Buxoro davlat universiteti




Download 0.96 Mb.
bet8/29
Sana01.07.2021
Hajmi0.96 Mb.
#15314
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
Ko’rish uzoqligi maxsus asboblar va ko’z bilan chamalab hisoblanadi.

Bulutlik ko’z bilan chamalab belgilanadi bunda osmon gumbazining bulutlar bilan qoplanish darajasi, bulut tiplari, bulutlar quyi chegarasining yer yuzidan balandligi, bulutlar harakatining yo’nalishi va tezligi aniqlanadi. Tumanlar, shudring va qirov ko’z bilan chamalab belgilanadi tuproq yuzasidagi va chuqur qatlamlardagi temperatura Savinov termometrlari va maxsus termometrlar bilan aniqlanadi.

Qor qoplamining qalinligi va zichligi hamda harakteri maxsus qor o’lchagich reyka bilan o’lchanadi. Ayrim stantsiya va postlarda suv yuzasidan bug’lanish ham o’lchab boriladi. Maxsus meteorologik va agrometeorologik stantsiyalarda va postlarda o’simliklar ustida fenologik, biometrik va tuproq namligi ustida kuzatishlar olib boriladi.

Har qaysi territoriyadan olingan meteorologik ma’lumotlarni bir-biriga solishtirish uchun har bir meteorologik stantsiyada meteorologik elementlar bir xil mahalliy vaqtda bir xil tipdagi asboblar bilan o’lchanadi deyarli hamma meteorologik asboblar ochiq havoda, tabiiy sharoitda ishlashga moslashtirilgan. Faqat atmosfera bosimini o’lchovchi asboblar xona ichiga qo’yilishi mumkin, chunki atmosfera bosimi hamma yerda deyarli bir xildir.

SSSR ning barcha territoriyasida kuzatish va o’lchov ishlarini olib borish uchun qo’llaniladigan asboblar -50° dan - 40° gacha, namlikni o’lchovchi asboblar esa 100% namlikda, yog’in yog’ayotganda, tuman tushganda ham normal ishlashga moslashtirilgan.





Download 0.96 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Download 0.96 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universiteti

Download 0.96 Mb.