• Nutq malakalari
  • Til materiali
  • Chet (ingliz, nemis, fransuz) tillar fanlaridan o‘quv dasturi




    Download 34.48 Kb.
    bet13/16
    Sana19.06.2021
    Hajmi34.48 Kb.
    #15139
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
    Nutq mavzulari o‘qitish maqsadlariga asoslanib tanlanadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida «O‘quvchi va uni o‘rab turgan atrof-muhit», «Vatanimiz» va «Tili o‘rganiladigan mamlakatlar» kabi mavzular asosiy nutq mavzulari hisoblanadi. O‘qish uchun siyosiy, badiiy, ilmiy, ma’naviyat va madaniyat hamda sportga oid matnlar tanlanadi.

    Tanlab olingan mavzu va unga oid matnlar o‘quvchilarning yoshi hamda qiziqishlariga mos kelishi kerak.

    Mazkur dasturda o‘quvchilar yoshi va qiziqishlarini hisobga olgan holda mavzular jadvallarda sinflar bo‘yicha alohida berildi. Jadvalda sinflar bo‘yicha taqsimlangan asosiy mavzular miqdori darslikda shu miqdordagi bo‘limlar bo‘lishi kerak degan ma’noni anglatmaydi. Asosiy mavzular tarkibidagi kichik mavzular ham til materiali hajmidan kelib chiqqan holda alohida bo‘lim bo‘lishi mumkin.

    Nutq malakalari deganda, chet tilda nutq faoliyati turlari (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozuv)ni egallash darajalari tushuniladi. Malaka o‘quvchilarning chet til o‘rganish davrida olgan ko‘nikmalarini amaliy faoliyatida sobitqadamlik bilan mustaqil ravishda qo‘llay olish kompetensiyasi (layoqati)dir. Nutq malakalari til materialini muloqot paytida qo‘llash jarayonida rivojlanadi va takomillashadi.

    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida chet til o‘qitishning asosiy vazifasi bo‘lmish nutqiy malakalarni singdirish chog‘ida ularga mos keladigan lisoniy ko‘nikmalarni ham o‘zlashtirishdan iboratdir. Bunday ko‘nikmalar asosini ushbu dasturda ko‘rsatilgan til materiali tashkil qiladi. Til materiali dasturda Davlat ta’lim standartiga muvofiq tarzda alohida berildi.



    Til materiali, ma’lumki, leksik, grammatik va fonetik hodisalarni o‘z ichiga oladi. O‘quv jarayonida leksik, grammatik, talaffuz hamda imlo birligi kabi tushunchalarni farqlash, darslik va qo‘llanmalar tuzishda ulardan o‘z o‘rnida foydalanish zarur.

    Til birligi leksik, grammatik, talaffuz va orfografiya (imlo) birliklarini ifodalaydi.

    Lug‘at birligi – o‘zak so‘z va yasama so‘zdan iborat, leksik birlik (o‘zak so‘z, yasama so‘z (uning tarkibidagi so‘z yoki so‘z yasovchi elementlar), so‘z yasovchi affiks, turg‘un so‘z birikmasi, gap (og‘zaki nutqning ilgarilashi sharoitida qismlarga bo‘linmay o‘rgatiladigan tayyor jumlalar)ni o‘z ichiga oladi.

    Grammatik birlik – morfologiya va sintaksis hodisalar, talaffuz birligi – fonetik minimumdagi tovush-fonemadan to jumlalar ohangigacha, imlo birligi – harf, harf birikmasi, so‘z, so‘z yasash, shakl va gap yasash elementlari, so‘zning o‘zgaruvchan hamda o‘zgarmaydigan shakllaridan iboratdir.

    Umumiy o‘rta ta’lim maktabini bitiruvchi o‘quvchilar egallaydigan 1500 ta leksik birlikni nutqda o‘zlashtiradilar.

    Chet til grammatikasini o‘rgatish asosan induktiv (nutqda o‘rganilgan lisoniy hodisaga qoida-umumlashma) va qisman deduktiv (o‘qish va tinglashda uchraydigan grammatik hodisalarga oid algoritmik qoida berish) uslublarida amalga oshiriladi. Chet til grammatikasini o‘rgatish mazmuni uchta metodik mezonga ko‘ra (o‘quvchining ona tili va ikkinchi tildan to‘plangan grammatik tajribasini hisobga olib, chet tilning o‘zidan yig‘iladigan tajribaga asoslanib va grammatik hodisalar taqdimoti tartibini nazarga olib) tanlanadi va ularga maxsus mashqlar beriladi.





    Download 34.48 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Download 34.48 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Chet (ingliz, nemis, fransuz) tillar fanlaridan o‘quv dasturi

    Download 34.48 Kb.