Buxoro davlat universiteti




Download 1.58 Mb.
bet18/27
Sana15.06.2021
Hajmi1.58 Mb.
#15043
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27
if(yosh>=7){ console.writeline ("Maktabga!\n");

maktab()}else{ console.writeline

("Bog'chaga!\n");bogcha()};

Biroq buni o'qish ancha murakkab ishdir.

C# da if/else strukturasiga o'xshash ?: shart operatori (conditional operator) ham bordir. Bu C# ning bittagina uchta argument oluvchi operatori. Uch operand va shart operatori shart ifodasini beradi. Birinchi operand orqali shartimizni beramiz. Ikkinchi argument shart true (haqiqat) bo'lib chiqqandagi butun shart ifodasining javob qiymatidir. Uchinchi operand shartimiz bajarilmay (false) qolgandagi butun shart ifodasining qiymatidir. Masalan:

bool bayroq;

int yosh = 10;

bayroq = ( yosh >= 7 ? true : false );

Agar yosh 7 ga teng yoki katta bo'lsa, bool tipidagi o'zgaruvchimiz true qiymatini oladi, aks taqdirda false bo'ladi. Shart operatori qavslar ichida bo'lishi zarur, chunki uning kuchi katta emas. Javob qiymatlar bajariladigan funksiyalar ham bo'lishi mumkin:

yosh >= 7 ? maktab() : bogcha();

if/else strukturalarini bir-birining ichida yozishimiz mumkin. Bunda ular bir-biriga ulanib ketadi.



switch strukturasi. if-else-if yordami bilan bir necha shartni test qilishimiz mumkin. Lekin bunday yozuv nisbatan o'qishga qiyin va ko'rinishi qo'pol bo'ladi. Agar shart ifoda butun son tipida bo'lsa yoki bu tipga keltirilishi mumkin bo'lsa, biz switch (tanlash) ifodalarini ishlata olamiz. switch strukturasi bir necha case etiketlaridan (label) va majburiy bo'lmagan default etiketidan iboratdir. Etiket bu bir nomdir. U dasturnig bir nuqtasidaga qo'yiladi. Programmaning boshqa yeridan ushbu etiketga o'tishni bajarish mumkin. O'tish yoki sakrash goto bilan amalga oshiriladi, switch blokida ham qo'llaniladi. 5 lik sistemadagi bahoni so'zlik bahoga o'tkazadigan blokni yozaylik.

int baho;

baho = 4;

switch (baho) {

case 5: console.writeline ("A'lo");break;

case 4: console.writeline( "Yahshi");break;

case 3: console.writeline( "Qoniqarli");break;

default: console.writeline( "Baho xato kiritildi!";break

}

switch ga kirgan o'zgaruvchi (yuqorigi misolda baho) har bir case etiketlarining qiymatlari bilan solishtirilib chiqiladi. Solishtirish yuqoridan pastga bajariladi. Shartdagi qiymat etiketdagi qiymat bilan teng bo'lib chiqqanda ushbu case ga tegishli ifoda yoki ifodalar bloki bajariladi. So'ng break (buzmoq, tugatmoq) sakrash buyrug'i bilan switch ning tanasidan chiqiladi. Agar break qo'yilmasa, keyingi etiketlar qiymatlari bilan solishtirish bajarilmasdan ularga tegishli ifodalar ijro ko'raveradi. Bu albatta biz istamaydigan narsa. default etiketi majburiy emas. Lekin shart chegaradan tashqarida bo'lgan qiymatda ega bo'lgan hollarni diagnostika qilish uchun kerak bo'ladi. case va etiket orasida bo'sh joy qoldirish shartdir. Chunki, masalan, “case 4:” ni case4: deb yozish oddiy etiketni vujudga keltiradi, bunda sharti test qilinayotgan ifoda 4 bilan solishtirilmay o'tiladi.

while takrorlash strukturasi. Takrorlash strukturasi bir ifoda yoki blokni ma'lum bir shart to'g'ri (true) bo'lishi davomida qaytarish imkonini beradi. Qaytarilayatgan ifoda shartga ta'sir ko'rsatishishi kerak. Ma'lum bir vaqt o'tgandan keyin shart false ga o'zgartilishi kerak. Bo'lmasa while (davomida) tugatilmaydi. while faqat o'zidan keyin kelgan ifodaga ta'sir qiladi. Agar biz bir guruh amallarni + qaytarmoqchi bo'lsak, ushbu blokni {} qavslar ichiga olishimiz kerak. Shart takrorlanuvchi blokning boshida tekshirilgani sababli, agar shart noto'g'ri bo'lib chiqsa, blokni hech ijro ko'rmasligi ham mumkin.

while (shart) {

ifoda1;

ifoda2;

.}

do/while takrorlash strukturasi. do/while ifodasi while strukturasiga o'xshashdir. Bitta farqi shundaki while da shart boshiga tekshiriladi. do/while da esa takrorlanish tanasi eng kamida bir marta ijro ko'radi va shart strukturaning so'ngida test qilinadi. Shart true bo'lsa blok yana takrorlanadi. Shart false bo'lsa do/while ifodasidan chiqiladi. Agar do/while ichida qaytarilishi kerak bo'lgan ifoda bir dona bo'lsa {} qavslarning keragi yo'qdir. Quyidagicha bo'ladi:

do

ifoda;


while (shart);

Lekin {} qavslarning yo'qligi dasturchini adashtirishi mumkin. Chunki qavssiz do/while oddiy while ning boshlanishiga o’xshaydi. Buni oldini olish uchun {} qavslarni har doim qo'yishni tavsiya etamiz.



do {

ifoda1;

ifoda2;

} while (shart);

Qiymat berish operatorlari. Bu qismda keyingi bo'limlarda kerak bo'ladigan tushunchalarni berib o'tamiz. C# da hisoblashni va undan keyin javobni o'zgaruvchiga beruvchi bir necha operator mavjuddir. Misol uchun:



k = k * 4; ni

k *= 4; deb yozsak bo'aladi.

Bunda *= operatorining chap argumenti o'ng argumentga qo'shiladi va javob chap argumentda saqlanadi. Biz har bir operatorni ushbu qisqartirilgan ko'rinishda yoza olamiz (+=, -=, /=, *= %=). Ikkala qism birga yoziladi. Qisqartirilgan operatorlar tezroq yoziladi, tezroq kompilyatsiya qilinadi va ba'zi bir hollarda tezroq ishlaydigan mashina kodi tuziladi.

Oshirish va kamaytirish operatorlari (increment and decrement)

C# da bir argument oluvchi inkrenet (++) va dekrement (--) operatorlari mavjuddir. Bular ikki ko'rinishda ishlatilinadi, biri o'zgaruvchidan oldin (++f - preinkrement, --d - predekrement), boshqasi o'zgaruvchidan keyin (s++ - postinkrement, s-- - postdekrement) ishlatilgan holi. Bularning bir-biridan farqini aytib o'taylik. Postinkrementda o'zgaruvchining qiymati ushbu o'zgaruvchi qatnashgan ifodada ishlatilinadi va undan keyin qiymati birga oshiriladi. Preinkrementda esa o'zgaruvchining qiymati birga oshiriladi, va bu yangi qiymat ifodada qo'llaniladi. Predekrement va postdekrement ham aynan shunday ishlaydi lekin qiymat birga kamaytiriladi. Bu operatorlar faqatgina o'zgaruvchining qiymatini birga oshirish/kamaytirish uchun ham ishlatilinishi mumkin, ya’ni boshqa ifoda ichida qo'llanilmasdan. Bu holda pre va post formalarining farqi yo'q. Masalan:



++r;

r++;

Yuqoridagilarning funksional jihatdan hech qanday farqi yo'q, chunki bu ikki operator faqat r ning qiymatini oshirish uchun qo'llanilmoqda. Bu operatorlarni oddiy holda yozsak:



r = r + 1; d = d - 1;

Lekin bizning inkrement/dekrement operatorlarimiz oddiygina qilib o'zgaruvchiga bir qo'shish/ayirishdan ko'ra tezroq ishlaydi.

Mantiqiy operatorlar. Bosqaruv strukturalarida shart qismi bor dedik. Shu paytgacha ishlatgan shartlarimiz ancha sodda edi. Agar bir necha shartni tekshirmoqchi bo'lganimizda ayri-ayri shart qismlarini yozardik. Lekin C# da bir necha sodda shartni birlashtirib, bitta murakkab shart ifodasini tuzishga yordam beradigan mantiqiy operatorlar mavjuddir. Bilar mantiqiy VA - && (AND), mantiqiy YOKI - || (OR) va mantiqiy INKOR - ! (NOT). Bular bilan misol keltiraylik. Faraz qilaylik, bir amalni bajarishdan oldin, ikkala shartimiz (ikkitadan ko'p ham bo'lishi mumkin) true (haqiqat) bo'lsin.

if (i < 10 && l >= 20){}

Bu yerda {} qavslardagi ifodalar bloki faqat i 10 dan kichkina va l 20 dan katta yoki teng bo'lgandagina ijro ko'radi.

AND ning (&&) jadvali:

ifoda1 ifoda2 ifoda1 && ifoda2

false (0) false (0) false (0)

true (1) false (0) false (0)

false (0) true (1) false (0)

true (1) true (1) true (1)

Bu yerda true ni yeriga 1, false ni qiymati o'rniga 0 ni qo'llashimiz mumkin.

for takrorlash strukturasi. for strukturasi sanovchi (counter) bilan bajariladigan takrorlashni bajaradi. Boshqa takrorlash bloklarida (while, do/while) takrorlash sonini kontrol qilish uchun ham sanovchini qo'llasa bo'lardi, bu holda takrorlanish sonini oldindan bilsa bo'lardi, ham boshqa bir holatning vujudga kelish-kelmasligi orqali boshqarish mumkin edi.Ikkinchi holda ehtimol miqdori katta bo'ladi. Masalan qo'llanuvchi belgilangan sonni kiritmaguncha takrorlashni bajarish kerak bo'lsa biz while li ifodalarni ishlatamiz. for da esa sanovchi ifodaning qiymati oshirilib (kamaytirilib) borilaveradi va chegaraviy qiymatni olganda takrorlanish tugatiladi. for ifodasidan keyingi bitta ifoda qaytariladi. Agar bir necha ifoda takrorlanishi kerak bo'lsa, ifodalar bloki {} qavs ichiga olinadi. for strukturasi uch qismdan iboratdir. Ular nuqta-vergul bilan bir-biridan ajratiladi. for ning ko'rinishi:

for( 1. qism ; 2. qism ; 3. qism ){

takror etiladigan blok }

1. qism - e'lon va initsalizatsiya.

2. qism - shartni tekshirish (oz'garuvchini chegaraviy qiymat bilan solishtirish). 3.qism - o'zgaruvchining qiymatini o'zgartirish.

Qismlarning bajarilish ketma-ketligi quyidagichadir:

Boshida 1. qism bajariladi (faqat bir marta), keyin 2. qismdagi shart tekshiriladi va agar u true bo'lsa takrorlanish bloki ijro ko'radi, va eng ohirda 3. qismda o'zgaruvchilar o'zgartiriladi, keyin yana ikkinchi qismga o'tiladi.



Download 1.58 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27




Download 1.58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universiteti

Download 1.58 Mb.