Buxoro shahri tarixi haqida ma’lumot




Download 1.13 Mb.
bet7/13
Sana18.06.2021
Hajmi1.13 Mb.
#15125
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
2.1. Buxoro shahri tarixi haqida ma’lumot.

San’at o’z vositalari yordamida dunyoni tan olish, insonda ma’naviy sifatlarni shakllantirish, ongli sezgilarni, dunyoqarashni kengaytirish bilan chegaralanmaydi, balki qobiliyat va iqtidor kabi ta’limiy sifatlarni ham uyg’unlashtiradi. San’at asosida badiiy jismlar orqali tevarak atrofdagi, hayotda yuz berayotgan barcha narsalarni haqqoniy tasvirlash kabilarda o’z ifodasini topadi. Yuqorida qayd qilinganidek, rang-tasvir asarlarida ham kelgusida insonning ish faoliyatida yangi shakldagi estetik xususiyatlar tarkib topishi bejiz emas. O’zbekiston hududida qadimdan yaratilgan asarlar ichida faqat haykaltaroshlik, amaliy san’at namunalari balki ko’p sonli devoriy sur’atlar ko’zga tashlanib, o’z jozibasi bilan barchani o’ziga maftun etganligi sir emas. Bunday noyob san’at asarlarining ko’pchiligi yo’qolib ketgan bo’lsa-da, Afrosiyob qal’alari yoki Varaxsha qo’rg’onlarida bajarilgan mahobatli rangtasvir asarlari barchamizga o’z davrining maishiy hayotidan ko’pgina sir-sinoatlar haqida so’zlab berishga qodirligi haqida shubhamiz yo’q.

Darhaqiqat, mamlakatimiz hududida ko’plab urush, jangu-jadallar bo’lib o’tganligi islom dinida surat chizish man etilganligi tufayli rangtasvir sohasi anchagina oqsaganligi barchaga ma’lum. Garchi shunday bo’lsa-da, XIV-XVI asrlarga kelib K.Behzod asos solgan sharq miniatyurasi rangtasvirda yangi va o’zgacha maktab yaratilganligidan dalolat beradi. XV asr rangtasvirida ayrim kamchiliklar: nisbat va perspektiva qonunlariga amal qilinmagan bo’lsa-da, ranglarning nafis va sofligi, o’zaro uyg’unlashuvi, O’rta Osiyoning turmush tarzidan etarlicha ma’lumotlarni bizga etkazib berdi. Chunki ular o’ziga xos Sharq rangtasvir maktabini yaratishga muvaffaq bo’ldilar, bu o’z navbatida butun er yuzida tan olindi.

XV-XVI asrlar O’rta Osiyoda uyg’onish davri deb atalishi ko’p tomondan san’at rivoji bilan bog’liq edi. Aynan shu davrlarga kelib nafaqat rangtasvir, balki me’morchilik, adabiyot, musiqaning ham eng rivojlangan, gullab yashnagan davri deb e’tirof etiladi. Chunki bu davr buyuk A.Temur davridan boshlanib, uning targ’iboti izdoshlari davomchilari tomonidan amalga oshirilgan edi. Lekin bu jarayon keyingi asrlarda diniy qarashlar natijasida va to’xtovsiz urushlar jarayonida so’nib bordi. XX asr O’zbekiston Respublikasi hayotida ulkan o’zgarishlarning yuzaga kelishi, shuningdek, tarixning yangi sahifalar yoritilishiga zamin yaratdi.

XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Rus mamlakatiga qaram bo’lgan O’rta Osiyoning elkasiga og’ir musibatlar tushdi. XX asrning oxiriga kelib respublikamiz mustaqillikka erishdi. Asrlar davomida yurak qo’rida yotgan orzu-istaklar Respublika prezidenti I.Karimov tomonidan yuzaga chiqarildi. Ming yillik o’z tarixiga ega bo’lgan O’zbek xalqi respublika prezidenti I.Karimovning sa’y harakatlari tufayli tez orada xalq xo’jaligining barcha sohalarida shiddat bilan ulkan yutuqlarni qo’lga kirita boshladi. Mamlakatimizda fan, texnika, san’at, shuningdek, bir necha davlat ahamiyatiga molik bo’lgan sohalar ulkan o’zgarishlar bilan jahonning minbarlarida tan olina boshlandi. Ayniqsa, adabiyot, musiqa, me’morchilik shuningdek tasviriy san’at sohasida ko’zga tashlanadigan yangiliklari o’zining muhimligi bilan jahon ahlini lol qoldirdi. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva va qator boshqa shaharlarda o’zgacha husn va libos kiygan inshootlarni qad ko’tarishga zamin yaratildi. Tarixiy obidalar ta’mirlanib, yangi tipdagi zamonaviy inshootlar bunyod qilindi. Chet el sayyohlarining to’xtovsiz qatnovi, mehmonlarning hayratlanishi, yigirma yil ichida yuz bergan tarixiy dalillardan guvohlik beradi. Bu borada tasviriy san’atda ham ko’zga ko’rinarli o’zgarishlar yuzaga keldi. Rangtasvirda ko’p sonli o’zbek musavvirlar etishib chiqib, nafaqat yurtimizda balki chet elda Franstiya, Italiya, Germaniya, Yaponiya, Hindiston va qator mamlakatlarda badiiy ko’rgazmalarda qatnashib anchagina muvaffaqiyatlarga erishganliklarini qayd qilish mumkin.

O’zbekiston Markaziy Osiyoda geografik joylashuviga ko’ra siyosiy o’rinlardan birini egallaydi. Bu regionda eng qadimiy taraqqiyot markazlari joylashgan bo’lib, dunyo tan olgan yirik shaxarlar Samarkand, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaxarlar orqali Sharq va G’arbni o’zining madaniy salohiyati bilan bog’liq tarzda Xitoydan Ispaniyagacha, Evropadan Hind okeanigacha barcha jabhalarda ko’prik vazifasini o’tagan. I.A. Karimovning OON Bosh Assambleyasining 48-sessiyasidagi nutqidan. Buxoroning ertaklarida aytilgani kabi ko’hna va qadimiyligini butun dunyo tan olganligi sir emas. Nafaqat shahar balki xalqi ham qo’li ochik, mexmondo’st ekanligi o’rta asrlardanok butun dunyoga ovoza bo’lgan. Qadimiy shahrimiz-Respublikamiz mustaqillikka erishgach, viloyatimizning eng ko’rkam va chiroyli shaharlaridan biriga aylandi.

Buxoro shahrinig o’tmishi o’ta muhim va rango-rang tasodiflarga boy. Ikki ming besh yuz yildan ortiq davr ichida bu shahar nimalarni boshidan kechirmadi, gohida u yuksalib, gohida esa bosqinchilar olovida yonib kul bo’ldi. Tarixiy dalillar, Aleksandr Makedonskiy qo’shini, Muslim ibn Kutayba boshchiligida arab lashkarlari, Chingizxon qo’shinlari jonajon shahrimiz kulini ko’kka sovurgan edilar. Yillar o’tib, asrlar davomida Buxoro shahri qiyofasi o’zgacha chiroyga ega bo’la bordi. Mahalliy xalq o’zining milliy madaniyatini, qadriyatlarini saqlab qolishga intildi va bu yutuqlarni qo’lga kirita oldi. Ayniqsa, Respublikamiz mustaqillikka erishgach, shaharning iqtisodiy salmoq doirasi kengayib, o’zining asl qiyofasini tiklab, ma’naviy tanglikdan chiqib oldi. Xozirgi paytda chaqnab turgan quyosh ostida millionlab Qorako’l qo’y-qo’zilari ona erda million tonnaga yakin don, oq oltin etishtirilayapti, bundan tashkari iktisodiy jihatlar xam yukoriga chiqib oldi. Xalq xo’jaligining turli sohalarida ancha yutuqlarni qo’lga kiritayotganini xam e’tirof etish joiz.

Buxoro tarixini o’rganish va uning ko’p ming yillik an’anaviy qadriyatlarini tiklash va saqlab qolish muammosi 1997 yilda o’zining ijobiy ko’rsatkichlarini yuzaga chiqardi va Yunesko qaroriga ko’ra Buxoroning 2500 yilligi yubileyi tantanali ravishda nishonlanib xalqaro «Buxoro-2500» fondi tashkil etildi. Eng muhimi Buxoroda nimalarni asrab avaylash degan muammo o’z echimini topdi. Chunki shahar o’zining madaniy me’roslariga ega bo’lib, Respublikaning markaziy shaharlaridan biriga aylandi. Chunki o’z taraqqiyoti jarayonida o’ta nodir me’moriy majmualarni in’om etadi. Minorai Kalon, Ismoil Somoniy maqbarasi shuningdek, o’nlab me’moriy inshootlar shaharning ko’rkiga ko’rk qo’shib turganligi fikrimiz dalilidir.

Aniqroq qilib aytganda, Buxoro madaniy ko’rkiga aylanib qolganligini faxr bilan tilga olish mumkin. Shu boisdan ham qolgan katta va kichik tarixiy ahamiyatga molik inshootlar hozirgi kunda ta’mirlanib o’ziniing asl qiyofasini topib bormokda. Darvoke, bu ko’hna shahar ham iqtisodiy, ham siyosiy axamiyatga ega bo’lib, Buyuk Ipak yo’li orqali G’arb bilan Sharq o’rtasida savdo sotiq yo’lini bog’lab turganligi sir emas. Eng muhimi bu zaminda ko’p sonli dunyoda mashhur olimlar, shoir va me’morlar tavallud topganligi nazardan chetga qolmasligi kerak. Buxoro zaminida Ismoil al-Buxoriy, ibn Sino, Rudakiy, Farobiy kabi donishmandlar dunyoga kelganligi uning faxri deb e’tirof etiladi.

Hozirgi kunda shaharning qiyofasi tanib bo’lmas darajada o’zgardi. Ko’chalar, bozorlar, katta-kichik mexmonxonalar, sanoat korxonalari o’zgacha qiyofada shahar qiyofasiga o’zgacha chiroy qo’shgan. Shuning uchun xozirgi kunda Angliya, Franstiya, Xitoy, Koreya, Arab mamlakatlaridan izi sovimay sayyohlar qatnab turishibdi. Bugungi kunda Buxoro o’zining 12 ta muzeyiga ega. Muzeylar nafaqat bizning balki, jahon madaniyatida muhim o’rinlarni egallashi bilan maqtovga loyikdir. 2010 yilda shaharning shimoliy hududida “Ko’hna va boqiy Buxoro” majmuasi bunyod qilindi. Bu esa ezgu niyatlardan birini amalga oshganligidan dalolatdir.

Buxoro shahrining paydo bo’lishi tarixidan lavhalar. Ko’pgina tarixiy dalillar bu shaharni Amudaryo vohasida Zarafshon daryosi atrofida joylashganligini asoslab beradi. Aslida Buxoro geografik joylashuviga ko’ra Karmanadan Zarafshongacha bo’lgan hududni tashkil etadi. Dastlabki ma’lumotlar uning nomi bilan bog’liq bo’lib, buning zamirida «Budda monastiri» degan ma’noni anglatadi. Yana bir ma’lumot arab tarixchisi Numidkent Tabari tomonidan qoldirilgan bo’lib (Xudolar va dinni targ’ib qiluvchilar tarixi nomli 10 tomli kitobida) O’rta Osiyo Madinasi deb yuritilganligi, 4-asrga kelib esa, So’g’dcha Numidkent, 7-8-asrlarda Puxo, Bugo nomlari bilan yuritilganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Aslida bu mavze Karmana Malik cho’li Konimex va Nurota vohasida joylashgan bo’lib yagona cho’llar atrofida juda ko’p ko’llar: Maxonko’l, To’dako’l, Chuqurko’l, O’rtako’l, Chandirko’l kabilar mavjud bo’lgan. Shu tufayli ko’p asrlar davomida cho’l va ko’llar Buxoro iqlimining o’zgarishiga va erlarning sho’rlanishiga sabab bo’lgan. Natijada Buxoro ekologiyasining buzilishiga olib kelgan, buning natijasida esa vohada turli xil kasalliklarni paydo bo’lishiga sabab bo’lgan.

Biz tarixiy davrda yashab turib ona shahrimizni kelajagi uchun ota bobolarimizning, ajdodlarimizga qoldirgan urf-odat qadriyatlarni asrab avaylab, mustahkamlab barcha kuch va bilimlarimizni sarflashimiz kerak. Mazkur yo’nalish bo’yicha barkamol avlodni tarbiyalash yo’lida ancha tarbiyaviy ma’rifiy-ma’naviy ishlar olib borilayapti. Aksariyat ishlarni salmoqli hissasi maktabgacha ta’lim muassasalarida boshlab umumta’lim maktablari, o’rta maxsus kasb-hunar kollejlari, shuningdek oliygohlarda olib borishni nazarda tutilib, kelajak avlod oldida Respublikamiz prezidenti Islom Karimov da’vat va chaqiriqlariga ishonarli tarzda amal qilinayapti. O’ylaymizki bu ishonch o’zining kelajak oldida eng mas’uliyatli, sharafli, mazmunli namunasi bo’lib qoladi.





Download 1.13 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Download 1.13 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro shahri tarixi haqida ma’lumot

Download 1.13 Mb.