• Adabiyotlar
  • Chet tilini oʼqitishdа oliy mаktаb oʼqituvchisining innovаtsion fаoliyati




    Download 18.19 Kb.
    Sana22.08.2022
    Hajmi18.19 Kb.
    #25349
    Bog'liq
    CHET TILINI OʼQITISHDА OLIY MАKTАB OʼQITUVCHISINING INNOVАTSION FАOLIYATI
    FARM TEX kurs ishi, tovarshunoslikning nazarij asoslari, 19-variant

    CHET TILINI OʼQITISHDА OLIY MАKTАB OʼQITUVCHISINING INNOVАTSION FАOLIYATI
    Hozirgi davr ta`lim taraqqiyoti yangi yo`nalish - innovatsion pedagogikani maydonga olib chiqdi. “Innovatsion pedagogika “ termini va unga xos bo`lgan tadqiqotlar Garbiy Evropa va AQShda 60-yillarda paydo bo`ldi. Innavatsion faoliyat F.N.Gonobolin, S.M.Godnin, V.A. KanKalik, Dj.Basset, X.Barnet, A.I. Shcherbakov ishlarida tadqiq etilgan. Bu tadqiqoylarda innovatsion faoliyat amaliyoti va ilg`or pedagogik tajribalarni tajribalarni keng yoyish nuqtai nazaridan yoritilgan. Yangilik kiritishning sotsial-psixologik aspecti amerikalik innovatik E.Rodjers tomonidan ishlab chiqilgan. U yangilik kiritish jarayoni qatnashchilarining toifalai tasnifini,uning yangilikka bo`lgan munosabatini,uni idrok etishga shayligini tadqiq etadi. Oliy makyab o`qituvchisining innovatsion faoliyati, oily maktab ta`limotining bosh muammolaridan biridir. Innovatsiya (inglizcha innovation) - yangilik kiritish, yangilikdir. Innovatsiya deganda ma`lum ijtimoiy birlikka - tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga nisbatan turg`un unsurlarni kiritib boruvchi maqsadga muvofiq o`zgarishlar tushuniladi. Bu innovator faoliyatidir. Tadqiqotchilar innovatsion jarayolar tarkibiy qismlarini o`rganisning ikki yondashuvini ajratdilar: yangilikning individual mikrosathi va alohida-alohida kiritilgan yangiliklarni o`zaro ta`siri mikrosathi. Birinchi yondashuvda hayotga joriy etilgan qandaydir yangi g`oya o`rganiladi. Ikkinchi yondashuvda alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o`zaro ta`siri, ularning birligi, raqobat va oqibat,natijada birining o`rnini ikkinchisi egallashidir. Olimlar innovatsion jarayon mikrotuzilmasini tahlil qilishda hayotning davriyligi konsepsiyasini farqlaydilar.

    Bu konsepsiya yangilik kiritishga nisbatan o`lchanadigan jarayon ekanligidan kelib chiqadi. Yangilik kiritish ham ichki mantiq, ham vaqtga nisbatan qonuniy rivojlangan va uning atrof muhitga o`zaro ta`sirini ifodalaydigan dinamik tizimdir. Innavatsion jarayon tuzilmasning uch bloki farqlanadi. 68 1. yangini ajratish bloki.Bunda pedagogic yangiliknink tasnifi,yangini yaratish shartsharoiti,yangining me`yorlari,yangining uni o`zlashtirish va foydalanishga tayorligi, an`ana va novatorlik bosqichlari kiradi. 2. yangini idrok qilish,o`zlashtirish va baholash bloki.Bunda yangini baholash va uni o`zlashtirish jarayonlarining rang- barangligi, konservatatorlik va novatorlik, innovatsiya muhiti, o`qituvchini yangini idrok etish va baholashga tayorligi. 3. yangidan foydalanish va uni joriy etish bloki, ya`ni yangini tadbiq etish, foydalanish va keng joriy etish qonuniyatlari va turlaridir. Innovatsiya jarayoninig quyidagi tuzilmasi mavjud:


     faoliyat tuzilmasi -motiv- maqsad- vazifa - mazmun -shakl- metodlar- metodika komponentlari yigindisi;
     subyektiv tuzilma -innovatsion faoliyat subyektlarining xalqaro, mintaqaviy,tuman shahar va boshqa sathlari;
     sathiy tuzilma -innovatsion faoliyat subyektlarining halqaro, mintaqaviy, tuman, shahar va boshqa sathlari;
     mazmun tuzilmasi- o`quv tarbiyaviy ishlar, boshqaruvda yangilikning paydo bolishi, ishab chiqilishi va o`zlashtirilishi. Innovatsiya jarayoni tarkibiy tuzilmalar va qonuniyatlarni qamrab olgan tizimdan iboratdir. Chet tilini o`qtishda oliy maktab o`qituvchisining yaratuvchanlik jarayoni va ijodiy faoliyati muhim o`rin tutadi. Yuksak professionalizmga erishishning omillari sifatida quyidagilar ko`rsatiladi:
     iste`dod nishonalari;
     uquvlilik;
     qobiliyayat;
     iste`dod;
     oila tarbiyasi sharoiti;
     o`quv yurti;
    oz hatti-harakati;
     fikrning ravonligi;
     farazlar yaratish qobiliyati;
     qiziquvchanlik.
    Oliy maktab o`qituvchisida quyidagi faoliyatlar bo`lishi lozim. Tashkilotchilik faoliyati. Bundaay faoliyat ilmiy izlanish va o`quv-tarbiya jarayonini aniq rejalashtirish va tashkil etish malakasida ko`rinadi.Bu o`qituvchi, talaba va boshqa olimlarning o`zaro aloqador faoliyatidir.Tashkilotchilik faoliyatining asosiy vazifasi shu faoliyat ishtirokchilarining xatti-xarakatlarini integrasiyalashdir. Ilmiy-bilish faoliyati. Bu faoliyat atrof-olamni va o`zini chuqur va har tomonlama bilish malakasida namoyon ko`rinadi.O`qituvchi o`z tadqiqotlari, talabalar va aspirantlarning ilmiy faoliyati jarayoni va natijalarini tahlil qiladi.
    Kommunikativlik faoliyati Bu faoliyat safdoshlari va talabalar bilan maqbul o`zaro aloqalarni belgilash malakasini ko`zda tutadi. Kommunikativlik faoliyati asosida o`qituvchining o`z-o`zini boshqarish qobiliyati yotadi. Chet tilini o`qitishda o`qitishda o`qituvchi avvalambor talabaganing bilim saviyasini inobatga olishi lozimdir. Chunki har bir talaba o`rta maktabda chet tili bo`yicha ma`lum bir bilim va ko`nikma hosil qiladi, oliy maktabda esa chet tilini o`qitish nisbatan murakkab va chuqurroqdir. O`qituvchi chet tilini o`qitayotganda, talabaga tilga nisbatan qiziqish uygota olish mahorati bo`lishi kerak.
    Chet tili o`qitilayoganda, nafaqat ma`lum bir tilni o`zini(fonetika, grammatika, leksika, struktura) balki talabani o`sha til bilan bogliq bo`lgan mamlakatning tarixi, urf-odatlari, 69 madaniyati, an`analari bilan tanishtirish lozim. Dars jarayonida mavzuga oid k`orgazmali qurollardan, har bir talaba uchun alohida tayorlangan kartochkalardan, test savollaridan, lingafon xonalaridan foydalnish, sof chet tilida, tarjima qilinmagan filmlarni k`osatish, talaba uchun ma`lum bir tilni o`zlashtirish y`ollarini osonlashtiradi Chet tili o`qituvchilariga ruhshnoslik uslubiyatiga oid fanlarni o`rganish, ularning fikralishini yanada boyitadi. Hozirgi kunda oliy maktab o`qituvchisining o`qitish mahoratini oshirish maqsadida ularning malakasini osdirisdga katta e`tabor berilayapti. Chet tili o`qtuvchisining falsafiy dunyoqarashi keng b`olishi kerak, shundagina u keng fikrli va mulohozali pedagog bo`la oladi. Vaholanki o`qituvchilik juda murakkab kasbdir,u qobiliyatli ijodkor b`olishni, izlanuvchanlikni, yangilik yaratishni talab qiladi. Qobiliyatli o`qituvchi talabalarning bilim va kamolot darajasini inobatga oladi.
    O`qituvchida kuzatuvchanlik qobiliyati kuchli bo`lishi, talabaning ruhiyati oq`ituvchining ichki dunyosida kecha olishi zarur.O`z fikrlari va tuygularini aniq va ravshan ifodalashi kerak. Milliy ma`daniyat va umuminsoniy qadriyatlarni, dunyoviy ilmlarni mukammal egalagan, o`z ixtisosligiga doir bilim va malakaga ega bo`lgan oliy maktab o`qituvchisi fanda yangilik kirita oladi va o`z kasbining haqiqiy egasi hisoblanadi.

    Adabiyotlar
    1. Pedagogic texnologiyalar va pedagogik mahorat. N.N.Azizxo`jayeva. Toshkent 2006.
    2. Дидактические основы активного обучения управленчиским дисциплинам. Ташкент 1994.
    Download 18.19 Kb.




    Download 18.19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Chet tilini oʼqitishdа oliy mаktаb oʼqituvchisining innovаtsion fаoliyati

    Download 18.19 Kb.