• Mehnat ta’limi” kafedrasi
  • MAVZU : TIKUV BUYUMLARINI APPLIKASIYA BILAN BEZASH
  • Buxoro davlat universiteti




    Download 160.5 Kb.
    bet1/2
    Sana24.07.2021
    Hajmi160.5 Kb.
    #16057
      1   2


    Applikatsiya ishlari uchun asboblar va moslamalar



    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

    OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

    BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
    Pedagogika” fakulteti

    Mehnat ta’limi” kafedrasi


    MEHNAT TA’LIMI PRAKTIKUMI FANIDAN
    ESANOVA ZARINANING

    MEHNAT TA’LIMI PRAKTIKUMI FANIDAN



    MAVZU : TIKUV BUYUMLARINI APPLIKASIYA BILAN BEZASH
    Bajardi : Z. Esanova
    Tekshirdi : Sh.H. Quliyeva

    BUXORO - 2016

    MAVZU : TIKUV BUYUMLARINI APPLIKASIYA BILAN BEZASH

    1. Applikatsiya haqida ma’lumot.

    2. Applikatsiya uchun materiallarni tayyorlash.

    3. Applikatsiya turlari.

    4. Gazlama bo‘laklaridan applikatsiya tayyorlash jarayoni.
    Applikatsiya- lotincha so‘z bolib, yopishtirish degan ma’noni anglatadi, ya’ni bir material turini ikkinchisining ustiga qo‘yib tikish yoki yopishtirishdir. Bunda biror ko‘rinishda (syujet, o‘simliklar, hayvonlar, geometrik shakllar va hokazo) ishlatiladigan materiallar xususiyatidan kelib chiqib, uni asosiy materialga tikish yoki yopishtirish mumkin.

    Applikatsiya- texnik ijodkorlikning bir tarmog'i bo‘lib, u turli shakllami qirqish, joylash va asos (fon) deb atalgan materialga yopishtirish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Applikatsiya tayyorlash jarayonida kishining ijodkorlik qobiliyati shakllanadi, kuzatuvchanlik, e’tibor, tasawur doirasi kengayadi, rang-tasvir, chamalash qobiliyati kuchayadi, sabr, chidamlilik, qo’l mehnatiga bo'lgan munosabati, badiiy didi ijobiy shakllanadi.

    Applikatsiya kiyimlami, turli buyumlami va xona jihozlarini bezashda, ko‘rgazma materiallami tayyorlashda qo'llaniladigan qadimiy amaliy san’at turlaridan hisoblanadi. Applikatsiyada kiyim- kechak va ro‘zg‘or buyumlarini bezash uchun gazlama, fetr, zamsh, charm, mo‘yna parchalaridan foydalaniladi, ya’ni ularni bezak bo‘yicha asosiy gazlamaga qoplab, turli choklar: tekis chok, petlya chok, popop chok va hokazolar bilan chatib qo‘yiladi. Gazlamalaming turli-tumanligi, ulaming rangi fakturasi qiziqarli va antiqa pannolar yaratishga yordam beradi. Applikatsiya bilan tikilgan buyumlar alohida dekorativ xarakterda bo‘lib, zamonaviy interyerga juda mos tushadi.

    Applikatsiya oson tikilishi, turli gazlama va materiallami ishlatish mumkinligi bilan ko‘pchilikning diqqat-e’tiborini tortadi. Qo‘l hunarining bu turiga har qanday ochiq rangli gazlama parchalari yaraydi. Bitta rangni ikkinchisiga qo‘yib ко‘rib, ranglaming juda chiroyli uyg‘unligini va kompozitsiyalarini topish mumkin. Applikatsiya ishlarini mashinada yoki qo‘lda bajarish mumkin. Qoida applikatsiya ishlarini bajarish uchun juda oddiy asboblar kerak bo‘ladi. Bular: igna, angishvona, qaychi, santimetr lentasi, gardish, bundan tashqari, millimetrlangan qog‘oz, kalka, ko‘chirish rangli qog‘ozi.

    Applikatsiyani bajarishda ignalar to‘plami bilan ishlagan ma’qul. Yupqa gazlamalami tikishda 3- va 5- raqamli ignalardan, qalin gazlamalami tikishda esa birmuncha kattaroq bo‘lgan 4- va 6-raqamli ignalardan foydalanish kerak. Ignalarning ko‘zi katta bo‘lsa, bir necha qavat ipni o‘tkazish oson bo‘ladi.

    Applikatsiyani bajarishda turli xil rangdagi va sifatdagi iplardan, ya’ni 40- va 50- raqamli g‘altak ipdan tortib to jun va muline iplarigacha foydalaniladi. Bunday ip turlaridan ko‘p miqdorda to‘plab qo‘yilgani ma’qul, chunki bajarilayotgan bitta applikatsiya uchun bir necha xil rangdagi ipdan bir vaqtning o‘zida kerak bo‘lishi mumkin.

    Shuningdek, applikatsiyani tikish jarayonida ikki-uch xil o‘lchamdagi o‘tkir qaychilar yupqa gazlamalar va qiytimlami bichish uchun, og‘ir qaychilar esa qalin va zich gazlamalami bichish uchun kerak bo'ladi.

    Ayrim hollarda (agar applikatsiya yopishtiriladigan bo'lsa) zig-zag qaychilardan ham foydalaniladi. Applikatsiya nusxalarini tayyorlashda ishlatiladigan qog‘ozlar uchun alohida qaychi ishlatilgani ma’qul, aks holda gazlama uchun ishlatilayotgan qaychi tezda o‘tmas bo‘lib qoladi. Applikatsiya bilan ishlash jarayonida charm va zamsh, materiallari bilan ham ishlanadi, shuning uchun bu ishlar uchun poyafzalchilar qaychisidan foydalanish kerak.

    Ish jarayonining bir tekisda borishi uchun maxsus papkaga solingan karton qog‘ozi, kalka, ko‘chirish rangli qog‘ozlari, shuningdek, maxsus idishchada to‘g‘nog‘ichlar, lineyka, santi­metr lentasi va detallarning ovalsimon shakllarini chizishda ishlatiladigan turli xil lekalolar to‘plami bo‘lgani ma’qul. Turli xil rasmlami gazlamalarga belgilash uchun yumshoq oddiy va rangli qalamlar (oq rangli qalam ham), o‘tkirlangan sovun qoldig‘i va bo‘r kerak bo‘ladi.

    Applikatsiya - lotincha so‘z boliib, yopishtirish degan ma’noni anglatadi, ya’ni bir material turini ikkinchisining ustiga qo‘yib tikish yoki yopishtirishdir. Bunda biror ko‘rinishda (syujet, o‘simliklar, hayvonlar, geometrik shakllar va hokazo) ishlatila- digan materiallar xususiyatidan kelib chiqib, uni asosiy materialga tikish yoki yopishtirish mumkin.

    Applikatsiya - texnik ijodkorlikning bir tarmog'i bo‘lib, u turli shakllami qirqish, joylash va asos (fon) deb atalgan materialga yopishtirish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Applikatsiya tayyorlash jarayonida kishining ijodkorlik qobiliyati shakllanadi, kuzatuv- chanlik, e’tibor, tasawur doirasi kengayadi, rang-tasvir, chamalash qobiliyati kuchayadi, sabr, chidamlilik, qoi mehnatiga bo'lgan munosabati, badiiy didi ijobiy shakllanadi.

    Applikatsiya kiyimlami, turli buyumlami va xona jihozlarini bezashda, ko‘rgazma materiallami tayyorlashda qo'llaniladigan qadimiy amaUy san’at turlaridan hisoblanadi. Applikatsiyada kiyim- kechak va ro‘zg‘or buyumlarini bezash uchun gazlama, fetr, zamsh, charm, mo‘yna parchalaridan foydalaniladi, ya’ni ularni bezak bo‘yicha asosiy gazlamaga qoplab, turli choklar: tekis chok, petlya chok, popop chok va hokazolar bilan chatib qo‘yiladi. Gazlamalaming turli-tumanligi, ulaming rangi fakturasi qiziqarli va antiqa pannolar yaratishga yordam beradi. Applikatsiya bilan tikilgan buyumlar alohida dekorativ xarakterda bo‘lib, zamonaviy interyerga juda mos tushadi.

    Applikatsiya oson tikilishi, turli gazlama va materiallami ishlatish mumkinligi bilan ko‘pchilikning diqqat-e’tiborini tortadi. Qo‘l hunarining bu turiga har qanday ochiq rangli gazlama parchalari yaraydi. Bitta rangni ikkinchisiga qo‘yib ко‘rib, ranglaming juda chiroyli uyg‘unligini va kompozitsiyalarini topish mumkin.

    Applikatsiya ishlarini mashinada yoki qo‘lda bajarish mumkin. Qoida applikatsiya ishlarini bajarish uchun juda oddiy asboblar kerak bo‘ladi. Bular: igna, angishvona, qaychi, santimetr lentasi, gardish, bundan tashqari, millimetrlangan qog‘oz, kalka, ko‘chirish rangli qog‘ozi.

    Applikatsiyani bajarishda ignalar to‘plami bilan ishlagan ma’qul. Yupqa gazlamalami tikishda 3- va 5- raqamli ignalardan, qalin gazlamalami tikishda esa birmuncha kattaroq bo‘lgan 4- va 6-raqamli ignalardan foydalanish kerak. Ignalarning ko‘zi katta bo‘lsa, bir necha qavat ipni o‘tkazish oson bo‘ladi.

    Applikatsiyani bajarishda turli xil rangdagi va sifatdagi iplardan, ya’ni 40- va 50- raqamli g‘altak ipdan tortib to jun va muline iplarigacha foydalaniladi. Bunday ip turlaridan ko‘p miqdorda to‘plab qo‘yilgani ma’qul, chunki bajarilayotgan bitta applikatsiya uchun bir necha xil rangdagi ipdan bir vaqtning o‘zida kerak bo‘lishi mumkin.

    Shuningdek, applikatsiyani tikish jarayonida ikki-uch xil o‘lchamdagi o‘tkir qaychilar yupqa gazlamalar va qiytimlami bichish uchun, og‘ir qaychilar esa qalin va zich gazlamalami bichish uchun kerak bo'ladi.

    Ayrim hollarda (agar applikatsiya yopishtiriladigan bo'lsa) zig-zag qaychilardan ham foydalaniladi. Applikatsiya nusxalarini tayyorlashda ishlatiladigan qog‘ozlar uchun alohida qaychi ishlatilgani ma’qul, aks holda gazlama uchun ishlatilayotgan qaychi tezda o‘tmas bo‘lib qoladi. Applikatsiya bilan ishlash jarayonida charm va zamsh, materiallari bilan ham ishlanadi, shuning uchun bu ishlar uchun poyafzalchilar qaychisidan foydalanish kerak.

    Ish jarayonining bir tekisda borishi uchun maxsus papkaga solingan karton qog‘ozi, kalka, ko‘chirish rangli qog‘ozlari, shuningdek, maxsus idishchada to‘g‘nog‘ichlar, lineyka, santi­metr lentasi va detallarning ovalsimon shakllarini chizishda ishlatiladigan turli xil lekalolar to‘plami bo‘lgani ma’qul. Turli xil rasmlami gazlamalarga belgilash uchun yumshoq oddiy va rangli qalamlar (oq rangli qalam ham), o‘tkirlangan sovun qoldig‘i va bo‘r kerak bo‘ladi.

    Applikatsiyani yupqa chit, satin, shoyi va boshqa gazlamalardan tikishdan oldin gazlamalami kraxmallab, yaxshilab dazmollanadi. Gazlamani kraxmallash quyidagicha bajariladi: bir osh qoshiqdagi kraxmalni uncha ko‘p bolmagan sovuq suvda eritiladi. Hosil qilingan massaga 1 litr qaynagan suv asta-sekin qo‘shiladi, bunda massa bir tekis bo‘tqa (yelim) shakliga kelishi kerak. Olingan yelim tiniq, shaffof va yopishqoq bo'lishi kerak. Agarda yelim loyqa va yopishqoq bo‘lsa, bo‘tqa (yelim)ni 3 daqiqa davomida past olovda qaynatish zarur.

    Shundan so‘ng yelimni oz miqdordagi sovuq suvga qo‘shib aralashtiriladi va unga kraxmallanadigan hamda oldindan yuvib olingan nam gazlama bo‘lagi solinadi. Gazlamani siqiladi va quritiladi. Qurigan gazlamani bir oz namlab dazmollash kerak. Kraxmallangan gazlamalar baland bo‘lmagan haroratda dazmollangani ma’qul.

    Applikatsiyaning alohida predmetli, butun bir mavzuli va dekorativ naqshli turlari bo‘ladi. Predmetli applikatsiyada bironta hayvon, gul, qush, barg, uy, mashina va hokazo kabi narsalar tasvirlansa, mavzuli applikatsiyada ma’lum bir sharoit, ya’ni joy - bayram ko‘rinishi, tabiat manzarasi tasvirlanadi. Dekorativ naqshli applikatsiya xayoliy, noan’anaviy shakllardan iborat bo‘ladi.

    Applikatsiyalar oddiy va murakkab turlarga bo‘linadi. Shuningdek, .applikatsiyani bajarishda bir xildagi yoki bir ijecha turdagi gazlama bo‘laklaridan foydalanish mumkin.

    Applikatsiya tayyorlash jarayoni ma’lum bir ketma-ketlikda bajariladi. Awalo applikatsiya mavzusi tanlanadi va shunga asosan eskiz chiziladi, so‘ngra rang tanlanadi, shakl kesiladi, asosga joylashtiriladi va kashta tikib mahkamlanadi.



    Ko‘chirish rangli qog‘ozi yordamida butun bezak asosiy gazlamaga, uning detallari esa tayyorlangan gazlama parchasiga tushiriladi. Bezak detallarni qirqib olinib, detallarning chetki qirqimlari bo‘ylab asosiy gazlamaga shu gazlama rangidagi muline yoki oddiy ipda igna oldinlatilgan chok hamda mayda qaviq bilan ilintirib ko‘klab chiqiladi. Bunda detallardagi gazlama ipining yo‘nalishi asosiy gazlama ipining yo‘nalishiga to‘g‘ri kelishiga ahamiyat beriladi. Keyin bu detallar chetini igna oldinlatilgan chok qaviqlami yopib turadigan qilib asosiy gazlamaga tekis chok qaviqlari petlya chok yoki popop chok bilan tikib chiqiladi (26- rasm).

    Ba’zan applikatsiya detallari buyumga yopishtiriladi. Buning uchun polietilen plyonkasi gazlamadan qirqilgan detalga qaraganda 2-3 mm kattaroq qilib qirqib olinadi. Asosiy gazlamaga plyonka qo‘yiladi, uning ustiga bezak bichilgan gazlama parchasini qo‘yib, juda qizib ketmagan dazmol bilan bosib yopishtiriladi. Plyonka erib, asosiy bezak detalga gaz­lama parchalarini yopishtiradi. Shuningdek, hozirgi vaqtda tikuvchilik sohasida ko‘p ishlatiladigan tasmali, ikki tomonlama yopishadigan maxsus yelimli qotirmalardan foydalanish mumkin. Uni applikatsiya detallariga moslab bichib olinadi so‘ngra asosiy gazlama ustiga qo‘yUadi, uning ustidan applikatsiya detallari qo‘yilib, qizib ketmagan dazmol bilan bosib yopishtiriladi.

    Qalin gazlamalardan applikatsiya tikishda kashta detallarini oldin karton qog‘ozga ko‘chirib, qirqib olinadi. Tayyor bo‘lgan trafaretni gazlama ustiga qo‘yib, rangli qalam bilan chizib chiqiladi va qirqiladi. Movut, fetr, zamsh, drapdan tayyorlangan bezak detallarini asosiy gazlamaga tikmay, o‘rtasiga tugma, munchoq kashta tikib mahkamlab qo‘ysa ham bo'ladi.

    Gazlama parchalaridan kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak, doira, yarim doira shaklida qirqib olib, petlya chok bilan tikib poyondoz, divan yostig‘iga jild, yopinchiq, sumka va boshqa buyumlar yasash mumkin. Bu usulda kalta kelib qolgan yubka yoki ko‘ylakni bezab uzaytirsa ham bo‘ladi. Bunday buyumlarni tikish uchun eskirgan palto yoki kostyum gazlamalarini ishlatish ham mumkin.

    Applikatsiya ishlarini qo‘lda yoki mashinada bajarish mumkin. Qo‘lda bajarilganda bezak detallami bichish jarayonida hech qanday chok haqlari qoldirilmaydi, chunki bezak detaining chetki qirqimlari bo'ylab turli choklarda asosiy gazlamaga yopishtirib tikiladi










    Download 160.5 Kb.
      1   2




    Download 160.5 Kb.