Chigitli paxtani quritishda qо‘llaniladigan chet el texnologiyasi




Download 209.5 Kb.
Sana22.06.2022
Hajmi209.5 Kb.
#24205
Bog'liq
1 4 Пахтани қуритишда чет эл технологияси
SE - maruza-3, 3-laboratoriya ishi

1.4 Chigitli paxtani quritishda qо‘llaniladigan chet el texnologiyasi.


"Platt-Lyummus " firmasining kuritish uskunasi
"Platt-Lyumuss" firmasining quritish uskunasi texnologik oqimdan iborat bо‘lib, u ikkita ketma-ket ulangan analogik zveno mexanizmlari va mashinalaridan tashkil topgan. Uar bir zvenoning tarkibiga quyidagilar kiradi: issiqlik generatori, chigitli paxta bilan ta’minlagich, quritgichgacha pnevmatransport, minorali quritgich, separator-tozalagichgacha pnevmatransport. Zvenolarning bir-biridan farqi shundaki, birinchi quritgichgacha qо‘yilgan ta’minlagich avtomatik ravishda chigitli paxta bilan ta’minlaydi.
Chigitli paxtani zvenolar bо‘yicha tashilishi injeksion varonkadan separator-tozalagichgacha quritish agenti yordamida bajariladi [11].
Firmaning taklif qilgan quritish uskunasi, chigitli paxtani quritish va mayda iflosliklardan tozalash jarayonida, paxta zavodlarining texnologik jarayoni uzluksiz ravishda bо‘lganda amalga oshiriladi.
Paxta zavodi quritish uskunasini texnologik protsessga ulangan sxemasi 1.6 - rasmda kо‘rsatilgan. Bu sxemaga asosan paxta zavodda bir batareyali tо‘rt arrali jin qо‘yilgan ikkita parallel ishlaydigan va har birida ikkita quritgichi bor. Uar bir qatordagi quritigichlar ixcham ravishda joylashgan bо‘lib, kо‘p joy egallamaydi va paxta zavod texnologik sxemaga oson qо‘shiladi. Quritgichlarni issiqlik bilan ta’minlash quritgich yaqinida joylashgan sexlardagi alohida generatorlar orqali amalga oshiriladi. Issiqlik generatorlari suyuq yoki tabiiy gazda ishlaydi.

1.6 - rasm. "Platt-Lyumuss" firmasi quritish uskunasining joylashish sxemasi
1 - quritgich, 2 - injeksion voronka, 3 - separator avtomatik ta’minlagichi bilan, 4 - issiqlik generatorlari, 5 - pnevmatransport ventilyatorlari, 6 - separator-tozalagich, 7 - jinlar batareyasi.

Chigitli paxta quritish dinamikasini о‘rganishda temperatura rejimlariga bog‘liq holda quyidagi kо‘rsatkichlarni olamiz: temperatura, quritish agentining nisbiy namligi va uning sarfi, chigitli paxtaning temperaturasi va namligini.


Quritish agentining temperaturasi va nisbiy namligi minorali quritgichning har bir sektori va inevmatransport quvurlarida quritishdan oldin va keyin aniqlanadi. Buning uchun quritgichning ma’lum joylarida texnologik tuynuklar qо‘yilgan. Chigitli paxtaning namligi va temperaturasining о‘zgarishini quritgichning har bir sektorida tuynuklar orqali quritgichdan va separator-tozalagichdan chiqish joyidan aniqlanadi.
Chigitli paxtaning quritish agenti ta’sirida bо‘lish vaqtini, ma’lum miqdordagi paxtani bо‘yab asosiy oqimga qо‘shib injeksion voronka 2 dan separator-tozalagich 6 gacha, pnevmatransport quvurlarida qо‘yilgan maxsus oynalar orqali kuzatib aniqlanadi.
Ta’minlash valiklarining aylanish tezliklarini nazorat qilish reversiv elektrodvigatel orqali amalga oshiriladi, qaysiki boshqaruvchi reostat shkalasida 1 dan 10 gacha bо‘laklar bor. Bitta bо‘lak valik aylanish tezligining 1.14 ayl/min ga teng. Shunga kо‘ra, aylanish tezligining 1.14 dan 11.4 ayl/min gacha о‘zgarishi, uskunaning paxta bо‘yicha ish unumdorligining 1000 dan 11000 kg/soat gacha о‘zgarganiga teng. Shunday qilib, ta’minlovchi valiklarning shkala bо‘yicha bitta bо‘lakka о‘zgarishi, mos ravishda uskuna ish unumdorligining 1000 dan 1100 kg/soat ga о‘zgarishiga olib keladi.
Chigitli paxtaning quritgichda bо‘lish vaqti ish unumdorligining kо‘rsatilgan diapozonda о‘zgarishida 10-12 sekundni, quritish agenti ta’sirida bо‘lish vakti 13-18 sekundni tashkil etadi (injeksion voronkadan separagor-tozalagichgacha kо‘chirish).
Arrali va valikli paxta zavodlar uchun "'Kontinental’ Moss-Gordin " firmasining kuritish uskunasi
"Qontinental Moss-Gordin" firmasining texnologik zanjir uskunalari zavoddagi jinlash jarayoni turiga bog‘liq emas, minorali quritgich gazsimon yoqilQi bilan ishlaydigan issiqlik generatorlari bilan bir komplektda joylashgan. Bu quritgichlarning konstruksion tuzilishi va ishlatilishi bilan "Platt-Lyumuss" firmasining quritgichlariga о‘xshash.
"Kontinental Moss-Gordin" firmasining quritish uskunasi (1.7-rasm) alohida ta’minlashni avtomatik boshqargich, qaysiki о‘zida bunker 4 va ta’minlash moslamasi valiklar 5 bilan, paxta tituvchi 7 va vakuum klapan 7, 8, quritish agentini tashuvchi quvur 9, pnevmatransportlar 10, 12 va quritgich 11 bor.
6-rasmda firma taklif qilgan quritgich sxemasi keltirilgan. Quritgich balandligi 5,84 mli tо‘Qri burchakli paralelipiped shaklida va 1,66x1,32 ichida 23 ta gorizontal polkalar 2 perpendikulyar kesim bо‘yicha joylashgan. Quritgichda chigitli paxtaning tiqilib qolishini oldini olish maqsadida polkalar oldi qismi gorizontga nisbatan 45 ° qilib joylashtirilgan.
Chigitli paxtaning quritgichda tashilishiining texnologik qabuli о‘z og‘irligi bilan yurish prinsipi bо‘yicha amalga oshadi. 1.8 - rasmda bu qabulning amalga oshish sxemasi keltirilgan.

1.7 - rasm. "Kontinental Moss-Gordin" firmasining quritish uskunasi 1, 10, 12 - pnevmatransport, 2 - separator, 3, 7, 14 - vakuum klapan, 4 -avtomatik ta’minlovchi bunker, 5 - ta’minlovchi valiklar, 6 - chigitli paxtani tituvchi, 8 - injeksion voronka, 9 - quritish agenti uchun gazovod, 11 - quritgich, 13 - separator-tozalagich.

Nam chigitli paxta separator 4 orqali avtomatik boshqaruvli bunker 6 ga tushadi, bu yerdan berilgan ish unumdorlikda tituvchi moslama 8 dan о‘tib injeksion varonka 10 ga tushadi. Quritish agenti oqimi, issiqlik generatori II dan kelayotgan, chigitli paxta bilan voronka 10 dan quritgich 14 ga tomon harakatlanadi va uning kamerasidan о‘tib, separator-tozalagich 17 havoli kamerasi 15 ga ventilyator 16 xosil qilgan sо‘rish hisobiga tushadi.Chigitli paxtadan ajratilgan quritish agenti atmosferaga chiqarilib yuboriladi, paxta esa mayda ifloslikdan tozalanib, bu yerdan injeksion voronka 22 ga tushadi, sо‘ng chigitli paxtani ikkinchi quritish uskunasiga tashilishi davom etadi.



1.8 - rasm. "Kontinental Moss-Gordin" firmasi paxta zdvodlariga minorali quritgichlarning ulanish sxemasi: 1, 16, 26 - pnevmatransport ventilyatorlari, 2, 3, 13, 15, 23, 25 pnevmatransport havo quvurlari, 4 - separator, 5,9., 18,20,28 - vakuum klapan, 6 - chigitli paxtani avtomatik ta’minlovchi bunker, 7 - ta’minlovchi valiklar, 8 - tituvchi, 10, 22 - injeksion voronkalar, 11, 13 - issiqlik generatorlari, 14, 24 - quritgichlar, 17, 27 - separator-tozalagichlar, 19 -yirik ifloslikdan tozalagich, 21 - chiqindilarni yig‘uvchi moslama


Shunday qilib, chigitli paxtaning quritish agenti ta’sirida bо‘lishi injeksion voronkaga tushishidan to quritish agentini separator-tozalagichda ajratguncha davom etib, chigitli paxta tarkibidagi namlikni ajratish shunday amalga oshiriladi. Namlikni qochirish kattaliklari temperatura rejimi va dastlabki namlikka bog‘liq.
Download 209.5 Kb.




Download 209.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Chigitli paxtani quritishda qо‘llaniladigan chet el texnologiyasi

Download 209.5 Kb.