“Buxoro ko’chalari ” kompozitsiyasini




Download 1.13 Mb.
bet9/13
Sana18.06.2021
Hajmi1.13 Mb.
#15125
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
2.3. “Buxoro ko’chalari ” kompozitsiyasini

tasvirlash bosqichlari
“Buxoro ko’chalari ” mavzusida rasm ishlash uchun avvalo uning tarixini qanday qurilganligi haqida tasavurga ega bo’lish lozim.

Ma’lumki Buxoro boy tarix madaniyatga ega bo’gan. Buxoro hududida olib borilgan arxeologik qazilma ishlari buning yaqqol misolidir. Varaxsha – Buxoro shahridan 40 kilometr g’arbda joylashgan qal’a xarobasi hozirda bu joy cho’lga aylangan. Arxeologik qazilmalar shuni ko’rsatadiki bu erda miloddan 1000 yil oldin odamlar bu joyda yashagan va ularda tasviriy san’at yaxshi rivoj topgan. “Buxoro ko’chalari ”mavzusida ishlash jarayonida biz “Shox Axsi” guzari ya’ni ko’chani misol sifatida chizishga qaror qildik. “Shox Axsi” Buxoroning Labi havzdan Samarqand darvozasiga boraverishda joylashgan. Biz u kishining hayotlari va nima uchun bu ko’chaning nomi u kishining nomlariga qo’yilgani to’g’risida o’rganib chiqdik. U ko’chadagi past baland uylar, cho’p kori imoratlar machitu madrasalar madrasa o’ziga xos manzarani yaratadi va o’sha tarix zarvaraqalari xotirasiga qolgan ota bobolarimizning mashaqatli mehnati ko’z o’ngimizda qaytib jonlanganday bo’ladi.

Rasm chizish jarayonida qalam orqali bir qator murakkab vazifalarni bajarishag to’g’ri keladi. Qog’oz tekisligida hajmiy shaklarini tasvirlash uchun tasvirlovchi uning atrof muhitdagi holatini, hajmini soya yo’rug’ orqali ifodalash zarurligi hamda umulashtirishi qolaversa tipik tomonlarini ajratishi shu kabi vazifalarni yechishi kerak. Yuqoridagi faktorlar ishning badiiy tasirchanligini taminlashini unutmaslik lozim. Demak rasm chizishda ma’lum bir ketma-ketlik saqlanmasa mazkur vazifalar yechimi rassom uchun ancha murakkab hisoblanadi.

Tasviriy san’at o’qitish uslubiyoti zamonaviy pedagogika fani yutuqlariga asoslangan. Mazkur fanning dedaktik asoslaridan barcha o’quv vazifalari ma’lum bir ketma- ketlik bilan yechilishidir. Shunday qilib rasm bajarish jarayoni o’zinig boshlanishi , davomi va yakuniga ega. Boshqqacha qilib aytganda, narsaning o’ziga qarab rasm chizishning bosqichlari mavjud. Bular quyidagilar: rasm chizish jarayoni joy tanlashdan boshlanadi. Tanlangan joy, ya’ni ko’rish nuqtasi qo’yilgan, yoki ko’rinayotgan nuqtaning ko’rinayotgan shaklini, hajmini to’la namoyish etishi kerak.

Ko’rish nuqtasi to’g’ri tanlanganligi naturani ancha hajmli aniq, ifodalanishini ta’minlaydi. Ishning birinchi bosqichida chizilayotgan narsani qog’oz tekisligiga kompozitsiaya nuqtai nazaridan to’g’ri joylashtirishi kerak.

Rasm qog’oziga nisbattan juda katta yoki juda kichik, o’ng yoki chap tomonga surilgan bo’lmasligi kerak. Joylashtiriah tajribasiga ega bo’lmagan talabalar o’rganish jarayonida (vida iskatel) dan foydalansalar maqsadga muvofiq bo’lardi. Rasmning kompozitsiyasini tuzganda yorug’lik tushushini, binoni soya yorug’ligini ketma-ketlik bilan ufq chiziqqa nisbattan qanday joylashganligini hisobga olinadi.

Tajribasiz musavvir tipik xatosiz chizish uchun ko’rinayotgan ko’chani har bir jihatini alohida jizmoqchi bo’ladi. Tabiiyki, rasm qog’ozga sig’may qoladi. Shuning uchun yengil chiziqlar bilan rasmningumumiy ko’rinishi qog’oz tekisligida belgilanadi, umumiy eni, balandligi, uzoq yaqinligi so’ng ko’chani tasvirlayotganda mavjud narsaning bir biroviga nisbattan o’lcham munosabati aniqlanadi. Albatta ufq chiziqi sedan chiqmasligi kerak.

Buxoro ko’chalarini tasvirlashda qog’oz tekisligida umumiy chegaralari aniqlab qo’yilsa, rassom shu bilan o’ziga aniq kompozitsion vazifa qo’ygan bo’ladi. Shu bosqichdan boshlab kompozitsiya ichida joylashgan va ko’rinayotgan devor, ko’cha daraxt va shu kabi bir biriga bo’gan nisbatlarni topgan holda chizish boshlanadi. Bajarilgan rasm aniq, ifodalangan bo’lishi uchun rasm chiziqlariga katta e’tibor berilishi kerak.

Darhaqiqat, grafikada chiziqning roli katta. Nafis chiziq, rassomga ko’p plastic va fazoviy vazifalar yechimi ta’minlaydi.



Download 1.13 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 1.13 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Buxoro ko’chalari ” kompozitsiyasini

Download 1.13 Mb.