Buxoro davlat universiteti




Download 1.46 Mb.
bet36/58
Sana24.06.2021
Hajmi1.46 Mb.
#15172
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   58
Chamilo – tizimi ham boshqa LMS tizimlari singari IMS(IMS Content Packaging, IMS QTI) va SCORM standartlarini qo`llab-quvvatlaydi. Tizim kross-platformali hisoblanib, barcha operatsion tizimlarda ishlaydi. GPLv3 litsenziyasi asosida ish yuritadi. Bu tizimda kurslarni tashkillashtirishda sessiya nomli qo`shimcha moduli mavjud bo`lib, ma’lum kurslar yakuni bo`yicha lokal imtihon aratish imkonini beradi. Shuningdek, hisobot bo`limi orqali esa kurslar, imtihonlar va foydalanuvchilarning holati bo`yicha hisobot yaratiladi. Chamilo tizimida modullarning imkoniyatlari yildan-yilga takomillashib bormoqda. Xususan, hozirgi kunga kelib qolgan LMS tizimlarida mavjud modullarga qo`shimcha bo`lgan ochiq muloqot va videokonferensiya tashkil etish hamda taqdimot yaratish imkoniyatlari modullari ishlab chiqildi.

ATutor – tizimi ommalashgan masofaviy ta’lim tizimlari qatoriga kiradi. ATutor tizimning tarkibida quyidagi modullar mavjud: Forum, Glossary, File Storage, Site map, My tests and surveys, My tracker, Directory, Export content, Chat, Links, Polls, Blogs, Web search va h.k. Bu tizimda yaratilgan kurslar ob’yektga mo`ljallangan dasturlash tillarida klasslarni yaratish jarayoni kabi uch xil tipda aniqlanadi. Chunonchi, public, Private, Protected. Foydalanuvchilar bilan ishlashda ham ular uchun bir qancha rollar mavjud bo`lib, ular disabled (ta’qiqlangan), deconfirmed (faollashtirilmagan), student (talaba), instructor (o`qituvchi/tyutor), administrator(administrator). Open ELMS erkin va ochiq kodli navbatdagi masofaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirish imkoniyatini beradigan tizim bo`lib, GNU GPL litsenziyasi asosida foydalanuvchilarga foydalanishlari uchun tarqatiladi. Tizimning o`zi erkin va ochiq kodli bo`lganligi bois ham, dasturiy majmuani yaratishda ochiq kodli dasturiy ta’minotlardan foydalanilgan.



eFront – dasturiy majmua PHP ni qo`llab-quvvatlovchi barcha operatsion tizimlarda ishlaydi. Ma’lumotlar bazasi sifatida MySQL va PostgreSQL dan foydalanish mumkin. Boshqa LMS lar singari IMS va SCORM standartlarni qo`llab-quvvatlaydi. Tizim 30 dan ortiq tilga tarjima qilingan, shu qatorida o`zbek tilidagi tarjimasi ham mavjud. eFront tizimining bir qancha versiyalari ishlab chiqarilgan, ular Editions, Enterprise, Educational va Open-source. Open-source versiyasidan foydalanish bepul hisoblanib, qolgan versiyalaridan foydalanish uchun ma’lum qo`shimcha pul evaziga sotib olishingiz mumkin bo`ladi. Lekin eFront dasturiy majmuasining Open-source versiyasi masofaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirishingiz uchun yetarli hisoblanadi.


Download 1.46 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   58




Download 1.46 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universiteti

Download 1.46 Mb.