Chet (ingliz, nemis, fransuz) tillar fanlaridan o‘quv dasturi




Download 158.6 Kb.
bet10/16
Sana19.06.2021
Hajmi158.6 Kb.
#15139
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Tinglab tushunish. Nutqni tinglab tushunish deganda, so‘zlovchining nutqini bevosita yoki texnikaviy vositalar yordamida eshitib idrok etish va fahmlash nazarda tutiladi. Boshqacha qilib aytganda, tinglab tushunish o‘zgalar nutqini (jonli tarzda yoki mexanik yozuvdagisini) idrok etish hamda mazmunini fahmlab yetish ma’nosini ifodalaydi. Yangi til materiali o‘quvchilarga odatda o‘qish yoki tinglash orqali tanishtiriladi. Tinglab tushunish talaffuz va ohangni ham o‘zlashtirishga xizmat qiladi.

Tinglab tushunish uch bosqichli faoliyat bo‘lib, unda umumiy eshituv idroki (akustik appersepsiya), so‘zlarning tovush tomonini (fonematik) farqlash va mohiyatini anglash orqasida nutqdagi mazmun idrok etiladi, bilib olinadi va tushuniladi. Eshitish sezgisi va analizatori orqali axborot olishning asosiy manbalari sifatida o‘qituvchi nutqi, audio-video vositalardan magnitafon yozuvi, radio eshittirish, ovozli diafilm, kino (video) film (yoki undan parcha) va televizion ko‘rsatuvlar tavsiya etiladi.

Tinglab tushunishni amalga oshirish uchun quyidagi uch omil nazarda tutiladi. Tinglovchining o‘ziga bog‘liq omillari (eshitish ko‘nikmasining rivojlanganligi, uning xotirasi va matnni diqqat bilan tinglab, mazmunini tushunganligi), tinglash paytidagi shart-sharoit (nutq tezligi, til materiali hajmi va shakli hamda so‘zlanayotgan nutqning davom etishi) va nihoyat, qo‘llangan materialning lingvistik jihatlari (tinglovchining til tajribasiga mos kelish-kelmasligi) hisobga olinadi, ya’ni tinglab tushunishga beriladigan matn notanish bo‘lib, o‘quvchilar egallagan til materiallarini o‘z ichiga oladi.



Download 158.6 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Download 158.6 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Chet (ingliz, nemis, fransuz) tillar fanlaridan o‘quv dasturi

Download 158.6 Kb.