Xulosa. BMI ning II bobida fermionlar va bozonlar uchun to`lqin funksiyalar o`rganilgan bo`lib, o`zaro ta’sirlashmaydigan zarrachalar sistemalari uchun Shredinger tenglamasi o`rganilgan. Pauli prinsipiga asoslanib, spini yarim butunga karrali fermionlar Dirak statistikasiga bo`ysunishi tahlil etilgan. Bunday zarralar sistemasi uchun energiya funksiyasi bo`lmish gamiltonian ko`rinishi keltirib chiqarilgan.
Simmetrik va antisimmetrik funksiyalar uchun to`lqin funksiyalarning ko`rinishlari keltirilgan.
Bozonlar sistemasi Boze – Eynshteyn statistikasiga bo`ysunib, ular uchun to`lqin funksiyalarni xuddi fermionlar uchun yozilgan tenglamalardan foydalanib keltirib chiqarilgan. Fermionlar va bozonlar uchun to`lqin funksiyalar bir – biridan simmetriyasi bilan ajralib turishi isbotlangan.
BMIning ikkinchi bobida quyidagi xulosalarga kelingan:
Zarrachalar o`zaro ta’sir potensiali faqat ular orasidagi masofaga bog`liq bo`lsa, u holda harakat miqdorining orbital moment saqlanadi.
Zarrachalar orasidagi o`zaro ta’sir ularning spin orientatsiyasiga bog`liq.
To`lqin funksiyalarning simmetriyalashuvi sistema energiyasini belgilaydi.
Xotima
BMIning I bobida elementar zarrachalarning klassifikatsiyasi o`rganilgan bo`lib, elementar zarrachalarning ishtirok etadigan ta’sir turiga qarab o`rganilgan.
Har bir ta’sir turida ishtirok etuvchi zarrachalarning kvant sonlari, spin, izotopik spin tushunchalari analiz qilingan.
Kuchli o`zaro ta’sirlarda ishtirok etuvchi adron oilalari, ya’ni giperonlar, rezonanslar, kvarklar va xuddi shunday elektromagnit o`zaro ta’sirlarda ishtirok etuvchi fotonlar o`rganilgan.
BMI ning II bobida fermionlar va bozonlar uchun to`lqin funksiyalar o`rganilgan bo`lib, o`zaro ta’sirlashmaydigan zarrachalar sistemalari uchun Shredinger tenglamasi o`rganilgan. Pauli prinsipiga asoslanib, spini yarim butunga karrali fermionlar Dirak statistikasiga bo`ysunishi tahlil etilgan. Bunday zarralar sistemasi uchun energiya funksiyasi bo`lmish gamiltonian ko`rinishi keltirib chiqarilgan.

|