Cisco packet tracer dasturida lan tarmog’ini qurish va vlan tarmoqni sozlash




Download 143.96 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi143.96 Kb.
#73790
Bog'liq
2 lab mustaqil ish
1-Маъруза ММ (1), Nuriddin Salomov Diplom ish., statistika, gibridlanish, ZDIFT0615, Dasturlash, 2-MUSTAQIL ISH (1), 1-mavzu nazorat savollari, 11-mavzu, 25- labaratoriya ishi, 1-маъруза, Matem Ishchi 2022, Session2, 1-top DT -qurilmasi va evolyutsiyasi

CISCO PACKET TRACER DASTURIDA LAN TARMOG’INI QURISH VA VLAN TARMOQNI SOZLASH

REJA: 1 Qisqa nazariy ma’lumotlar. 2 Vazifasi.

VLAN (Virtual Local Area Network) – umumiy talablar to‘plamiga ega bo‘lgan xostlar guruhidan lokal kompyuter tarmog‘i hisoblanadi. VLAN xostlarga o‘zaro guruhlashishga va ajralishga imkon beradi. Bitta VLAN chegaralaridagi qurilmalar aloqa qilishi mumkin, turli VLANlarda bo‘lgan tugunlar esabir-birlari uchun ko‘rinmaydi. Quyida VLANning afzalliklari keltirilgan: - qurilmalarni guruhlarga tez moslashvchan ajratish. Bitta VLANga bitta nimtarmoq mos keladi. Turli VLANlarda bo‘lgan qurilmalar turli nimtarmoqlarda bo‘ladi. Lekin shu bilan bir vaqtda VLAN qurilmaning joylashish o‘rniga bog‘lanmagan va shuning uchun bir-birlaridan masofada joylashgan qurilmalar baribir joylashish o‘rnidan qatʼiy nazar bitta VLANda bo‘lishi mumkin. - tarmoqda keng tarqatiladigan trafikni kamaytirish. Har bir VLAN bu alohida keng tarqatishli domen hisoblanadi. Masalan, kommutator bu OSI modeli 2-darajasining qurilmasi hisoblanadi. Kommutatordagi barcha portlar faqat bitta VLAN bilan bitta keng tarqatishli domenda bo‘ladi. Kommutatorda qo‘shimcha VLANlarni hosil qilish kommutatorni bir necha keng tarqatishli domenlarga bo‘lishni bildiradi. Agar o‘sha bir VLAN turli kommutatorlarda sozlangan bo‘lsa, u holda turli kommutatorlarning portlari bitta keng tarqatishli domenni hosil qiladi.

VTP switch ikki operatsion usullari bor: SERVER . Ushbu rejimda siz yangilarini yaratishingiz va mavjud VLAN larga o'zgartirishlar kiritishingiz mumkin. Switch VLAN lar bazasini yangilaydi va vlan faylida Flash xotirasidagi Sozlamalar ma'lumotlarini saqlaydi. (dat formatda) Server rejimida va mijozlarda ishlaydigan boshqa kommutatorlardan xabarlarni ishlab chiqaradi va uzatadi. Client Ushbu rejimdagi kommutator VLAN boshqa kommutatorlardan olingan ma'lumotlarni uzatadi va VTP yangilanishlarini olishda VLAN bazasini sinxronlashtiradi. Sozlamalar bunday qurilmaning buyruq satri orqali o'zgartirilishi mumkin emas.

Transparent Ushbu rejimda kommutator VTP ma'lumotlarini o'z bazasini sinxronlashtirmasdan va o'z yangilanishlarini yaratmasdan boshqa ishtirokchilarga o'tkazadi. VLAN sozlamalari faqat mahalliy kommutator uchun o'zgartirilishi mumkin.


Download 143.96 Kb.




Download 143.96 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Cisco packet tracer dasturida lan tarmog’ini qurish va vlan tarmoqni sozlash

Download 143.96 Kb.