asoschisi Ismoil Somoniydir. Somoniylar xukmronligi davrida Buxoro shaxri gurkirab yuksalgan madaniyat xamda ilm fanning yirik markaziga aylangan. Bu davrda jaxonning buyuk mutaffakirlarni Shark Olimlari va shoirlarini etkazib berdi. Ular orasida Abu Abdullo Rudakiy (885-940) Abu Ali Ibn Sino (980-1037) xam bor.

    Ismoil Samoniy makbarasi (!X-X asrlar ) Samoniy makbarasi xozirgi madaniyat va istiroxat bogidadir. U Kub shaklida bulib yarim sharsimon kuba bilan epilgan . Devori kalin bulganligi tufayli bu edgorlik ming yildan beri yaxshi saklanib kelmokda.

    Makbaraning asosiy fasadi yuk, turt tomoni xam bir xil.

    Makbaraning tashki va ichki devorlariga jimjimador kilib pishgan gisht terilgan. Usha vaktlarda bino shunday bezatilgan. Ustalar kvadrat shaklidagi gishtlarni xar xil usulda terib devorni badiiy jixatdan goyat guzal kilib bezatganlar. Bu uziga xos shakllar makbaraning tekis devorini shunday nafis bezaganki , kuyosh tushgan sari , ertadan kechgacha makbaraning gishtlari xar xil rangda tovlanadi.Oy yorugida ayniksa chiroyli bulib kurinadi. Jaxon arxitekturasi bu usulda bezatilgan birorta boshka tarixiy edgorlikni uchratgan emas. Makbaraning jaxon axamiyatiga ega bulish sababi xam anna shunday, ezma manbalar va xalk rivoyatlariga kura bu edgorlikka

    Somoniylar sulolasining asoschisi Ismoil Somoniy xaet bulgan vaktda u otasining kabri ustiga kurdirgan. Keyinchalik uzi xam shu erda dafn etilgan.

    Minorai kalon (1127) Buxoroda Minorai kalondek baland va muxtasham birorta inshoot yuk. Bu minora bir vaktlar mavjud bulgan baxaybat kompleksning bir kismi edi.

    XP asrning boshlarida Koraxoniylar avlodidan biri Arslonxonning buyrugi bilan minorani ishgol etilgan. Buxoroda 1417 yillar Ulugbek tomonidan chiroyli machitlar Buxoro , Samarkand, Gijduvonda kurilgan. XU asrdan Buxoro Yangi shayboniylar sulolasining markaziga aylandi.

    1500-1530 yillar Buxorodagi Qadimiy obidalar kurilishiga etibor berilgan.



    Xulosa
    Malakatimizning raxbari tomonidan 2010 yilni «Barkamol avlod yili» deb nom berilishi bilan yoshlarga oid siyosat davlat siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biri ekanligi yana bir bor o’z tasdig’ini topdi.

    Barkamol avlod – jamiyat taraqqiyotining asosini tashkil etadi. Shu bois yurtimizda mustaqillik yillaridanok ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan barkamol avlodni tarbiyalash davlatning o’z oldiga qo’ygan vazifalaridan biri sifatida boshlandi.

    Islom Karimov ta’kidlaganidek, sog’lom avlod deganda, avvalo, jismonan baquvvat, iymon e’tiqodi butun, bilimli ma’naviyati yuksak mard va jasur, vatanparvar avlodni tushunamiz.

    Mamlakatimizda sog’lom muhitni shakllantirish va oila, o’quv muassasalarida yuksak ma’naviy, axloqiy muhitni qaror toptirish, mamlakat va yurt obodonligi uchun jonini fido qiladigani avlodni etishtirish bizning ma’suliyatimizga kiradi. Hayot saboqlaridan tajriba orttirish, Vatanni muqaddasligini shuningdek, vatanimizda yaratilgan va bunyod qilingan barcha nodir buyum ashyolarni asrab-avaylashga yo’naltirilgan tarbiya shaklini ishga solish muhimligini his etmoq zarur.

    Yukoridagilarni inobatga olib yigit-kizlar tafakkuri, ongini yangicha o’zgarishlarga alohida e’tibor ajratilmokda.

    Aynan bunday o’zgarish yurtning milliy farovonligini oshirishning asosidir. Bu kelgusida ommaviy madaniyatning yuksalishiga qaratilgan yagona omil bo’lib hisoblanadi.

    Men ham bitiruv malakaviy ishimda manzara kompazistiyasida qadimiy shahrimiz Buxoro ko’chalarini tasvirlashni maqsad qilib, yuqorida qayd qilingan tarbiya vositalaridan imkon darajasida foydalanishga harakat qildim. Zero manzara kompazistiyasi janri o’zida tabiat chiroyini tarannum etish bilan ko’ngillarga orom-zavq bag’ishlaydi.

    Yurtning qiyofasi go’zalligi tomoshabinning qalbiga muhrlanib qoladi.

    Xulosa qilib aytganda u endi qaysi yurt, qaysi millat farzandi ekanligini to’la his qiladi. Ota-bobolarimiz qo’li bilan yaratilgan antik inshootlarni asrab-avaylashimiz, shuningdek, o’z sohasida ulkan orzular og’ushida shu kabi bunyodkorlik ishlarini bajarish niyatida faoliyat ko’rsatadi.

    O’z tabiatini, o’z erini, o’z shahrini sevib ardoqlab yashaydi. Men bajargan bitiruv malakaviy ishimdan tasviriy san’at mashg’ulotlarida, darsdan tashqari ishlarda xam foydalanib, ularda estetik sifatlarni shakllantirish nazarda tutilgan.

    Bitiruv malakaviy ishim yuzasidan xulosa keltirsam, ishni tasviriy san’at darslarida yoki sinfdan tashqari o’tkaziladigan tadbirlarda qo’llash mumkin.

    Foydalanilgan adabietlar

    1.German Vanberi: «Buxoro exud Movaroxunaxr tarixi shark yulduzi 1990-5 son

    2.Sh.Barakaev: Buxoro tarixi Toshkent «Ukituvchi» 1991

    3.B.Tojiev: Kalamda manzara chizish Toshkent 2000y

    4.Beymetov B: Toshov N. san’at tarixi Toshkent 2000 y

    5.Azimov B: Tasviriy sa’at ukitish uslubieti.

    6.R.Xasanov: maktabda tasviriy san’at mashgulotlarini takomillashtirish yullari Toshkent 1996 y

    7.R.Xasanov: Tasviriy san’at darslari Toshkent 2000 y

    8. Abdullaev S: Rang tasvirdan ma’ruzalar matni Buxoro 2001y

    9.A.Maxmudov: tasviriy san’at texnologiyasidan ma’ruzalar matni

    10. Abdullaev N. San’at tarixi 1-kitob Toshkent san’at 1986

    11.Abdullaev N. San’at tarixi 2-kitob Toshkent san’at 2001y

    12. Jabborov B. Rangshunoslikka oid atama va iboratlarini izoxli lugati Namangan 2001

    13. Ermimchenko. N Impressionizm Enstiklopediya jivopisi dlya detey 2003

    14. Sulaymonov Aabdullaev N Tasviriy san’at umumiy urta ta’lim maktablari uchun darslik 7 sinfi T-2007

    15.Kadrlar tayerlash milliy dasturi Barkamol avlod Uzbekiston tarakkietining poydevori Toshkent shark 1997






    Download 115.59 Kb.
    1   2




    Download 115.59 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxoro hududidagi qadimgi ko’chalar va ularning nomlanishi

    Download 115.59 Kb.