Chet (ingliz, nemis, fransuz) tillar fanlaridan o‘quv dasturi




Download 158.6 Kb.
bet3/16
Sana19.06.2021
Hajmi158.6 Kb.
#15139
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
UQTIRISH XATI

Uzluksiz ta’lim tizimida tillarni o‘rgatish-o‘rganishga alohida e’tibor beriladi. Zamonaviy bozor iqtisodiyoti va axborot texnologiyalari taraqqiyoti sharoitida chet til o‘rganishga ehtiyoj kuchaydi. Madaniyatlararo muloqot vositasi sifatida chet til o‘rganish davr talabiga aylandi.

Chet tilda nutqiy faoliyat yuritish o‘quvchi shaxsini shakllantirishga yo‘naltiriladi, ya’ni o‘rganilayotgan til sohibi yaratgan madaniy merosni o‘zlashtirishga erishiladi. Tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozuv jarayonida o‘quvchi avval egallagan ijtimoiy, madaniy, lisoniy, emotsional tajribasini boyitadi. Muloqotdosh (kommunikant)larning bir-birini tushunishlari chet til bilishning asosiy mezoni hisoblanadi.

Ta’lim tizimidagi boshqa fanlardan chet tilning farqi bir paytning o‘zida, uning ham ta’lim maqsadi, ham ta’lim vositasi ekanligida namoyon bo‘ladi. Chet tilda nutqiy malakalar (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozuv)ni egallash ta’limdan ko‘zlanadigan maqsad bo‘lishi bilan birga o‘rganilayotgan til yangi va foydali axborot olish, yetkazish vositasi maqomini ham oladi. O‘quvchi (learner) faqat muloqotdosh sifatida emas, balki axborot sohibi (kognizant) maqomida o‘rganilayotgan tildan foydalanadi. Tilni o‘rganish chog‘ida o‘quvchi lingvistik bilimlar to‘plash bilan emas, balki nutqiy va madaniy malakalari (kompetensiyasi)ni oshirish bilan mashg‘ul bo‘ladi. Kommunikativ faoliyat ko‘rsatish, shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyani egallashga mo‘ljallangan integrativ yondashuv asosida chet til o‘rgatiladi. Chet til ta’limida kommunikativ-kumulyativ metod tatbiq etiladi. Xorijiy G‘arb lingvodidaktikasi istilohida bu madaniyatlararo muloqot yo‘nalishi nomi bilan yuritiladi.

Chet til va madaniyat yaxlit (integrastiyalashgan) holda o‘rgatiladi. Madaniyat, bu o‘rinda inson fikri va faoliyati hosilasi tushunshasini ifodalaydi. Chet tilda o‘rganiladigan lisoniy (leksik, grammatik, talaffuzdagi) birlikda lingvomadaniy xususiyatlar tajassum topgan va nutqiy jarayon (diskurs)da ularga o‘quvchi e’tibori qaratiladi. Mazkur metodik qoida doirasida chet til o‘qitish maqsadi va mazmuni belgilanadi.

Maqsad deganda, chet til va uning sohibi madaniyatini o‘rgatish va o‘rganishning ongli tarzda rejalashtirilgan natijasi ko‘zda tutiladi. O‘qitish sharoitidan kelib chiqib, muayyan maqsad qo‘yiladi. Sharoit tushunshasi qamroviga o‘quv muassasasi turi (maktab), o‘quvchining psixologik (yosh) xususiyati, til tajribasi, o‘quv predmetiga ajratiladigan vaqt (dars soatlari) kiradi.

O‘qitish mazmuni jahonda e’tirof etilgan didaktik ta’limotga binoan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z ichiga oladi. Chet tilni amaliy o‘rganishda lingvistik nazariy bilimlar umuman bayon etilmaydi. Bilim til materialini bilish (ko‘nikma) va uni o‘zlashtirishda yuz beradigan qiyinchiliklarni oddiy so‘zlar bilan sodda tilda tuchuntirish, ya’ni xatolarning oldini olishga qaratilgan ko‘rsatma ma’nosini bildiradi. Ko‘nikma tarkibiga kiradigan amaliy qoida ona tili va chet tilda farqlanadigan yoki til ichki interferensiyasini keltirib chiqaradigan chet til hodisalari bo‘yicha beriladi (masalan: artikl (ona tilida yo‘q), otning ko‘plik shakli (birlik shakli leksik birlik hisoblanadi) yoki ingliz tilidagi otning ko‘plik shakli, qaratqish kelishigi, fe’lning sodda hozirgi zamondagi uchinchi shaxs birlik shakli (har uchalasi [z], [s], [iz] qabilida talaffuz etiladi va til ichki interferensiyasiga sabab bo‘ladi).

O‘qitish mazmuni komponentlaridan til materiali o‘rganilmish chet til sistemasidan minimum sifatida tanlanadi (o‘quvchi uchun u lisoniy maksimum hisoblanadi). Minimum til o‘rgatish uchun zarur va etarli bo‘lmog‘i kerak. Tanlangan minimumdagi lisoniy birliklarni o‘zlashtirishda qiyinchilik tug‘diradigan qismigina til materialining o‘rgatish mazmunini tashkil etadi va o‘quv dasturidan o‘rin oladi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-9-sinflari uchun chet tillar fanlaridan o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-maydagi “Uzluksiz ta’lim tizimining davlat ta’lim standartini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 124-sonli qarori hamda Xalq ta’limi vazirligining 2013-yil 14-maydagi “Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlarini amaliyotga joriy etish to‘g‘risida”gi 163-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan o‘quv dastur talablari asosida 2013-2016 o‘quv yillari davomida umumta’lim maktablarning 1-9-sinflarida chet tillar fanlari o‘qitildi.

Ushbu o‘quv dastur O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori asosida chet tillarga ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablarining chet tillar fanlari chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinflari uchun A1+ – chet til egallashning kuchaytirilgan boshlang‘ich darajasi, A2+ – chet til egallashning kuchaytirilgan tayanch darajasi kiritilgan holda takomillashtirildi hamda Xalq ta’limi vazirligining 2017-yil 3-iyundagi “Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari talablari asosida takomillashtirilgan o‘quv dasturlarini tasdiqlash va amaliyotga joriy etish to‘g‘risida”gi 190-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlandi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-9-sinflari uchun ingliz tili fanidan o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-maydagi “Uzluksiz ta’lim tizimining davlat ta’lim standartini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimining Davlat ta’lim standarti asosida chet til bilishning boshlang‘ich va tayanch darajalari (A1, A1+, A2, A2+) talablari asosida tuzilgan. Ushbu ta’lim bosqichlari bitiruvchilari Davlat ta’lim standartining mazkur darajalari uchun qo‘yilgan talablarga javob berishlari shart.

Chet til o‘qitish mazmuni uch tarkibli ta’limiy hodisadir:

1) nutq mavzulari;

2) ko‘nikma va malakalarga qo‘yiladigan talablar;

3) til materiali.

O‘qitish mazmuni mavjud sharoitga ko‘ra, jumladan, o‘quv predmetiga ajratilgan vaqtga qarab tanlanadi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida chet til o‘quv predmetiga ajratilgan soatlar miqdori:

I sinfda haftasiga 2 soat (o‘quv yilida 66 soat).

II-IV sinflarda haftasiga 2 soat (o‘quv yilida 68 soat).

V-IX sinflarda haftasiga 3 soat (o‘quv yilida 102 soat).

Ingliz tili faniga ixtisoslashtirilgan maktablarda hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining chet til fani chuqurlashtirilib o‘qitiladigan sinflarida chet til o‘quv predmetiga ajratilgan soatlar miqdori:

II-IV sinflarda haftasiga 3 soat (o‘quv yilida 102 soat).

V-IX sinflarda haftasiga 5 soat (o‘quv yilida 170 soat).

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, chet tillar fanlariga ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining chet til fani chuqurlashtirilib o‘qitiladigan sinflarida chet til o‘qitish sharoitini hisobga olgan holda “Chet tilini bilishning umumyevropa kompetensiyalari: o‘rganish, o‘qitish va baholash” talablariga tayangan holda I-IV sinflarda A1 – chet til egallashning boshlang‘ich darajasi (yoki “Kurtaklash bosqichi”), A1+ – chet til egallashning kuchaytirilgan boshlang‘ich darajasi, V-IX sinflarda A2 – chet til egallashning tayanch darajasi (yoki “Bo‘sag‘a oldi bosqichi”), A2+ – chet til egallashning kuchaytirilgan tayanch darajasi belgilandi.





Download 158.6 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 158.6 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Chet (ingliz, nemis, fransuz) tillar fanlaridan o‘quv dasturi

Download 158.6 Kb.