Buxoro davlat universiteti




Download 1.58 Mb.
bet2/27
Sana15.06.2021
Hajmi1.58 Mb.
#15043
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27

Kirish.


O’zbekiston Respublikasi mustaqillik odimlarini dadil qo’yayotgan hozirgi davrda axborotlashgan jamiyat qurish masalasi mamlakatimiz uchun naqadar katta ahamiyat kasb etayotgani hech kimga sir emas. Internet hayotimizning bir bo’lagiga aylandi.Biz uning xizmatlaridan har kuni foydalanishga odatlandik.

Biz mustaqil O’zbekiston yoshlari har tomonlama yetuk barkamol avlod bo’lib yetishimiz uchun keng imkoniyatlar yaratib Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov yosh avlod tarbiyasiga juda kata e’tibor berib kelmoqdalar. Jumladan, asosiy vazifamiz vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish nomli Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimovning 2009-yilning asosiy yakunlari 2010-yilda O’zbekistonning ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanishini eng muhim ustuvor yo’nalishlarda bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida:

“Biz farzandlarimiz nafaqat jismoniy va ma’naviy sog’lom o’sishi, balki ularning eng zamonaviy intelektual bilimlarga ega bo’lgan, uyg’un rivojlangan insonlar bo’lib, XXI asr talablariga to’liq javob beradigan barkamol avlod bo’lib voyaga yetishi uchun zarur bo’lgan barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz.

O’z oldimizga qo’yilgan yuksak vazifa va marralarga erishishda zamonaviy bilim va tarbiya sohibi bo’lgan, yangicha fikrlaydigan yoshlarimiz bizning asosiy tayanchimiz va suyanchimiz”[1].

Respublikamizda o’qitish texnologiyalarini zamonaviylashtirishni jadallashtirish rivojlangan iqtisodiyotli mamlakatlarga qaraganda yanada dolzarb ahamiyatga ega. Chunki hozirgi kunda milliy ta`lim tizimining salohiyati iqtisodiy rivojlanishning yanada yuqori pog’onasiga ko’tarilishga amaliy imkoniyat ta`minlovchi asosiy ijtimoiy resurs sifatida gavdalanadi.

Hisoblash texnikasi juda jadal rivojlanib xalq xo’jaligining barcha tarmoqlariga kirib bormoqda, jumladan ishlab chiqarish, boshqarish, moliya tizimlarida hamda harbiy texnikada keng ko’llanmoqda. Shu bilan bir qatorda kompyuterda axborotlarini qayta ishlash, saqlash va uzatish muammosi hozirgi paytning aktual muammolaridan biri hisoblanadi.

Dasturlash usullari dasturni o’qilishini qulayligi bilan o’zaro bog’liq. Usullar dеganda tajribali dastur tuzuvchilar to’g’ri natijali, foydalanishda qulay, qulay bo’lgan dasturlarni tuzishda foydalanadigan usul va mеtodlar nazarda tutiladi.

Dastur shunday tuzilishi kеrakki, uni birinchi qatorda mashina yoki EHM emas balki inson o’qib tushunsin. Chunki dastur insonlarga dasturlarni tuzishda, shakllantirishda va ularni qo’llashda kеrak bo’ladi.

Dastur - bu kеyinchalik ishlatishga va takomillashtirshga mo’ljallangan xujjat, algoritmlarni kodlashtirish uchun o’quv matеriali va hokazolardir.

Dеmak dasturlash tillari bizga o’qishda qulay bo’lgan dasturni yaratishni taominlab bеrishi kеrak. Dastur iloji boricha algoritimni tuzilishini va mantiqni bizga tushunarliroq qilib еtkazib bеrishi kеrak.

Albatta biz juda ko’p joylarda va jarayonlarda standartlarga asosan ish olib boramiz. Lеkin dasturlash usullarida bunga qarshi bir nеcha fikrlar aytilgan. Ulardan birini kеltirib o’tamiz: dasturlash usuli - bu shaxsiy fikr va didga bog’liqdir. Shuning uchun unga xеch qanday chеgaralanishlar qo’yilmasligi kеrak.



Download 1.58 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Download 1.58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universiteti

Download 1.58 Mb.