Buxoro davlat universiteti




Download 2.02 Mb.
bet3/29
Sana03.07.2021
Hajmi2.02 Mb.
#15347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29














Kirish


Buyuk va mustaqil vatanimiz kelajagi yosh avlod qo`lidadir.Birinchi Prezidentimiz aytganlaridek, ular shu yurtning mustahkam poydevori bo`lishlari shart.Shuning uchun yosh avlodga shunday ta`lim tarbiya berish kerakki, ular shu vatanni sevuvchi, uning uchun jonini fido qiluvchi, jahon standartlariga to`laqonli ravishda mos keluvchi kadr bo`lib yetishishsin.Yosh avlodga chuqur bilim berish orqali ularning dunyoqarashini shakllantirish mumkin.

Bugungi kunda ham ta`lim-tarbiya sohasiga katta e`tibor qaratilmoqda.Xususan, maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog’ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan “2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g’risida” qaror qabul qilindi.

Ushbu dastur (keyingi o'rinlarda Dastur deb yuritiladi) ning asosiy maqsadli vazifalari va yo'nalishlari quyidagilarni o’z ichiga oladi:

Ilg’or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish;

Maktabgacha ta'lim sifatini oshirish, maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta'lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo'llaniladigan zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish;

Maktabgacha ta'lim muassasalarida 5-6 yoshdagi bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash bo'yicha 6100 ta qisqa muddatli guruhni tashkil etish;

Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va uslublarni inobatga olgan holda maktabgacha ta'lim muassasalariga pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishning o'quv reja va dasturlarini takomillashtirish;

2200 ta maktabgacha ta'lim muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan qishloq joylarda maktabgacha ta'lim muassasalarini yangidan qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, jihoz, o'quv-metodik qo'llanmalar va multimediali vositalar bilan ta'minlash.

Bundan tashqari, yurboshimiz akademik litseylarda o'quv jarayoni sifati va samaradorligini tubdan oshirish, akademik litseylarda umum ta'lim maktablarining eng qobiliyatli bitiruvchilarini jamlash, umumta'lim maktablari bitiruvchilarining tanlangan kasblar va mutaxassisliklarni egallab olishga bo'lgan ehtiyojini qondirish uchun shart-sharoitlarni yanada kengaytirish maqsadida “O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g’risida” (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017-y , 11-son, 156-modda) qaror qabul qildi.Ushbu dastur quyidagilarni o’z ichiga oladi:

O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazining Respublikada faoliyat ko'rsatayotgan akademik litseylar sonini optimallashtirishni, akademik litseylarda o'quv jarayoni sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari amalga oshirilishini nazarda tutuvchi, jumladan:

moddiy-texnik va o'quv-pedagogik bazasi nisbatan past darajali ba’zi akademik litseylarni tugatish, tugatilayotgan akademik litseylarning 1-bosqichlariga o'quvchilarni qabul qilishni o'quv yilidan boshlab to'xtatish;

faoliyati ko'rsatkichlari eng past bo'lgan ba’zi akademik litseylarni bosqichma-bosqich kasb-hunar kollejlariga aylantirish;

kasb-hunar kollejlariga aylantirilayotgan akademik litseylarning 2-va 3-bosqichlari o'quvchilari kontingentini kasb-hunar kollejlariga aylantirilayotgan akademik litseylarning binolarida amaldagi o'quv dasturlari va o'qitish shartlari bo'yicha belgilangan tartibda o'qitishni tugallash;

o'quv jarayoni samaradorligini yanada oshirish va akademik litseylar bitiruvchilarining oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirishi ko'rsatkichlarini oshirish chora-tadbirlari dasturi haqidagi taklifi qabul qilish.

Oldin bayon qilinganlar bilan birgalikda quyidagilar akademik litseylarning muhim vazifalari va faoliyati yo'nalishlari etib belgilandi:

umum ta'lim maktablarining eng iste'dodli o'quvchilarini tanlash, ularning intellektual qobiliyatlarini yanada rivojlantirish va o'qishni oliy ta'lim muassasalarida davom ettirishga maqsadli chuqur tayyorlash;

o'quvchilarning ijodiy salohiyati namoyon bo'lishi va faollashishiga ko'maklashuvchi, individual iste'dodlarni va har bir o'quvchining qobiliyatlari hamda xususiyatlarini hisobga olgan holda bilimlarni egallab olish jarayonida mustaqil faoliyat ko'nikmalarini shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi ta'lim muhitini yaratish;

ilg’or mahalliy va xorijiy ta'lim muassasalarining tajribasini hisobga olgan holda ta'lim jarayonini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish va uning mazmunini doimiy ravishda yangilab borish

Mustaqillik yillarida O'zbekiston Respublikasida uzluksiz ta'limning noyob tizimi yaratildi, ilmiy-tadqiqot faoliyati, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o'tkazish samaradorligini oshirishga, mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotida ilm-fanning rolini kuchaytirishga yo'naltirilgan salmoqli ishlar amalga oshirildi.

2013-yilning 1-yanvaridan boshlab doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish va fan doktori ilmiy darajasini berish bo'yicha oliy o'quv yurtidan keyingi ta'limning bir bosqichli tizimi joriy qilinishi oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o'tkazish tizimini umum qabul qilingan xalqaro talablar va standartlarga yaqinlashtirishda muhim qadam bo'ldi.O'tgan davr ichida barcha zarur normativ-huquqiy baza shakllantirildi, o'rnatilgan talablarga muvofiq oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim institutlarining faoliyati, doktorlik dissertatsiyalarini tayyorlash va himoya qilish tashkil etildi.

Shu bilan birga, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda erishilgan sur'atlar oliy o'quv yurtidan keyingi ta'limning bir bosqichli tizimi sharoitida orttirilgan tajribaning mohiyatini qator xorijiy mamlakatlarning mazkur sohadagi ilg’or amaliyotini hisobga olgan holda qayta anglash zarurligini taqozo etmoqda.Hozirgi sharoitda ilmiy kadrlar tayyorlash jarayonini tobora jadal rivojlantirish va sifatini oshirish, iqtidorli yoshlarni ilm-fanga keng jalb qilish, oliy ta'lim va ilmiy muassasalarning ilmiy salohiyatini mustahkamlash va undan respublikaning innovatsion rivojlanishida samarali foydalanish masalalari alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o'tkazish tizimining sifati va samaradorligini tubdan oshirish, oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim sohasini yanada takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatida yoshlarning intellektual salohiyatini har tomonlama namoyon etish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim tizimini yanada takomillashtirish to'g’risida(O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017-y, 8-son, 106-modda) gi qaror qabul qilindi.Ushbu dasturnini qisqacha mazmuni quyidagicha:

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo'mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, shuningdek tasarrufida oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari mavjud bo'lgan boshqa vazirlik va idoralarning qator xorijiy mamlakatlarning xalqaro amaliyotiga muvofiq 2017-yilning 1-iyulidan boshlab oliy o'quv yurtidan keyingi ta'limning ikki pog’onali:

dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog’i bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi tayanch doktorantura;

dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog’i bo'yicha fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi doktorantura tizimini joriy qilish to'g’risidagi takliflariga rozilik beriladi;

tegishli fan tarmog’i bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi magistr darajasiga yoki oliy ma'lumotga (mutahassislik dasturlari bo'yicha) ega bo'lgan, yoxud klinik ordinaturani tugatgan (tibbiyot fanlari uchun) va o'rnatilgan talablar bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertaciyani himoya qilgan shaxslarga ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tomonidan beriladi;

fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasi fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda berilgan, unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo'lgan va o'rnatilgan talablar bo'yicha fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani himoya qilgan shaxslarga ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tomonidan beriladi;

tayanch doktoranturaga magistr darajasiga yoki oliy ma'lumotga (mutaxassislik dasturlari bo'yicha) ega bo'lgan, yoxud klinik ordinaturani tugatgan (tibbiyot fanlari uchun) shaxslar o'rnatilgan talablarga muvofiq qabul qilinadi;

doktoranturaga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda berilgan, unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo'lgan shaxslar o'rnatilgan talablarga muvofiq qabul qilinadi;

o'rnatilgan tartibda mustaqil tadqiqotchi sifatida chizmaiylashtirilgan, falsafa doktori (PhD) yoki fan nomzodi, yoki xorijiy davlatlarda berilgan, unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo'lgan shaxslarga ham fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishga ruxsat beriladi

Fan doktori ilmiy darajasini beruvchi amaldagi ilmiy kengashlar mazkur Farmon qabul qilingan kundan boshlab oliy o'quv yurtidan keyingi ta'limning bir bosqichli tizimi bo'yicha dissertatsiyalarni himoyaga qabul qilishni to'xtatishi belgilab qo'yiladi.

Fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda berilgan, unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo'lgan:

Hozirgi vaqtda katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida tahsil olayotgan yoki o'rnatilgan tartibda mustaqil izlanuvchi sifatida chizmaiylashtirilgan shaxslar oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim yangi tizimining tegishli institutlarida tahsil olishni davom ettiradilar va, tayyorligiga qarab, fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalarini himoya qiladilar;

oliy o'quv yurtidan keyingi ta'limning bir bosqichli tizimi sharoitida katta ilmiy xodim-izlanuvchilar yoki mustaqil izlanuvchilik institutini dissertatsiya himoyasisiz bitirgan, shuningdek, oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim institutlariga kirmagan holda o'rnatilgan talablarga muvofiq dissertatsiyasini tayyorlagan va Oliy attestatsiya komissiyasida dissertasiya mavzusini ro'yxatdan o'tkazgan shaxslar fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qilishlari mumkin.

Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'limning bir bosqichli tizimi sharoitida katta ilmiy xodim-izlanuvchilar yoki mustaqil izlanuvchilik institutini dissertatsiya himoyasisiz bitirgan, shuningdek oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim institutlariga kirmagan holda o'rnatilgan talablarga muvofiq dissertatsiyasini tayyorlagan va Oliy attestatsiya komissiyasida dissertatiya mavzusini ro'yxatdan o'tkazgan shaxslar falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qilishlari mumkin 2017-yil 1-iyulidan:tayanch doktoranturada tahsil oluvchi shaxslarga stajyor-tadqiqotchi lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya to'lanadi;doktoranturada tahsil oluvchi shaxslarga fan nomzodi ilmiy darajasiga ega (ilmiy unvonga ega bo'lmagan) katta ilmiy xodim lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya to'lanadi.

Tabiyki, bunday murakkab vazifalarni amalga oshirishda davlat va jamiyatning mas`uliyati alohida ahamiyat kasb etadi.Davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimini uzluksiz rivojlantirish va takomillashtirishning kafili bo`lishi zarur.Ular yuqori malakali,raqobatga qodir mutaxassislar tayyorlash bo`yicha ta`lim muassasalarinig faoliyatini uygunlashtirish lozim.



Download 2.02 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Download 2.02 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universiteti

Download 2.02 Mb.