Buxoro davlat universiteti




Download 1.58 Mb.
bet15/27
Sana15.06.2021
Hajmi1.58 Mb.
#15043
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
2.1.1-chizma. C tili oilasi

Rasmda C va C++ tillari C# ning asosini tashkil qilishini ko`rib turibmiz. Lekin C# va Java o`zaro o`zgacha ravishda bog`langan. Ularning kelib chiqishi C va C++ bo`lsada o`zaro bir-biridan farq qiladi . C# tili ham obyektga mo`ljallangan tillar sirasiga kiradi.



C# dasturlash tilining asosiy operatorlari. C# sistemasi asosan quyidagi qismlardan iborat. Bular dasturni yozish redaktori, C# tili va standart kutubxonalardir. C# dasturi ma'lum bir fazalardan o'tadi. Birinchisi dasturni yozish va tahrirlash, ikkinchisi preprosessor amallarini bajarish, kompilyatsiya, kutubxonalardagi obyekt va funksiyalarni dastur bilan bog'lash (link), xotiraga yuklash (load) va bajarish (execute).

//C# dagi ilk dasturimiz

/*Ekranga yozuv chiqarish*/

using System;

namespace ConsoleApplication1

{ class Program

{ static void Main(string[] args)

{ Console.WriteLine("HELO WORLD!");}

} }

Ekranda: Hello World!

Dasturni satrma-satr tahlil qilaylik. C# da ikki tur sharhlar mavjud. /* bilan boshlanib, */ bilan tugaydigani bir necha satrni egallashi mumkin.Ya’ni bu belgilar orasida qolgan hamma yozuv sharh hisoblanadi. Bu tur sharh C dan qolgan. C# yangi ko'rinishdagi sharhlar ham kiritilgan. Bu // bilan boshlanadi va kuchi shu satr oxirigacha saqlanadi. Sharhlar yoki boshqacha qilib aytganda kommentariylar kompilyator tomonidan hisobga olinmaydi va hech qanday mashina ijro kodiga aylantirilmaydi. Sharhlar kerakli joyda, funksiyalardan oldin, o'zgaruvchilar e'lonidan keyin yozilganda, dasturni tushunish ancha osonlashadi va keyinchalik programma ishlash mantig'ini esga solib turadi. using System; Bu juda katta kutubxona bo’lib unda har xil funksiyalar va klasslar mavjud. namespace ConsoleApplication1 esa ushbu klass qaysi nom ichida joylashganligini bildirish uchun mo’ljallangan.Void main() har bir C# dasturining qismidir. main dan keyingi () qavslar C# ning funksiya deb ataluvchi blokining boshlangangini bildiradi. C# dasturi bir yoki bir necha funksiyalardan iborat. Va shulardan aniq bitta funksiya main deb atalishi shart. Bunda main dastur ichida keladigan birinchi funksiya bo'lmasligi ham mumkin. Operatsion sistema dastur ijrosini main() funksiyasidan boshlaydi. main() dan oldin kelgan int esa main funksiyasidan qaytish qiymati tipini belgilaydi. Bunda int integer, ya’ni butun son deganidir. main() ning qaytargan qiymati operatsion sistemaga boradi. { qavs funksiya va boshqa bloklar tanasini boshlaydi. Blokni yopish uchun } qavsi ishlatilinadi.

Console.WriteLine("HELO WORLD!");satri C# da ifoda deb ataladi. C# dagi har bir ifoda; (nuqta-vergul) bilan tugatilishi shart. Ortiqcha; bo'sh ifoda deyiladi. Uni qo'yish dastur tezligiga ta'sir qilmaydi. Kirish va chiqish (Input/Output), ya’ni dasturga kerakli ma'lumotlarni kiritish va ular ustida dastur tomonidan bajarilgan amallar natijalarini olish C# da oqim obyektlari orqali bajarilishi mumkin. Lekin kirish/chiqishni C dagi kabi funksiyalar bilan ham amalga oshirsa bo'ladi. C# falsafasiga ko'ra har bir kirish/chiqish jihozi (ekran, printer, klaviatura...) baytlar oqimi bilan ishlagandek qabul qilinadi.

Yuqoridagi ifoda bajarilganda bizning "Hello World!" gapimiz standart chiqish oqimi obyekti writeline ga (writeline - console out) jo'natiladi. Normal sharoitda bu oqim ekranga ulangandir. C# da satrlar (string) qo'shtirnoqlar (") orasida bo'ladi. Bitta harfli literalar esa bitta tirnoq - apostrof (') ichiga olinadi. Misol uchun: 'A','$'. Bitta harf yoki belgini qo'shtirnoq ichiga olsa u satr kabi qabul qilinadi. Console.Writeline operatori oqimga kiritish operatori deyiladi. Programma ijro etilganda Console.Readline operatorining o'ng tomonidagi argument ekranga yuboriladi. Bunda ekranga qo'shtirnoq ("...") ichidagi narsa bosib chiqariladi. Lekin e'tibor bersak, \n belgisi bosilmadi. \ (teskari kasr - backslash) belgisi maxsus ma'noga ega. U o'zidan keyin kelgan belgi oqim buyrug'i yoki manipulyatori ekanligini bildiradi. Shunda \ belgisi bilan undan keyin kelgan belgi buyruq ketma-ketligida aylanadi.

Bularning ro'yxatini beraylik.

\n - Yangi satr. Kursor yangi qator boshidan joy oladi.

\t - Gorizontal tabulyatsiya (kursor bir-necha harf o'nga siljiydi).

\v - Vertikal tabulyatsiya (bir-necha satr tashlanib o'tiladi).

\r - Qaytish. Kursor ayni satr boshiga qaytadi, ya’ni yangi satrga o'tmaydi.

\a - Kompyuter dinamiki chalinadi.

\\ - Ekranga teskari kasr belgisini bosish uchun qo'llaniladi.

\" - Ekranga qo'shtirnoq belgisini bosish uchun qo'llaniladi.

return 0; (return - qaytmoq) ifodasi main() funksiyasidan chiqishning asosiy yo'lidir. 0 (nol) qiymatining qaytarilishi operatsion sistemaga ushbu dastur normal bajarilib tugaganini bildiradi. return orqali qaytadigan qiymat tipi funksiya e'lonidagi qaytish tipi bilan bir xil bo'lishi kerak. Bizda bu e'lon int main(){...} edi va 0 int tipiga mansubdir. Bundan keyin return orqali qaytarilayotgan ifodani qavs ichiga olamiz. Misol uchun return (6). Bu qavslar majburiy emas, lekin bizlar ularni programmani o'qishda qulaylik uchun kiritamiz.





Download 1.58 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Download 1.58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universiteti

Download 1.58 Mb.